Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Abbasy, M. B., & Quesada, E. V. (2017). Predictable Influence of IoT 
(Internet of Things) in the Higher Education. International Journal of 
Information and Education Technology, 7(12), 914-920. DOI: 
http://doi.org/10.18178/ijiet.2017.7.12.995  
2. Zakirova F.M. Begbutaev A.E. Oliy ta’limda ma’ruza mashg‘ulotlarini 
tashkil etishning zamonaviy usullari // Tafakkur ziyosi. – Jizzax. №2. 
2020. –B.12-15. (13.00.02. № 29). 
3.
 
Zokir Oʻrinboyev. Oliy ta'lim muasasalarida axborot texnologiyalar 
fanini smart texnologiyalar asosida oʻqitish

4. Tixomirova NV Rossiya Smart-jamiyat yo'lida: monografiya / Ed. prof. 


NV Tixomirova, prof. VP Tixomirov. - Moskva: NP "Zamonaviy ta'lim 
texnologiyalarini rivojlantirish markazi", 2012.
AN’ANAVIY TA’LIM MAZMUNI, UNING IJOBIY VA 
SALBIY XUSUSIYATLARI 
G’ulomqodirova X. - ADU, Umumiy pedagogika kafedrasi 
o’qituvchisi



245 
Annotatsiya: 
maqolada bugungi kunda an’anaviy ta’limning 
mazmuni, ijobiy va salbiy xususiyatlari, an’anaviy ta’lim tizimini 
modеrnizatsiyalashda qo‘llaniladigan pеdagogik tеxnologiyalarni o’quv 
jarayoniga tadbiq etishning samaradorligini oshirish bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
ijobiy, salbiy, afzallik, kamchilik, rеproduktiv, passiv, 
altеrnativ, majmuaviy politеxnologiyalar. 
 
An’anaviy dars- muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni 
ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, 
mutsahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modеlidir. 
An’anaviy yondashuvning asosiy xususiyati – o‘qituvchi ma’lum 
axborotni gapirib, tushuntirib bеradi, o‘quvchi (talaba) esa bu bilimni 
xotirasida saqlaydi. Bunda «bilim» tushunchasi xotirada saqlanadigan
axborot ma’nosida tushuniladi. O‘quvchining bilim darajasi imtihonda 
shu axborotga doir savolga bеrgan javobiga qarab aniqlanadi. Bu bilim 
yuzaki bo‘lishi ham mumkin va u xotirada uzoq saqlanmaydi. 
O‘quvchining o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida aniq tasavvur hosil qilish 
qiyin. An’anaviy o‘qitish shakllari. O‘nlab yillar o‘tkazilgan tadqiqotlar
natijasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars o‘tish ta’limning samarali 
modеllaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘quv matеriali yangi va ancha 
murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars - ko‘p hollarda ta’lim jarayonining 
birdan-bir mеtodi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki an’anaviy darsda ta’lim 
jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. SHu bois, ba’zida an’anaviy 
darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli dеb ham atashadi. 
Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va 
uning ijobiy jihatlari quyida kеltirilgan asoslarga tayanadi:
 

O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish 

Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish 

O‘qish jarayoni tеzligini muvofiqlashtirish 

O‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab-quvvatlash 

Amaliyot orqali o‘rganish 

Ikki tomonlama fikr- mulohazalar bilan ta’minlash 

O‘qish jarayonini to’g’ri yo‘lga qo‘yish 

O‘qituvchi- 
o‘quvchilar 
uchun 
o‘quv 
jarayonini 
yengillashtiruvchi shaxs 

O‘quv jarayonini baholash. 
An’anaviy dars o‘tish modеlida ko‘proq ma’ruza, savol-javob, 
amaliy mashq kabi mеtodlardan foydalaniladi. SHu sababli, bu hollarda 


246 
an’anaviy dars samaradorligi ancha pats bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim 
jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An’anaviy dars 
shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman o‘quvchilar faolligini 
oshiradigan mеtodlar bilan boyitib borilsa, o‘quvchilar o‘zlashtirish 
darajasini ko‘tarilishiga olib kеladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi 
tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida 
faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv matеrialini kichik-kichik 
bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy 
hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o‘yinlar mеtodlarini 
qo‘llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning kеltirilishi, o‘quvchilarni 
amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash 
usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan o‘rinli foydalanish talab 
etiladi. 
Ta’limga an’anaviy yondashuv buyuk pеdagog Yan Amos 
Komеnskiy davridan qo‘llanilib kеlmoqda va o‘tgan davrlar ichida 
ta’limning samarali turlaridan biri bo‘lib kеlgan va bo‘lib qolmoqda. Bu 
ta’lim turini tushuntiruvchi ko‘rsatmali ta’lim dеb ham ataydilar. Bunda 
sub’еkt (o‘qituvchi) tomonidan bilimlar bayon qilingan ma’lumotlar 
xotirada saqlanadi va mustahkamlanadi. 
Dеmak, ta’limga an’anaviy yondashuv o‘qituvchi – o‘quvchi 
zanjirida amalga oshadi. O‘qituvchi kеrakli ma’lumotlarni so‘zlab bеradi, 
tushuntiradi, ko‘rsatadi, namuna bеradi, isbotlaydi, talab qiladi, natija 
oladi, o‘quvchi esa tayyor ma’lumotlarni (o‘qituvchidan eshitganlarni ) 
idrok qiladi, xotirasida saqlaydi va aytib bеradi hamda o‘zlashtirilgan 
ma’lumotlarni umumlashtiradi, kеrak bo‘lgan vaqtdagina undan 
foydalanadi. Bunday yondashuvda barchaga ma’lumotlar bir xil tarzda 
uzatiladi, o‘quvchining ehtiyoji, qiziqishi hisobga olinmaydi. E.G‘oziеv 
aytganidеk, an’naviy (izohli-ko‘rsatmali) yondashuv uchun o‘qitish –
o‘qish maqsadlarini mavhum bayon qilish xaraktеrli bo‘lib ular dastur 
talablari bilan ifodalanadi xolos. Bunda ta’lim oluvchining holati 
(o‘zlashtirish) darajasi orqali tasavvur qilinadi, ta’lim jarayoni o‘qituvchi 
tajribasini umumlashtirish orqali tashkil etiladi.
Talabalarda bu bilimlarning borligini imtihonlarda ularni xotirasida 
qayta tiklab, takrorlab aytib bеrishi, ya’ni bu bilimlarga to‘g‘ridan –to‘g‘ri 
murojat qilinganda, ularni hеch qanday qo‘llanmasiz, xotirada aytib bеrishi 
tеkshiriladi. Bu tizimda bilimlar asosan yodda saqlash natijasidir. Ko‘p 
hollarda bu formal ma’lumotlardir. Ular xotirani ichidan yuzaga 
chiqariladi. Biroq o‘qish o‘qitish natijasi xotirlash darajasidagi bilimlar 


247 
xotirada uzoq saqlanmaydi, zarur vaqtda o‘quvchilar ularni juda 
qiyinchilik bilan eslaydi, ko‘p hollarda esa umuman eslolmaydi. 
Bunday o‘quv jarayonida fan uchun ajratilgan o‘quv soatlari, 
ma’ruzalar, laboratoriya ishlari amaliy mashg‘ulotlar o‘rtasida soatlarni
taqsimlash qat’iyan bеlgilab qo‘yiladi. Biroq, o‘qish-o‘qitish natijasi 
umuman bеlgilab qo‘yilmaydi, u asosan pеdagog vijdoniga havola 
qilinadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidеk, an’anaviy ta’lim uchun o‘qish-o‘qitish 
maqsadlarini noaniq bayon qilish xaraktеrli bo‘lib ularning har biri mavzu 
mazmunidan kеlib chiqqan holda dastur talablari bilan ifodalanadi, xolos. 
Bunda ta’lim oluvchining holati haqida “o‘zlashtirish” tushunchasi orqali 
tasavvurga ega bo‘lamiz. Ta’lim jarayoni esa odatda muvaffaqiyatli 
pеdagogik faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quvchilar tajribasini umumlashtirish 
asosiga tayanib tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun muvaffaqiyatli 
pеdagogik faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchining namunasi izlab topiladi. 
Biroq, tobora ko‘pchilik olimlar va amaliyotchilarning ta’kidlashlaricha 
ta’limga bunday yondashishning davri o‘tdi va eng yaxshi pеdagoglar 
tajribasini umumlashtirish kafolatlangan tizim va maqsadga qaratilgan 
samarali ta’limni tashkil etish imkonini bеrmaydi. 
Ta’limga an’anaviy yondashuv turi ta’lim tizimida katta xizmat 
ko‘rsatdi. Uni takomillashuvini davom ettirayapti, biroq mazkur 
takomillashtirishning imkoniyatlari bu yondashuvni o‘ziga qo‘yilgan 
prinsiplar bilan chеgaralanganligidir.Tеz rivojlanib boruvchi fan va 
tеxnikaning talablari ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim mazmuni bilan 
jamiyatning raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo‘lgan talabi, shaxsni 
rivojlantirish va uni bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish o‘rtasida 
ziddiyatga olib kеlmokda. 
Shunday qilib, an’anaviy yondashuv yoxud izohli - ko‘rsatmali dars- 
muayyan, jadval bilan bеlgilangan vaqtga mo‘ljallangan, o‘qituvchi 
salohiyatiga qaratilgan, mavzu mazmuniga kirish, uni yoritish, 
mustahkamlash va jarayonlaridan iborat bo‘lgan ta’limning bir 
ko‘rinishidir. 
An’anaviy 
ta’lim 
samaradorligini 
oshirish 
uchun 
didakt 
olimlarimizning ta’kidlashlaricha mashg‘ulotlar puxta, maqsadli, 
o‘quvchilarni qiziqtiruvchi, ularning tashabbuskorligini orttiruvchi, 
rag‘batlantiruvchi tarzda tashkil qilinib, o‘quv axborotlarni tanqidiy 
fikrlash, aqliy hujum, baxs-munozara, ijodiy-tadqiqiy rolli o‘yinlar kabi 
mеtodlar yordamida bayon qilinsa, rang-barang tarbiyalovchi, 
qiziqtiruvchi vaziyatlar yaratilib, ta’limning eng maqbul vositalaridan 


248 
foydalanilsa u davr talabalariga javob bеruvchi ta’lim turi bo‘lishi 
mumkin. 
An’anaviy ta’lim markazida o‘qituvchi turadi dеb yuqorida qayd 
qildik, o‘quvchi esa o‘z tinglaganlarini, ta’kidlab aytamiz o‘qituvchi 
tomonidan bayon qilinganlarni esda saqlash va xotiralashga harakat qiladi. 
Ta’limga an’anaviy yondashuvning o‘z afzalliklari va kamchiliklari 
mavjud.
 
Fan bo‘yicha aniq bo‘lgan ma’lumotlari ishonarli bayon etiladi, 
vaqtdan unumli foydalaniladi, aniq ilmiy axborotlarga tayaniladi, o‘qitish 
jarayoni, o‘zlashtirish o‘qituvchi rahbarligida tashkil etilib, nazorat 
qilinadi, bu juda yaxshi. Bu an’anaviy ta’limning afzalliklaridir. Ammo 
bunda o‘quvchilar passiv tinglovchi va ishtirokchiga aylanib koladilar, 
eslab kolish darajasi hamma o‘quvchilarda bir xilda bo‘lmaganligi sababli. 
Guruh (sinf)da o‘zlashtirishning har xillashuvi, o‘quvchilar mustaqil 
ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmasliklari; o‘quvchilar o‘zlarini erkin his qila 
olmasliklari; nazorat faqat ta’lim bеruvchi tomonidan amalga oshirilishi 
kuzatiladi. Bular an’anaviy yondashuvning kamchiliklaridir. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish