600
talablarni dolzarb qilib qo’ymoqda. Zamonaviy ta’lim
tizimida raqamli
texnologiyalarni yaratish va joriy etish bir qator masalalrni yеchishni
taqazo qiladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim tizimida raqamli
texnologiyalarni yaratish va joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqishni
dolzarb masala ekanligini ko’rsatmoqda [1, 261-b.].
Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi ta’limda yagona metodik
tizim asosida raqamli texnologiyalarni yaratish va joriy etish masalasini
tadqiq etishdan va uning konsepsiyasini shakllantirishdan iborat. Ta’lim
tizimida raqamli texnologiyalarni yaratish va joriy etish konsepsiyasini
ishlab chiqish deganda maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlab, oliy
ta’lim va undan keyingi ta’limni qamrab oladigan o’quv, ilmiy, uslubiy va
tashkiliy jihatlarni qamrab olgan metodik tizim tushuniladi.
Bugungi kunda texnika yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida
loyihalash dasturlarini BIM texnologiyalar asosida o’qitishda bir qancha
muammolarga duch kelinmoqda. O’qituvchilar XXI-asr texnologiyasining
rivojlanishidan foydalangan holda ta’limni samaradorligini oshirishda bir
qancha ishlar olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda
raqamli texnologiyalarni
fan va ta’limida qo’llanilish mumkin bo’lgan muhim ta’sirlaridan biri bu
virtual laboratoriyadir.
Virtual
laboratoriya
-
bu to’g’ridan-to’g’ri eksperimental
vizualizatsiya,
interaktiv
virtual
muhit,
amaliy
eksperimentlar,
eksperimentlarni yanada samarali o’tkazish va eksperimental vositalarni
sotib olishda tejash imkonini beradigan vositadir. Virtual laboratoriya
yordamida o’rganish auditoriya darslarini olmasdan ham istalgan joyda va
istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
BIM (Building Information Modeling) - qurilishda axborotlarni
modellashtirish. Ushbu texnologiya qurilayotgan obekt - me’moriy,
texnologik, iqtisodiy, ekologik, operatsion va boshqa xususiyatlar
to’g’risida to’liq ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlashga asoslangan.
Ushbu ma’lumotlarga
asoslanib, kelajakdagi binoning 3D modeli
yaratiladi [2, 322-b.].
Qurilish jarayonlari axborotlarini modellashtirish birinchi marta
o’tgan asrning ikkinchi yarmida real vaqtda umumiy dizayn maydonini
yaratish va dizaynga sarflanadigan vaqtni qisqartirish uchun shakllangan.
Vaqt o’tishi bilan BIM texnologiyasi rivojlanib bordi va bugungi kunda
raqamli modellashtirish butun loyiha hayot sikli davomida qo’llanilmoqda.
Qurilish loyihasi bo’yicha ishlarning har bir bosqichi uchun BIM
modelining batafsil darajasining tavsifi qurilish ob’ektini bir butun sifatida
qabul qilishga imkon beradi. Uning parametrlaridan birini o’zgartirish
601
muqarrar ravishda u bilan bog’liq bo’lgan boshqa parametrlar va
ob’ektlarning avtomatik o’zgarishiga olib keladi.
Texnika sohasida ko’plab loyihalar yaratiladi bu loyiha moddiy
obektning komyputer modelidir, bu modelni
yaratilish jarayonini
kompyuter dasturlari yordamida harakatlantirib talabalarda obrazli
fikrlashlarini takomillashtiradi. Inson ongidagi tasovvurni kompyutr
dasturlari yordamida shakillantirib berishdir, qolaversa qurilishdagi har bir
jarayonni mutaxassis ongida juda yaxshi tassovur qiladi manashu
tassovurni BIM texnologiyalar asosida texnika yo’nalishidagi
talabalarimizga ko’rgazmali vositalar yordamida tushuntirsak ko’plab
yutuqqa erishamiz.
Zamonaviy inshoot oldida turgan muhim masala - bu qurilayotgan
binolarning uzoq davomiyligi bu esa qurilish uchun materiallarni еtkazib
berish xarajatlarini to’g’ri aniqlashni qiyinlashtiradi shu sababdan
kompyuterda BIM texnologiyalar qurilishning vaqtini va iqtisodiy
ko’rsatkichlarini tejaydi. Taklif etilgan BIM texnologiyalari masofadan
turib qurilish sharoitida qaror
qabul qilishni osonlashtiradi, oqilona
yo’nalishni tanlash va kerakli vositalarini tanlash imkonini beradi.
Ushbu uslub talabalarga konstruktiv hisob-kitoblarda, energiya
samaradorligini baholashda, texnik va iqtisodiy indikatorlarni aniqlashda,
xarajatlar, spetsifikatsiyalarda foydalaniladigan ma’lumotlarni o’z ichiga
olgan axborot modellashtirish texnologiyasidan foydalangan holda
loyihalash ko’nikmalarini olishga imkon beradi.
Haqiqiy vaqtda loyiha ma’lumotlarini birlashtirish qaror qabul
qilishning
turli bosqichlari, shuningdek ma’lumotlarni qabul qilish va
ulardan foydalanish o’rtasidagi vaqtni minimallashtirish orqali loyiha
xatarlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ko’p sonli loyiha ishtirokchilari
loyiha ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo’lishlari bilan, real vaqt
rejimida hamkorlik tomonlarning ahamiyatsiz ma’lumotlardan foydalanish
ehtimolini pasaytiradi.
Texnika yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga
qurilishda axborot texnologiyalari fanining kompyuter grafikasiga oid
loyihalash dasturlarini BIM texnologiyalar asosida o’qitish va shu
mavzularga
imitatsion
modellar
yaratish ta’imning sifati va
samaradorligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni
yaratish va joriy etish masalasi bugungi kunning
dolzarb masalalaridan
bo’lib, uning еchimi asosida ta’lim tizimini samaradorligini oshirish bilan
bir qatorda, kadrlar tayyorlash va ularning qobilyatlari va iqtidori hamda
602
ilmiy salohiyati nuqtai nazaridan kasbga yo’naltirish kabi muhim masalalr
еchimini topadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda loyihalash
dasturlarini o’qitishda BIM texnologiyalarini o’rinli foydalanilganda,
talabalarning qiziqishlarini, darsning sifat va samaradorligini oshishiga
olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: