QOBIQ DASTURLAR
Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturdir. Qobiq dasturlar operatsion sistemaning mavjud imkoniyatlaridan tez, qulay va samarali foydalanishga imkoniyat yaratib beradi.
Volkov Commander;
Norton Commander;
Far manager;
Windows Commander;
Total Commander.
Utilitlar (lotin. – foydali) dasturlar – bu operatsion sistemaning imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishuvchi, alohida vazifalarni bajaruvchi dasturlardir.
Antivirus va antispam dasturlar – viruslarga va spamlarga qarshi dasturlar.
Arxiviator dasturlar - axborotlarni zichlab, hajmini kamaytirib beruvchi dasturlar. Masalan: WinRAR, WinZIP, 7Z, Arj.
Drayver dasturlar - kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar. Kopyuterning har bir qurilmasi o’zining drayver dasturiga ega bo’ladi. Drayverlar odatda qurilma bilan birga tarqatiladi.
Kompyuter qurilmalarini testdan o’tkazuvchi dasturlar.
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi kommunikatsiya dasturlari.
Kompakt disklarga yozishni ta’minlovchi dasturlar. Masalan: Nero dasturi.
Kompyuterning multimedia imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar.
DASTURLARNING TARQATILISHI VA TARG‘IB QILINISHI
BO‘YICHA TURLARI.
1. Software – qiymati(narxi) 100% to’langanidan keyin o‘rnatilib, foydalaniladigan dasturlar. Masalan, Windows operatsion sistemalari, MS Office dasturlari, Adobe Photoshop va Macromedia Flash naqllari.
2. Shareware (ing. Share – qisman) – aprobatsiya, ya’ni sinovdan o‘tkazish muddatiga ega bo‘lgan dasturlar. Sinov muddati, odatda, bir necha kun yoki bir oygacha yoki bir necha bor kirib ishlashga moljallangan bo'ladi. Ba’zan bunday dasturlarning imkoniyatlari cheklangan naqli beriladi. Agar foydalanuvchiga shunday dastur zarur bo‘lsa, u dasturning to‘liq naqlini xarid qilib olishi mumkin.
3. Freeware (ing. Free – erkin) – mutlaqo bepul dasturlar. Aksariyat hollarda reklama yoki yosh dasturchilarning ilk ishlanmalari sifatida tarqatiladi. Bu dasturlardan tekin foydalanish mumkin, biroq dasturning birlamchi kodlari ochiq holda berilmaydi, yopiq b’ladi.
4. Free and Open Source Software (ing. erkin va birlamchi kodi ochiq) – mutlaqo bepul va birlamchi kodi ochiq dasturlar. Bu dasturlar bepul bo’lish bilan birga dasturlash tilida yozilgan matni(kodi) ochiq holatda bo’ladi. Ixtiyoriy dasturchi bu dasturlarni o‘ziga moslab o'zgartirishi mumkin.
Kompyuterga dasturni o‘rnatish jarayoni installyatsiya deyiladi, dasturni o'chirish esa deinstallyatsiya deb ataladi. Ba’zi dasturlar installatsiya qilinishi shart emas. Ularni faqatgina nusxalab olish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |