Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Adabiyotlar ro’yxati 
1. Norqobilov .N “Paxmoq” -T.: O’qituvchi 1997 
2. Jahon adabiyoti jurnali –T.: 2011.146-149 bb 
3. Norqobilov .N “Dashtu dalalarda”.-T.: O’zbekiston 2009 


354 
SHAXS TARBIYASIDA AKSIOLOGIK YONDASHUVNING 
O’RNI 
Toshtemirova N.F. - ADU. Umumiy pedagogika 
kafedrasi o’qituvchisi; 
Jamoldinova M.Sh.- ADU, Kimyo yo’nalishi talabasi 

Annotatsiya. 
Ushbu maqolada dunyoqarashning mazmun va 
mohiyati hamda kishilarning olam va uning o‘zgarishi, rivojlanishi 
xaqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va 
qarashlari va tasavvurlari majmuasi haqida fikrlar bildirgan.
Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida qancha ko‘p 
ma’lumotga, bilimga ega bo‘lsalar, ularning dunyoqarashi ham shu 
darajada mukammal va puxta bo‘ladi. Demak, dunyoqarash olamdagi 
yaxlit, umumlashtirilgan bilimlar to‘plamidir.

Kalit so’zlar: 
aksiologiya, dunyoqarash, yaxlit, qarashlar,
tasavvurlar, axloqiy, estetik, diniy,
 
falsafiy dunyoqarash, qadriyatlar
.
 
 
Yuksak siyosiy bilim va madaniyatga, imon-e’tiqodga ega bo‘lgan 
inson jamiyatimiz, davlatimiz, xalqimiz va millatimizning eng katta 
boyligi hisoblanadi. Jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy yuksalish, 
insonning axloqiy, g‘oyaviy, siyosiy kamoloti mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan milliy uyg‘onish jarayonlari bilan uzviy aloqadadir. 
Ma’lumki, dunyoqarash tarkibiga kishilarning olamni bilish va 
baholashga oid bo‘lgan ishonch va e’tiqodlari, niyat va maqsadlari, orzu 
umidlari, ular faoliyatiga ma’lum yo‘nalish beruvchi barcha qadriyatlar 
ham kiradi. Falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo‘lgan rostgo‘ylik poklik 
insonparvarlik vatanparvarlik kabi olijanob fazilatlarni, axloqiy normalar 
va qadriyatlarni mujassamlashtiradi. 
Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat va ilmiy 
kashfiyotlar 
jamiyatimizning 
oliy 
qadriyati 
bo‘lgan–insonning 
dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko‘p qirrali, 
mazmun-mohiyati jihatdan chuqur bo‘lib, o‘z ichiga juda ko‘plab 
sohalarni qamrab oladi, markaziy o‘rinni dunyoqarash masalasi 
egallaydi. 
Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u 
insonni qurshab turgan voqelikni anglash, tushunish bilan bir qatorda uni 
baholash hamdir. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo‘shilib 


355 
baholangach, insonning tevarak-atrofdagi ijtimoiy va tabiiy reallikda 
bevosita, amaliy yo‘l tutish maqsadiga xizmat qiladi. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, dunyoqarash insonning voqelikdagi o‘z o‘rni va rolini belgilab 
beradigan ongli ravishda to‘plangan, izohlangan va baholangan bilimlar 
majmuasidir. 
Mifologik diniy, falsafiy dunyoqarash – ijtimoiy borliqning in’ikosi 
bo‘lib, u muayyan tarixiy davrda insoniyat yaratgan bilimlar darajasiga 
hamda ijtimoiy tuzumga bog‘liq bo‘ladi. Inson faoliyatida ilmiy falsafiy 
dunyoqarash asosiy rol o‘ynaydi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining 
umumiy qonuniyatlari xaqida yaxlit ma’lumot beradi. Shu bilan birga u 
insonni qurshab turgan moddiy olamni bilish mumkinligini, materiyaning 
doimo harakatda va rivojlanishdaligini ta’kidlaydi. Falsafiy dunyoqarash 
asosida kishilar ob’ektiv olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar 
o‘zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy muhim aloqadorlikda, ta’sir va 
aks ta’sirida ekanligini chuqur anglab oladilar. 
Kishilar dunyoqarashini shakllantirishda, ularda tabiat, jamiyat, 
insonning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida tasavvurlar hosil qilishda 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ilmiy falsafiy meros 
bitmas-tuganmas boylik xazinasi hisoblanadi. Undan unumli va samarali 
foydalanish hozirgi vaqtda mustaqil jamiyatimizning oldida turgan 
dolzarb vazifadir. 
Falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo‘lgan rostgo‘ylik poklik 
insonparvarlik vatanparvarlik kabi olijanob fazilatlarni, axloqiy normalar 
va qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar 
jamiyatning tabiat bilan uzviy birligi, inson va insoniyat taqdirining 
mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining xilma-xilligi va birligi 
haqida ishonch hosil qiladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining fikricha, 
barcha insonlarga xos bo‘lgan olijanob fazilatlar eng avvalo, faylasuflarda 
o‘z aksini topmog‘i lozim. Faylasuf bo‘lmoqchi bo‘lgan odam o‘z axloqi 
va xislatlari bilan bu aytilgan shartlarga javob bera olsa, shundan keyin u 
falsafa bilimini o‘rganishga va uni boshqalarga o‘rgatishga kirishuvi 
mumkin»
34
, - deb yozadi Forobiy. 
Inson ma’naviy kamolotining eng muhim ko‘rinishi va zarur 
shartlaridan biri siyosiy madaniyatning o‘sib borishidir. Agar har bir millat 
vakilida, har bir insonda yuksak siyosiy ong, siyosiy bilim va madaniyat, 
siyosiy ziyraklik bo‘lmasa mustaqillik barqaror bo‘la olmaydi. 
34
Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри.-Т.:Халқ мероси, 1993, 184- бет. 


356 
Sharq 
mutaffakkirlari 
jamiyatni 
ilmiy 
asosda 
boshqarish
masalalariga katta e’tibor berib kelganlar. Jumladan, Forobiy, Beruniy, 
Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy va boshqalarning 
asarlarida davlatning tuzilishi, uning ichki va tashqi siyosatining asosiy 
tamoyillari, davlat rahbarlarining xususiyatlari bo‘yicha muhim
ma’lumotlar berilgan. Ularni sinchiklab o‘rganib, hayotga ijobiy tatbiq 
etish mustaqil davlatimizning siyosiy asosini yanada, baquvvat qilishda 
katta zamin bo‘lishi shak-shubhasizdir. 
Ma’naviy barkamollik 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish