Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2017 yil 07
fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
harakatlar strategasi to’grisida”gi PF-4947-son qarori // 2017 yil 08
fevral.
2.
Машбиц.Е.И.
Психолого-педагогические
аспекты
компьютеризации [Текст] / Е.И. Машбиц // Вестник высшей
школы, 1986. – №4. – С. 22-29.
3.
Тихомиров.О.К. Основные психолого-педагогические проблемы
компьютеризации обучения [Текст] / О.К. Тихомиров // Вопросы
психологии, 1986. – №5. – С. 67-69.
4.
Концепция информатизации образования // Информатика и
образование. – 1990. № 1. – С.3-24.
5.
https://maccase.ru/uz/android/teoreticheskie-osnovy-formirovaniya-
informacionnoi-kompetentnosti-u.html.
TALABA E-PORTFOLIOSINI YARATISHNING DOLZARB
MUAMMOLARI
Rasulov E.M. - Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, 33-umumiy oʻrta
taʼlim maktabi o’qituvchisi
Hozirgi kunda talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan
qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari[1] asosida baholanadi.
Kredit modul tizimiga o’tish bosqichida test reyting tizimiga asoslangan
bo’lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchish shaxs fan
o’qituvchisi hisoblanadi. [2] Albatta reyting tizimining o’ziga xos ijobiy
617
tomonlari ko’p. Lekin, shu bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xoli
emas. Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
-talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan
o’qituvchisi tomonidan baholanadi;
-baholashda talabaning faqat muayyan fan bo’yicha bilimi hisobga
olinadi;
-talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga
to’sqinlik qiladi;
-bo’lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini
to’liq aniqlash imkoniyati cheklangan;
-oliy o’quv yurtidagi o’quv davri yakuni bo’yicha aniqlangan
umumiy baho ish beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to’g’risida
to’liq xulosa bermaydi;
-talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa
sohalarda erishgan yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
-bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o’z-o’ziga ishonch, o’z
imkoniyatlari, qobiliyatlari va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to’g’risida
o’zi xulosa chiqarishiga asos yaratmaydi;
-talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo’lishiga to’liq sharoit
yaratmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi
innovatsion o’zgarishlar, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda talabalarda
umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga
yo’naltirilgan o’quv, o’quv- uslubiy, ilmiy va o’qishdan tashqari faoliyat
natijalarini to’g’ri baholashga yo’naltirilgan nazorat qilish va baholashning
innovatsion shakllaridan foydalanish “Talim to’g’risida”gi Qonun
(23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son) talablari asosida raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi. [3]
Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida
e-Portfolio deb
nomlanuvchi “Talabaning elektron portfoliosi” keng qo’llanilmoqda. Bu
oddiy Word formatidagi papka bo’lmasdan, maxsus multimedia tizimida
yaratilgan “portfolio” hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to’ldirishi,
tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o’zi tanlagan axborotlarni
boshqarishi mumkin.
e-Portfolioning uch xil varianti tavsiya etiladi:
1. Rivojlantirish portfoliosi-developmental (rivojlanishning xususiy
kompetentsiyasi).
2. Erishgan yutuqlar portfolisi – assessment.
618
3. Namoyish portfolisi - showcase Rivojlantirish portfolisi
(developmental) shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi uchun
qo’llaniladi. Bu bosqichda talaba va o’qituvchi o’rtasida o’zaro aloqa,
munosabat, ta’sir asosiy rol o’ynaydi.
Erishgan yutuqlar portfolisi (assessment) –talabaning fan bo’yicha
erishgan yutuqlari va bilimini aniq va to’g’ri baholash uchun xizmat qiladi.
Namoyish portfolisi (showcase) – o’quv kursini yakunida yaratiladi
va talabaning olgan bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potentsial ish
beruvchiga taqdim qilish yoki o’qishni davom ettirishga tavsiya etish
maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko’rinishdagi Curriculum Vitae
hisoblanadi.
e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birgalikdagi
ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Bunda multimedia axborotlardan ham
foydalaniladi.
e-Portfolio talabaning o’zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan
yutuqlari monitoringini yuritishning printsipial yangi, refleksiyaga
asoslangan vositasi bo’lib, talaba bilimi natija- larinibaho tizimida emas,
balki sifat jihatdan baholash imkonini beradi. e-Portfolio yaratish uchun
maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, masalan Angel qobig’i.
“Onlayn-portfolio” turli ko’rinishda o’lishi mumkin.
Masalan:
- kursning umumiy saytida buning uchun maxsus ajratilgan bir
qancha hujjatlar va materiallarni yoqlash orqali talaba tomonidan to’zilishi
mumkin;
-talabaning shaxsiy veb-varag’ini yaratish orqali tuzilishi va unga
o’quv kursi bo’yicha o’z tushunchalari asosidagi hisobotlar kiritilishi
mumkin. [4]
e-Portfolio texnologiyasini o‘quv jarayoniga to‘g‘ri yondashuv bilan
integratsiyalashuvi talabalarning ichki motivatsiyasi darajasini sezilarli
darajada oshirishi va kasbiy kompetensiyalarni o‘zlashtirish sifatini
oshirishi mumkin. Shuningdek, ushbu texnologiya ichki tarbiyaviy
funksiyaga ega qulay didaktik vositaga aylanadi. Eng to'liq integratsiya
uchun e-Portfoliodan o'quv jarayonida tadqiqot va shaxsiy yutuqlarni
sertifikatlash va monitoring qilish shakli sifatida foydalanish kerak. Bu
usul talabalar tomonidan o'zlarining ijobiy qobilyatlarini rasmiy taqdim
etish sifatida qabul qilinadi va ta’lim integratsiyasi jarayonida asosiy rol
o'ynaydi.
e-Portfolioni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar talabada o‘z-
o‘zini kuzatish va introspektsiya kabi zaruriy aks ettirish ko‘nikmalarini
619
shakllantirish imkonini beradi, bu esa tanlangan kasbda o‘zini-o‘zi anglash
darajasini oshiradi. e-Portfolioni tizimli ravishda to'ldirish bilan talaba
professional loyihalarni tanlash, loyihalash va amalga oshirish
ko'nikmalaridan iborat bo'lgan professional aks ettirishga ega bo'ladi.
Kasbiy o'z-o'zini nazorat qilishi ham rivojlanishiga imkon beradi bu esa o'z
kasbiy
mahoratining
darajasini
baholash,
kasbiy
o'zini-o'zi
takomillashtirish yo'llarini topish, muloqot qobiliyatlari darajasini oshirish
va kelajakda oliygohni tamomlab mehnat faoliyatini boshlashda ish
beruvchi tomonidan yuqori baholanadigan ishga ega bo'ladi. [5]
Xulosa qilib aytganda, talaba biror fan bo’yicha o’z yutuqlarini
nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo’yicha muhim deb
hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda “e-Portfolio”ga joylashtirib boradi.
Uning vazifasi-ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli
o’zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o’z-o’zini baholash
bo’yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo’yicha u
nimalarni o’zlashtirdi, nimalarni o’zlashtira olmadi yoki tushunmadi,
kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu yerda o’z
bilimlariga o’qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo’ygan
baholarga ham fikrini bildirishi hamda oliygohni tamomlab mehnat
faoliyatini boshlashda mehnat bozorida oson ish topishida yordam berishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |