610
2.O.N. Mahmudov. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda raqamli
texnologiyalarning ahamiyati// «scientific progress» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
3.Закирова
Ф.,
У.Мухамедханов,
Ш.Шарипов,
Р.Г.Исянов,
Ф.Эсонбобоев, С.Доттоев. Электрон ўқув-методик мажмуалар ва
таълим ресурсларини яратиш методикаси. Методик қўлланма. – Т.:
ОЎМТВ, 2010. – 57 б.
KIMYO DARSLARIDA 3D RASMLI O‘QUV-USLUBIY
QO‘LLANMALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Z.M Ataullayev - UrDU “Kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi;
R.A. Eshchanov - TVChDPI “Ilmiy metodologik kimyo” kafedrasi
professori;
X.M Rajabov - UrDU “Kimyo” kafedrasi dotsenti.
Ta’limni isloh qilish va uni amalga oshirishdagi asosiy mas’uliyat
hamma vaqt o‘qituvchining zimmasida bo’lib kelgan.
Shuning uchun
xorijiy mamlakatlaming ilg‘or pedagoglari bilan raqobat qila oladigan va
zamon talablariga javob beradigan g‘oyaviy yetuk o‘qituvchi kadrlar
tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatlarini shakllantirish ta’limni isloh
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi [1]. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi
o‘qitish maqsadlariga erishish uchun ta’lim mazmunini boyitish, o‘quv
jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kun
ta’lim beruvchilari uchun juda muhimdir [2]. Ta’limni isloh qilish uchun
ta’lim muassasalarini hozirgi zamon talablariga javob beradigan
laboratoriya
xonalari, kimyoviy moddalar, kimyo laboratoriyasida
ishlatiladigan asbob – uskunalar, yangi adabiyotlar bilan ta’minotiga katta
e’tibor berish talab etiladi. Qolaversa, yuqori kasbiy va axborot-metodik
kompetensiyaga ega bo’lgan kimyo fani o’qituvchisigina fanni zamon
talablariga javob beradigan holada o’qita oladi. Zero mazkur omillar
kimyo fani ta’limi sifatining asosiy negizi hisoblanadi.
Umumta’lim maktablariga oʻquv-uslubiy qo‘llanmani
joriy qilinishi,
avvalambor, ta’lim oluvchilarning ehtiyoji, oʻqituvchilar saviyasi, amalda
foydalanilayotgan oʻquv adabiyotlarining mazmuni hamda ta’lim
oluvchilarning darsda va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil taʼlimini
shakllantirishga qaratilgan infratuzilmani bevosita taʼminlab beradi[3].
Bugungi kunda infratuzilmani taʼminlab berish uchun esa, ta’lim
standartlariga javob bera oladigan zamonaviy o’quv binolari, axborot
611
resurs markazlari, kimyo fanini o’qitishning zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari talab qilinadi.
Boshqa fanlarga qaraganda, bilim
oluvchilarning kimyo faniga
qiziqish va e’tiborini jalb qilish uchun laboratoriya tajribalarini bajarib
ko’rsatish, rasmlar ayniqsa, 3D texnologiyaga asosida yaratilgann rasmlar
bilan tushuntirish juda muhim sanaladi. Chunki aksariyat o‘quvchilarda
modda, uning tuzilishi, hamda ularning ranggi qanday ekanligini haqidagi
ko’nikmalari yetarlicha yaxshi shakllanmagan.
Kimyo fani eksperimental fan, shu bois, ta’lim oluvchilardan nazariy
bilimlariga tayangan holda laboratoriya tajribalarini bajarish talab qilinadi
[4]. Umumta’lim maktablarida kimyo fanini o’qitishda o’quvchilar
laboratoriya tajribalarini bajarishlari uchun ularning mohiyatini va modda
xossalari haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi hamda laboratoriya
mashg‘ulotlarida ishlatiladigan uskuna va shisha
idishlar bilan yaqindan
tanish bo‘lishi kerak. Shundagina o’rganuvchi tajribaning mohiyatini aninq
tushungan holda bajara oladi. Bizga ma’lumki, 7-sinf kimyo darsligida
ajratish va tozalash usuli bo’yicha I chorakda 3-amaliy mashg’ulot
mavzusi “Ifloslangan osh tuzini tozalash”, IV chorakda 6-amaliy
mashg’ulot mavzusi “Sulfat kislota bilan mis (II)oksid, temir (III) oksid
orasidagi almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya mahsulotlarini
eritmadan ajratish” uchun 1 soatdan taqsimlangan. O’quvchiga,
shuningdek,
tindirish, bug’latish, distillash va boshqa usullar haqida faqat
nazariy ma’lumotlar berilgan. Quyidagi misolni ko’rib chiqamiz:
Dekantatlash
– toza suyuqlikni idishning pastki qismidagi cho‘kmani
qoldirib to‘kib tashlash usuli. Bunda suyuqlikni qattiq moddalardan
ajratish uchun qo’llaniladidan usulni o’quvchi mustaqil amalga oshira
oladi [5]. Maktab o‘quvchisi ushbu atamadan kelib chiqib, dekantatlash
jarayoni haqidagi ma’lumotni o’qiydi va amalda bajarib, darslikda berilgan
dekantatsiya jarayoni bilan solishtiradi. Bu bilan o’quvchilarda
kimyoviy
reaksiyalar natijasida hosil bo’lgan boshqa cho’kmalarni ham shu usulda
ajratish mumkinligi to’g’risida bilim va ko’nikma shakllanadi. Eng
asosiysi, o’quvchi uy sharoitida qum va suvni aralashtirib, dekantatsiya
jarayonini mustaqil ravshda o’zi bajara oladi. Ta’lim oluvchida
dekantatlash jarayoni bu - moddalarni ikki qismga ajratish usuli ekanligi,
bu usullarga filtrlash, haydash, tindirish, distillash, qayta kristallash va
boshqa ajratish usullarini o’z ichiga olishi haqida bilim va ko’nikmalar
paydo bo’ladi.
612
1-rasm. Dekantlash jarayonlari. 1-cho’kma, 2-suv.
Oʻquv-uslubiy qoʻllanma kimyo fanidan umumta’lim maktab
o‘quvchilarining mustaqil o‘rganish qobiliyatini va qiziqishini oshiradi.
Rasmlar bilan atamalarning izohi berilgan ma’lumotlardan foydalanib,
ayniqsa, 3D rasmlar bilan yoritilgan oʻquv qoʻllanma har qanday
o‘quvchining kimyo faniga qiziqishini oshirib, fan bo‘yicha aniq
tasavvurga ega bo‘lishiga olib keladi.
Kimyo fanida 3D rasmlar bilan yoritilgan oʻquv qoʻllanma ta’lim
oluvchilarning dasturda belgilangan bilimlarini
mustahkamlashga yordam
beradi. Umumta’lim maktab o’quvchilarining anorganik kimyoga oid
atamalar va terminlar bilan birga, misol qilib keltirilgan rasmlar bilan
tanishib borishi natijasida ularning bilim va ko‘nikmalari oshib boradi. Bu
esa ta’lim oluvchilarning darsda va darsdan tashqarida mustaqil bilim
olishlari uchun bevosita o‘quv quroliga aylanishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: