Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Alaviya M. «O’zbek xalq marosim qo’shiqlari» Toshkent, Fan, 1974 y.-
221 b. 
2. Ibrohimov O.A. «O’zbek xalq musiqa ijodi» (metodik tavsiyalar I 
qism), Toshkent, 1994 y. – 62 b. 
3. Mirzayeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Ma’ruzalar matni. 
Toshkent. 2008. 48 b. 


352 
4.Cat’rine 
Sadolin. 
Complete 
vocal 
technique. 
2012. 
www.Completevocalinstitute.com 
5. Mannopov S. O’zbek xalq musiqa madaniyati. O’quv qo’llanma. 
Toshkent. Yangi asr avlodi. 2004 y. 100 b. 
6.Бегматов С. Хофизлик санъати. Ўқув-услубий қўлланма. 2007 й.,133 
б. 
7.Umarov M. “Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi”. Toshkent. Yangi 
asr avlodi. 2009 y. 304 b. 
 
“PAXMOQ” QISSASIDA NATURALISTIK TASVIR BADIIYATI
Madraximova I. B. – CHDPI, Boshlang’ich ta’lim fakulteti o’qituvchisi
O’zbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri bo’lgan yozuvchi, 
jurnalist Normurod Norqobilovning deyarli barcha asarlari hayvonot olami 
va ona tabiat bilan chambarchas bog’liqdir. Yozuvchining aksariyat 
asarlarida insonlar va hayvonlar munosabatlari aks ettirilgan. Adib 
“Paxmoq” qissasida badiiyatning o’ziga xos qonuniyatlaridan kelib chiqib 
ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy to’qnashuv va unda ezgulikning 
yovuzlik ustidan g’alaba qilish masalasini Panji sayoq bilan Paxmoq 
orasidagi munosabatlar orqali tasvirlab beradi. Yozuvchi asari orqali 
kitobxonga insoniyat va hayvonot olami o’rtasidagi bog’liqlikning botiniy 
jixatini xis qildirishga harakat qilgan. Qissada Paxmoq obrazi orqali 
yozuvchi o’zining ayiqlar bilan bog’liq kuzatishlari bilan o’rtoqlashadi. 
Ayiqlarning o’ziga xos harakter-xususiyatlari, yashash tarzi, odatlari, 
boshqa hayvonlar bilan bo’lgan aloqasi juda qiziqarli tarzda namoyon 
bo’lgan. Insonlardagi tabiiy tuyg’ular ya’ni, azob, nafrat, sevgi, xalollik 
kabi tuyg’ular hayvonlarga ham begona emasligini ushbu qissasida 
ko’rsatib bergan.. Ayni hayot haqiqatlari qissadagi turli obrazlar orqali 
ochib berilgan. Yozuvchi bu qissasida ayiq obrazining bizga noma’lum 
tomonlarini ochib berishga harakat qilgan.
“Paxmoq” qissasida Panji sayoq va Paxmoq laqabli ayiqning hayot 
tarzlarining o’xshash tomonlarini, ularga yon atrofdagilarning 
munosabatini ko’rsatib bergan. Panji sayoqning hayoti bolaligidan boshlab 
tog’u-toshlar bilan bog’liq holda kechgan, ota-onasidan ko’rmagan mehrni 
tog’lardan, dala va o’rmonlardan topgandi. Birinchi turmushi ham shu 
sababli o’xshamagan. Hayotda odamlardan mehr ko’rmagan. Hayotining 
asosiy qismini tog’larda o’tkazardi. Shahardan kelgan mehmonlarga berib 
qo’ygan va’dasi sababli Paxmoqni orqasidan tushgandi. Shaharlik 


353 
mehmonlardan biri unga kata pul evaziga ayiq ovlab berishini so’raydi. 
Shu sabab bo’lib Paxmoq va Panji sayoq ko’p marta bir-birlariga duch 
kelishgan. Lekin har safar Paxmoq ovchini arosatda qoldirib ketardi. 
Paxmoq bilan Panji sayoqning o’xshash tomonlari shunda ediki, ikkalasi 
ham yoshligidan mehr ko’rmasdan katta bo’lishgan. Ikkalasining ham 
ko’nglida deyarli bir vaqtda o’z juftini topish istagi uyg’ongandi. Ikkalasi 
ham yashash uchun kurashadi. Hayotda hech narsani qizig’i qolmagan bir 
paytda ko’nglida o’z jufti bilan birga bo’lish xissi uyg’ongandi. Bu yo’lda 
duch kelgan qiyinchiliklarni yengib o’tishga urunadilar. Panji sayoqning 
taqdirining o’zgarishiga ma’lum ma’noda Paxmoq sababchi bo’lgan. 
Chunki, Paxmoqni izlab yurib chekka bir qishloqdagi juvonni yoqtirib 
qoladi.
Paxmoq ovchidan qochib olmazorda urg’ochi ayiqni uchratib qoladi. 
Shu tariqa ovchi ham ayiq ham o’zlarining hayotini yo’lga qo’yib olish 
uchun kurashni boshlaydilar. Yozuvchi qissa qahramonlarining ichki 
tuyg’u va kechinmalarini, ayniqsa Paxmoqning ko’nglidan o’tayotgan 
tuyg’ularni huddi insonlarda kechadigan tuyg’ular kabi obrazli tasvirlab 
bergan. Yozuvchi o’zi aytganidek maxluqotlar ichida eng vaxshiysi inson 
zotidir. Olloh insonga boshqa jonzotlarda yo’q narsani,- aqlni bergan. 
Lekin shu aql bugungi kunda oqsayotgani, bo’shliqlar paydo 
bo’layotganiga ko’p guvoh bo’lyapmiz. Panji sayoq ham o’ylamay bergan 
va’dasining, nafsning qurboni bo’ldi. Hayvonlar ham tabiatning bir 
mo’jizasi ular ham yashashga , nasl qoldirishga haqlidirlar.
Kuzatishlarimizdan shuni angladikki, Normurod Norqobilov nafaqat 
insonlar ruhiy xolatini, xarakterini ochib beruvchi asar yozgan, balki 
hayvonot olami vakillarining ham hayot tarzi va xarakterini badiiy 
obrazlarda ochib bergan. Adibning hayvonlar obrazini yaratgan asarlarida 
hayotning azaliy qonuni bo’lgan ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy 
to’qnashuv bosh masala qilib olinganiga guvoh bo’lamiz. Adib qissasida 
inson va tabiat munosabatlari, ayniqsa, hayvonot olamiga bo’lgan 
munosabatlarini ham ma’rifiy jihatdan, ham badiiy jihatdan, ham estetik 
jihatdan haqqoniy tasvirlay olgan. Yozuvchi yaratgan asarlar yangicha 
badiiy talqinlari jixatidan biz uchun qimmatlidir 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish