Zamonaviy axborot texnologiyalari dasturiy vositalari


qurilmalarni (printer, klaviatura, disk yurituvchi va boshqalar) boshqarish



Download 40,03 Kb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi40,03 Kb.
#798046
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DASTURIY VOSITALAR

1. qurilmalarni (printer, klaviatura, disk yurituvchi va boshqalar) boshqarish;
2. dasturlarni boshqarish (yuklash, bajarish va boshqalar);
3. buyruqlar va ko'rsatmalarni bajarish.


Operatsion sistema tarkibi, asosan, quyidagi 3 guruhdan iborat:
1. operatsion sistema o’zagi (rus. ядро) - vazifalarni rejalashtiruvchi qismni, qurilmalar drayverlarini, xotirani va fayl sistemasini boshqarish dasturini oz ichiga oladi. O‘zakning eng asosiy vazifalaridan biri uzilishlarni tahlil etish hisoblanadi. Kompyuterdagi jarayonlar bilan bog‘liq barcha amallar operatsion sistemaning o'zagi boshqaruvida bajariladi. Operatsion sistemaning o‘zagi doimiy ish holatida bo‘ladi va shuning uchun doimo tezkor xotirada saqlanadi. Operatsion sistemaning boshqa qismlari va har qanday boshqa ma’lumotlar esa kerak bolganda tezkor xotiraga yuklanadi va ish tugagach, asosiy xotiraga o'tkaziladi.
2. sistema kutubxonasi;
3. utilitlar qobig’i.


Operatsion sistemalar boshqaruv shakliga ko’ra 2 xil bo’ladi:
a) Grafik (Grafik shaklda boshqariluvchi) OS. Bunda boshqarish grafik elementlar: rasmlar, piktogrammalar, yorliq va tugmachalar orqali amalga oshiriladi. Buyruqlar tayyor menyulardan tanlanadi. Sichqonchadan faol foydalaniladi.
b) Nografik (Nografik shaklda boshqariluvchi) OS. Bunda buyruqlarni klaviatura yordamida kiritish talab qilinadi. OS asosan qora ekranda faqat matnlar yozish orqali boshqariladi.


Operatsion sistemalar tizimdan foydalanuvchilar soniga ko’ra 2 xil bo’ladi:
a) Bir foydalanuvchili operatsion sistemalar kompyuterda faqat bitta foydalanuvchi muhiti tashkil qilishga imkon beradi. Bu holda, albatta, bir necha kishi kompyuterdagi axborotlardan foydalanish uchun navbat bilan ishlashi mumkin, lekin barcha axborot hamma foydalanuvchi uchun ochiq bo‘ladi.
b) Ko‘p foydalanuvchili operatsion sistemalarda har bir foy­dalanuvchi umumiy axborotlardan va parolini kiritib faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy axborotlardan foydalanishi mumkin. Har bir foydalanuvchi o’ziga mos va qulay ishlash muhitini tashkil qilishi, o’z ma’lumotlarini boshqa foydalanuvchilardan himoyaalashi mumkin bo’ladi. Ba’zi ko‘p foydalanuvchilik operatsion sistemalar (masalan, UNIX) bir vaqtning o'zida bir kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlashiga imkoniyat beradi.


Operatsion sistemalar bir vaqtda yechiladigan masalalar soniga ko’ra 2 xil bo’ladi:
a) Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o'zida kompyuterda faqat bitta amaliy dasturni ishlatishga imkon beradi.
b) Ko‘p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o'zida bir necha dasturni ishga tushirish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar bir-birlariga monelik qilmagan holda parallel ishlaydilar.


MSDOS – bir masalali, bir foydalanuvchili, nografik operatsion sistema.
LINUX – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili, nografik operatsion sistema.
Windows, MacOS – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili, grafik operatsion sistema.


Interfeys tushunchasi


Interfeys (ing. interface) – bu o‘zaro ta’sir, aloqa, birlashtirish, muvofiqlashtirish vositasidir.

Interfeyslarning bir qancha turlari mavjud:



  • Aapparatli interfeys – elektron qismlarning, qurilmalarning o’zaro mos kelishi (qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta’minlanadi);

  • Dasturiy interfeys – dasturlar va dasturiy modullarni tutashtirish haqidagi qoida va kelishuvlar majmuasi;

  • Apparatli-dasturiy interfeys – dasturlarning qurilmalar bilan o‘zaro munosabati (operatsion sistema tomonidan ta’minlanadi);

  • Foydalanuvchi interfeysi – dastur va kompyuterning inson bilan muloqoti hamda o‘zaro ta’sir vositasi.

Agar dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin bo‘lsa, bunday dastur yumshoq interfeysga ega deyiladi. Agar dastur bilan ishlashda ma’lum talab va ко‘rsatmalardan tashqariga chiqib bolmasa bu dastur qattiq interfeysga ega deyiladi.


Dasturning ishlash muhiti (holati)ga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega deyish mumkin.


1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish