592
Shulardan namuna sifatida elektron o’quv-uslubiy majmuaning
tuzilishi va tarkibi haqida to’xtalib o’tamiz. Bugungi kunda sifatli elektron
o’quv-uslubiy majmua va uning mazmunini aniqlovchi elektron darslik,
qo’llanma va uning tashkil etuvchilariga qo’yilgan uslubiy, dasturiy va
texnik talablar shakllangan. Quyidagi tashkil etuvchilarni o’zida jamlagan
majmua nisbatan to’liq, deb hisoblanadi [1, 12-b.]:
-
kursga annotatsiya (so’z boshi),
unda nashr haqida, kimlarga
mo’ljallanganligi, unda nimalar mavjudligi haqida qisqacha ma’lumotlar
berilgan bo’ladi;
-
ishchi dastur, u mutaxassislikning Davlat ta’lim standartlari
asosida, shu fan bo’yicha namunaviy dastur (agar u mavjud bo’lsa) asosida
shakllangan bo’ladi. O’quv fanining ishchi dasturi umumiy holda quyidagi
bo’limlarni o’z ichiga olishi kerak: o’quv fanining maqsad va vazifalari,
fanning nazariy va amaliy bo’limlarining mazmuni, nazorat va kurs ishlari,
topshiriq
va masalalar, yakuniy nazorat (sinov yoki imtihon) uchun
savollar ro’yxati, fanning o’quv-uslubiy ta’minoti;
- fanni o’rganishni boshqarish (mustaqil ish uchun uslubiy
ko’rsatmalar), u o’z ichiga nazariy materiallarni mustaqil o’rganish va
amaliy topshiriqlarni bajarish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar, o’quv
materiallarini berilgan darajada o’zlashtirishning to’g’ri
texnologiyasi
bo’yicha, butun elektron o’quv-uslubiy majmuaning materiallari, asosiy
va qo’shimcha adabiyotlardan to’g’ri foydalanish va almashtirish bo’yicha
talabalar uchun ko’rsatmalarni qamrab oladi;
- o’quv qo’llanmasi, u o’zida fanning nazariy va amaliy materiallari
bayonini jamlaydi. U albatta ishchi dastur va uslubiy chegaralar (modul,
qism, o’quv birliklari) ga mos kelishi kerak;
- praktikum, o’quv qo’llanmasini o’rganishdan hosil qilingan nazariy
bilimlarni
mustahkamlashning ko’nikma
va malakalari uchun
mo’ljallangan, topshiriqlarni bajarish namunalari va nisbatan ko’p
uchraydigan xatoliklar tahlilini o’zida jamlagan bo’lishi kerak;
- testlar, talabalar tomonidan o’quv materialini nazariy va amaliy
o’zlashtirish natijalari va borishini tekshirish uchun nazorat;
- ma’lumotnoma (spravochnik), fan bo’yicha berilgan,
jadvallar,
ta’riflar, izohli lug’atni o’z ichiga jamlaydi;
- kursning elektron kutubxonasi, audio, video materiallari, ta’limning
Internet-resurslari bilan to’ldirilgan oddiy xrestomatiya tarzida bo’lishi
mumkin.
Bular dasturiy-texnik, shuningdek, uslubiy
qiyinchiliklar bilan
bog’liq. Shunday qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida axborotning
593
ta’limiy muhiti quyidagi sxеmada ko’rsatilganidеk, ta’lim jarayonlarini
o’zaro bog’langan holda amalga oshiradi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: