Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Kalit so’zlar: 
raqamli texnologiya,
 
BIM texnologiyasi, metodika, 
model, o’qitish, axborot texnologiyalari.
Аннотaция.
Роль информaционных технологий в преподавании 
предметов в школах, профессиональных колледжах, академических 
лицеях и высших учебных заведениях в процессе цифровизaции 
неоценима. Что касается высших образовательных учреждений 
технического 
профиля, 
то 
совершенствование 
методики 
преподавания проектных дисциплин на основе BIM-технологий, а 
также развитие инновaционных технологий будут способствовать 
повышению качества образования. В обучении интерактивным 
компьютерным программам и проектированию программ БИМ-
технологии служат современным средством обучения. 
Ключевые слова:
цифровая технология, BIM-технология, 
методика, модель, обучение, информaционные технологии

Raqamli texnologiyalar jamiyatning barcha sohalariga faol kirib 
bormoqda. Bu yo’nalishda akselrator sifatida qurilish sohalari, bank 
xizmatlari va iqtisod yo’nalishlarini keltirish mumkin. Axborot resurslarni 
barcha qatlamdagi insonlar uchun foydalanish qulayligi bois, bugungi 
kunda axborot texnologiyalari jamiyat oldiga qo’yilgan juda ko’plab 
masalalrni yеcha olish imkoniyati paydo bo’ldi. Bundan tashqari BIM 
texnologiyalari 
asosida 
qurilishni 
modellashtirish, 
robototexnika 
sohasining rivojlanishi bank sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarga 
raqobat bo’laolayotganligi ham ta’kidlash zarur. 
Raqamli texnololgiyalarin qo’llash jamiyat oldiga bir qator 
masalaalrni qo’ymoqdaki, ular raqamli texnoologiyalarni joriy etish 
etikasi, ularni himoya qilish vositalari, huquqiy aspektlari va boshqa 


600 
talablarni dolzarb qilib qo’ymoqda. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli 
texnologiyalarni yaratish va joriy etish bir qator masalalrni yеchishni 
taqazo qiladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim tizimida raqamli 
texnologiyalarni yaratish va joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqishni 
dolzarb masala ekanligini ko’rsatmoqda [1, 261-b.]. 
Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi ta’limda yagona metodik 
tizim asosida raqamli texnologiyalarni yaratish va joriy etish masalasini 
tadqiq etishdan va uning konsepsiyasini shakllantirishdan iborat. Ta’lim 
tizimida raqamli texnologiyalarni yaratish va joriy etish konsepsiyasini 
ishlab chiqish deganda maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlab, oliy 
ta’lim va undan keyingi ta’limni qamrab oladigan o’quv, ilmiy, uslubiy va 
tashkiliy jihatlarni qamrab olgan metodik tizim tushuniladi.
Bugungi kunda texnika yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida 
loyihalash dasturlarini BIM texnologiyalar asosida o’qitishda bir qancha 
muammolarga duch kelinmoqda. O’qituvchilar XXI-asr texnologiyasining 
rivojlanishidan foydalangan holda ta’limni samaradorligini oshirishda bir 
qancha ishlar olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalarni 
fan va ta’limida qo’llanilish mumkin bo’lgan muhim ta’sirlaridan biri bu 
virtual laboratoriyadir. 
Virtual 
laboratoriya 

bu to’g’ridan-to’g’ri eksperimental 
vizualizatsiya, 
interaktiv 
virtual 
muhit, 
amaliy 
eksperimentlar, 
eksperimentlarni yanada samarali o’tkazish va eksperimental vositalarni 
sotib olishda tejash imkonini beradigan vositadir. Virtual laboratoriya 
yordamida o’rganish auditoriya darslarini olmasdan ham istalgan joyda va 
istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin. 
BIM (Building Information Modeling) - qurilishda axborotlarni 
modellashtirish. Ushbu texnologiya qurilayotgan obekt - me’moriy, 
texnologik, iqtisodiy, ekologik, operatsion va boshqa xususiyatlar 
to’g’risida to’liq ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlashga asoslangan. 
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, kelajakdagi binoning 3D modeli 
yaratiladi [2, 322-b.]. 
Qurilish jarayonlari axborotlarini modellashtirish birinchi marta 
o’tgan asrning ikkinchi yarmida real vaqtda umumiy dizayn maydonini 
yaratish va dizaynga sarflanadigan vaqtni qisqartirish uchun shakllangan. 
Vaqt o’tishi bilan BIM texnologiyasi rivojlanib bordi va bugungi kunda 
raqamli modellashtirish butun loyiha hayot sikli davomida qo’llanilmoqda. 
Qurilish loyihasi bo’yicha ishlarning har bir bosqichi uchun BIM 
modelining batafsil darajasining tavsifi qurilish ob’ektini bir butun sifatida 
qabul qilishga imkon beradi. Uning parametrlaridan birini o’zgartirish 


601 
muqarrar ravishda u bilan bog’liq bo’lgan boshqa parametrlar va 
ob’ektlarning avtomatik o’zgarishiga olib keladi. 
Texnika sohasida ko’plab loyihalar yaratiladi bu loyiha moddiy 
obektning komyputer modelidir, bu modelni yaratilish jarayonini 
kompyuter dasturlari yordamida harakatlantirib talabalarda obrazli 
fikrlashlarini takomillashtiradi. Inson ongidagi tasovvurni kompyutr 
dasturlari yordamida shakillantirib berishdir, qolaversa qurilishdagi har bir 
jarayonni mutaxassis ongida juda yaxshi tassovur qiladi manashu 
tassovurni BIM texnologiyalar asosida texnika yo’nalishidagi 
talabalarimizga ko’rgazmali vositalar yordamida tushuntirsak ko’plab 
yutuqqa erishamiz. 
Zamonaviy inshoot oldida turgan muhim masala - bu qurilayotgan 
binolarning uzoq davomiyligi bu esa qurilish uchun materiallarni еtkazib 
berish xarajatlarini to’g’ri aniqlashni qiyinlashtiradi shu sababdan 
kompyuterda BIM texnologiyalar qurilishning vaqtini va iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini tejaydi. Taklif etilgan BIM texnologiyalari masofadan 
turib qurilish sharoitida qaror qabul qilishni osonlashtiradi, oqilona 
yo’nalishni tanlash va kerakli vositalarini tanlash imkonini beradi. 
Ushbu uslub talabalarga konstruktiv hisob-kitoblarda, energiya 
samaradorligini baholashda, texnik va iqtisodiy indikatorlarni aniqlashda, 
xarajatlar, spetsifikatsiyalarda foydalaniladigan ma’lumotlarni o’z ichiga 
olgan axborot modellashtirish texnologiyasidan foydalangan holda 
loyihalash ko’nikmalarini olishga imkon beradi. 
Haqiqiy vaqtda loyiha ma’lumotlarini birlashtirish qaror qabul 
qilishning turli bosqichlari, shuningdek ma’lumotlarni qabul qilish va 
ulardan foydalanish o’rtasidagi vaqtni minimallashtirish orqali loyiha 
xatarlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ko’p sonli loyiha ishtirokchilari 
loyiha ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo’lishlari bilan, real vaqt 
rejimida hamkorlik tomonlarning ahamiyatsiz ma’lumotlardan foydalanish 
ehtimolini pasaytiradi. 
Texnika yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga 
qurilishda axborot texnologiyalari fanining kompyuter grafikasiga oid 
loyihalash dasturlarini BIM texnologiyalar asosida o’qitish va shu 
mavzularga 
imitatsion 
modellar 
yaratish ta’imning sifati va 
samaradorligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni 
yaratish va joriy etish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan 
bo’lib, uning еchimi asosida ta’lim tizimini samaradorligini oshirish bilan 
bir qatorda, kadrlar tayyorlash va ularning qobilyatlari va iqtidori hamda 


602 
ilmiy salohiyati nuqtai nazaridan kasbga yo’naltirish kabi muhim masalalr 
еchimini topadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda loyihalash 
dasturlarini o’qitishda BIM texnologiyalarini o’rinli foydalanilganda, 
talabalarning qiziqishlarini, darsning sifat va samaradorligini oshishiga 
olib keladi. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish