342
atrofdagilariga va butun jamiyatga ham ziyon keltirishi mumkin.
E’tiqodsizlik natijasida inson qalbidagi nur o‘rnini zulmat qoplab,
inson
ongi, ruhiyati xiralashadi. Oqibatda ichkilikka berilish, loqaydlik,
ma’naviy-ma’rifiy an’analarga bepisandlik, o‘zi va o‘zgalar qadriga
etmaslik kabi illatlar yuzaga keladi. Shuning uchun kishilarni e’tiqod,
ezgulik sari boshqarishga yordam berish har bir insonning vazifasi bo‘lishi
lozim.
E’tiqod shakllanishida ishonch muhim ahamiyat kasb etadi va asosiy
mazmunni tashkil etadi. Ishonch oilada, jamoada, tashkilotda targ‘ibotda,
umuman insonning yashash amaliy hayotiy tajriba jarayonida namoyon
bo‘ladi. Shaxs yoki butun bir jamiyat a’zolariga ishonadigan me’yor va
g‘oyalar tarixiy taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida, shu davr talab
qilayotgan zaruriyatiga mos kelsa, ishonch jamiyat yoki shaxs uchun
yaxshi samara beradi. Demak, ma’naviyatning yuksalishi uchun e’tiqod
chuqur ishonchga asoslanishi lozim. Chuqur e’tiqodga ega bo‘lgan
dunyoqarash butun inson ma’naviyatining o‘zagini tashkil qilib, u yoki bu
voqelik, (hodisaga) munosabatni belgilab beradi.
E’tiqodni
ishonch va ixlos, ishq qo‘yish va sadoqatlilik bilan
boyitilishi zarur. Ixlos bilan boyigan e’tiqod ijobiy ahloqiylik kasb etib,
insoniy qiyofani belgilovchi vositalardan biri sifatida nomoyon bo‘ladi.
Shunday qilib ishonch, ixlos, ishq, ko‘ngil qo‘yish, sadoqat kabi ijtimoiy
tushunchalar e’tiqodning tarkibiy qismi bo‘lib, uning mustahkam
bo‘lishiga xizmat qiladi.
Din e’tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Islom dinida ahloq-odob,
imon – e’tiqod mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan tushunchalar, eng
muhimi qadriyat hisoblanadi. Imon tushunchasi islom ta’limotida ishonish,
e’tiqod qilish, ma’nosida bo‘lib, Ollohdan boshqa iloh yo‘qligiga va bu
ilohiylikda, yaratuvchilikda, boshqarish va biluvchilikda,
abadiy rizq va
hayot berishida, shuningdek, o‘lgandan keyin qiyomat kuni qayta
tiriltirishlikda yakkayu-yagonaligini hamda Muhammad Alayhissalom
Ollohning elchisi ekanligini bilish, ishonish, uni til bilan aytish, dil bilan
tasdiqlash imon-e’tiqoddandir deb hisoblaydi. Shu ma’noda Muhammad
payg‘ambar ham hadislarida «imon-
bu Ollohga, uning farishtalariga,
muqaddas kitoblariga va qiyomat kuniga ishonmoqdir», deb o‘qtiradi.
Demak, islomda imon Olloh va uning elchisi Payg‘ambarga ishonish, ixlos
bilan e’tiqod qilmoqlikdir.
Imon faqatgina diniy tushuncha bo‘lmay, balki dunyoviy va hayotdagi
amaliy tushuncha hamdir. Imonli kishi tushunchasini hayotiy, amaliy va
dunyoviy mazmunida, ilm-ma’rifat egasi bo‘lish, o‘zaro yordam, saxiy
343
bo‘lish, to‘g‘rilik, halollik, yaxshilik qilish, ezgulikni ulug‘lash, ahdga
vafo, Vatanni sevish kabi yuksak ma’naviy
fazilatlar egasi sifatida
tushunmoq kerak. Qisqaroq qilib aytganda, imon bevosita ma’lum
dunyoqarashiga ega bo‘lgan shaxsning, ichki, ruhiy olamini anglatadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, Movaraunnahrda jamiyat
ma’naviyati,
madaniyati
va
ma’rifatining
shakllanishi
hamda
rivojlanishida muhim hissa qo‘shgan ta’limotlardan biri «Buddaviylik»
dinidir. Hindistonda paydo bo‘lgan ushbu din milodiy birinchi asrdan
boshlab Movaraunnahr hududlariga kirib kelib, keng tarqalgan. Hatto
Kushon va Eftalitlar imperiyasi davrida buddaviylik dini davlat
himoyasiga olingan bo‘lib, o‘sha vaqtda zabt etilgan tangalarda buddaning
turli ko‘rinishdagi tasvirlari mavjudligi fanda isbotlangan.
Demak, ma’naviy merosimizning bir qismi bo‘lgan islom dini
yuksak madaniyat va ma’naviyat vositasi ekan, uni bugungi sharoitda ham
odamlarni diniy bag‘rikenglik asosida insofga,
diyonatga, dinlararo va
millatlararo hamjihatlilikka da’vat etuvchi ma’naviy-ma’rifiy g‘oya
sifatida tushunib, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va
barqarorlik, xalqimizdagi xush kayfiyat, porloq kelajakka ishonch kabi
g‘oyalarning zaminida xalqimizning shonli o‘tmishi va islom dinini ham
tarbiyaviy roli borligini e’tirof etmoq lozim.
Shu boisdan ham islom diniga xalqimizning ma’naviyati va
madaniyati tarixining ajralmas tarkibiy qismi sifatida, unga umuminsoniy
qadriyatlar nuqtai nazaridan qarab, uni umumma’naviy
taraqqiyotimiz
jarayonining ajralmas qismi deb hisoblash lozimdir. Islom dini kishilarda
kamtarlik, ahloqiylik kabi insoniy fazilatlarni shakllantiradigan, kishilarni
to‘g‘ri yo‘lga boshqaradigan tarbiyaviy omil sifatida qarab, bugungi
huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilishi
jarayonida keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, islom yuksak umuminsoniy
fazilatlarni shaklantirish – insonni diniy bag‘rikenglik asosida yuksak
ma’naviyatga chorlovchi 1- Prezident Islom Karimov O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini qo‘shma
yig‘ilishida
qayd etganidek, bugun bag‘ri keng, ma’rifatli islomni niqob
qilib olgan ekstremistik g‘oyalardan himoya qilish bilan birga, undan
hozirgi istiqlol oldimizga qo‘yayotgan dolzarb ma’naviy – ma’rifiy va
tarbiyaviy muammolarni hal qilishda ustuvor omilardan biri sifatida
foydalansak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ming yillik ma’naviyatimiz tarixi
ham shak-shubhasiz fikrimiz to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
344
XXI asr boshida dunyo bo‘yicha globallashuv jaryoni sodir
bo‘layotgan hozirgi sharoitda bir tomonda insoniyatning mushtarak
bo‘lgan ko‘pchilik manfaatlarini ko‘zlab, yangicha ijtimoiy – iqtisodiy va
siyosiy munosabatlar qaror topayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa
insoniyat tor doiradagi manfaatlar bo‘lgan diniy va milliy ruhdagi
ekstremizm, narkobiznes va halqaro terrorizm tushunchalari va ularning
mudhish hodisalariga duch kelmoqda.
Shu nuqtai nazardan qarab,
ekstremizmning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida fikr yuritilsa, aytish
mumkinki, jamiyatda qabul qilingan va faoliyat ko‘rsatayotgan qonun -
qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo‘lgan g‘oyalar «ekstremistik»
hisoblanadi. Dinning qandaydir bir yo‘nalishini buzgan holda talqin etib,
siyosiy maqsadni ko‘zlovchi harakat diniy ekstremizmga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: