Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

 
 
 
FANLARARO BOG’LIQLIK ASOSIGA QURILGAN STEAM 
TA’LIMI 
Qo’ychiyeva Z. A.- Andijon davlat pedagogika instituti magistranti 
 
Annotatsiya:
ushbu maqolada XXI asrda noan’anaviy ta’limning 
paydo bo’lishida xizmat qilgan insonlardagi ehtiyojlar,STEAM deb 
nomlanuvchi ta’lim yondashuvining o’quvchilarda intelektual salohiyatini 
rivojlantirishda o’ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
an’anaviy ta’lim, noan’anaviy ta’lim, STEM, STREM, 
STEAM, robototexnika, fasilitator

Аннотация:
в этой статье рассматриваются потребности в 
людях, которые послужили возникновению нетрадиционного 
образования в ХХI веке, специфические аспекты образовательного 
подхода, известного как STEAM, в развитии интеллектуалного 
потенциала учащихся. 
Ключевые слова: 
традиционное образование, нетрадиционное 
образование, STEM, STREM, STEAM, робототехника, фасилитатор. 
Ta’lim ekspertlari XXI asrga kelib, har bir fan, har bir mavzu 
natijasida o’quvchida zarur bilim va ko’nikmalarning belgilab berilishini 


153 
katta yutuq sifatida e’tirof etishmoqda. Buni tushunarli tilda o’quv-
o’rganish natijalari deyiladi. 
Xo’sh, avvalgi ta’lim qanday edi? Mavzular bo’yicha aniq, ta’limiy 
natijalar yo’q,hayot uchun ko’nikmaga ega bo’lmagano’quvchilar yakka 
tartibda 
ishlashga 
majbur 
edi. 
O’qituvchi 
bilimlarni 
bir-biriga 
bog’lamasdan yetkazib berish,ma’ruza qilish bilan band edi.Imtixonlar esa 
o’rganuvchidan fanning hayot bilan bog’lik tomondan emas,yod olishni 
talab qilar edi.Biroq hozir biz shiddat bilan o’zgarayotgan XXI asrda 
yashamoqdamiz.Butun dunyo bir-biri bilan doimiy aloqada,qizg’in axborot 
almashmoqda.Odamlar bir-biri bilan jamoa bo’lib ishlashni ma’qul 
ko’rmoqdalar.Ta’lim ham bu jarayonlarga moslashdi.So’nggi o’n yillik 
mobaynida ta’lim tizimi juda katta evolutsiyaga,tadrijiy rivojlanishga yuz 
tutdi.O’quv 
dasturlari,ta’limiy 
muhit,o’qituvchilar,o’qitish 
usullari,baholash va ta’lim oluvchi, hammasi, har tamonlama o’zgardi. 
Ta’lim boshqaruvi, yondashuv, ta’lim mazmuni hammasida favqulotda 
transformatsiya sodir bo’ldi. 
An’anaviy ta’limda fanlar bir–biriga bog’lanmasdan, alohida-alohida 
o’qitilgani uchun ham, odamlar voqea hodisalarni ayro tasavvur 
qilmoqdalar. Aslida esa hammasi bir-biriga chambarchas uyg’un. Insonlar 
dunyoni, hodisalarni, jarayonlarni yaxlit tasavvur qilishlari uchun fanlar 
ham bir-biriga uyg’un ravishda hamohang o’qitilishi zarur. Aynan mana 
shu ehtiyoj XXI asrda o’quvchida hayotiy ko’nikmalarni shakllantiruvchi 
noan’anaviy ta’limning paydo bo’lishiga xizmat qildi. Bugungi kunda 
butun dunyoda STEM, STREM, STEAM deb nomlanuvchi bunday ta’lim 
yondashuvi o’quvchida muammoni hal qilish,munozaraga kirishish, 
tanqidiy fikrlash,jamoa bilan ishlash layoqatlarini shakllantirish bilan 
o’ziga xosdir.Tabiiy fanlar, texnologiya va muhandislik, tasviriy san’at, 
matematika, robototexnika bu fanlarning o’quv dasturlari birgalashib 
hamohanglikda o’zaro STEAM ta’lim yondashuvini tashkil qiladi. 
E’tiborli jihati shundaki, yuqorida tilga olingan ta’lim yondashuvlari 
zamonaviy dunyoda eng talabgir tarmoqlarga aylanib bormoqda. STEAM 
– ta’lim fanlararo va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, o’z ichiga 
olgan 5 ta fanni uyg’unlashtirgan holda bilim berishga asoslangan. 
STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib,
an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi.
U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology 
(texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics 
(matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar 
amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.


154 
O‘zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi 
Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy,
Qori Niyoziy, Sadriddin Ayniy kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan 
bog‘liq. Shu jumladan qomusiy olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy 
(973-1048) ta’lim jarayonini chuqur o‘rgangan olimlardan biri. U ilmiy 
bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqida shunday fikrlarni bildiradi.
O‘quv jarayonida pedagog quyidagi qonuniyatlarga:
-bolani zeriktirmasligi; 
-bilim berishda turlilikka asoslanishi; 
-uzviylikka, izchillikka rioya qilish kerak. Beruniy yangi mavzularni 
qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish samarali natijalar berishini ham 
ta’kidlaydi.
Abu Ali Ibn Sino (980 - 1037) bilim olishda shaxslarni o‘quv 
muassasasida o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi 
tomonlarga rioya etishni ta’kidlaydi:
-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik; 
-ta’limda osondan murakkabga borish orqali bilim berish; 
-o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga e’tibor berish; 
-bilim berishda bolalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga 
olish; 
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Ushbu ishlab chiqilgan qoidalar ta’limda mustahkam o‘rin egallay 
boshladi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra butun dunyoda STEAM-kasblariga 
bo’lgan extiyoj 2011-yildan boshlab 17% oshgan bo’lsa,boshqa kasblarga 
bo’lgan ehtiyoj esa 9,8% gagina oshgan,demak,butun dunyoda STEAM-
ta’lim tizimiga talab juda yuqorilashmoqda. 
STEAM-ta’limi 
aynan 
bir 
xil 
fanlar 
tutashgan 
joyda 
innovatsiyalar,kreativ 
g’oyalar 
tug’ilish 
tushunchasiga 
asoslangan.STEAM-ta’limi 
an’anaviy 
ta’limdagi 
kabi 
faktlarga
asoslangan holda bilim berish bilan birga ,bolalar rivojlanishi uchun zarur 
bo’lgan - moslashuvchanlik, tanqidiy fikrlash, yaratuvchanlik va 
kirishuvchanlik kabi ko’nikmalarni rivojlantiradi. 
Zamonaviy ta’limda o’qituvchi fasilitator (maslahatchi) ga 
aylanadi,ya’ni o’quvchi uchun maslahatchi va yordamchi vazifasini 
bajaradi.Ularga ma’lumotni shunchaki uzatmasdan,tushunarli qilib 
yetkazadi va o’quvchining mustaqil faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi. 


155 
Baholash esa loyihalarga asoslangan.O’quvchilar belgilangan vaqt 
ichida, jamoa bo’lgan holda,berilgan resurslar asosida biror ishni amalga 
oshiradilar. 
Xulosa qilib aytganda, endi ta’lim o’quvchi uchun o’zini ko’pchilik 
orasida yakka qolishni talab qiladigan zerikarli tizim emas,balki hamfikrlar 
topish,dunyoni har tomondan kuzatish imkonini beruvchi yangi 
imkoniyatdir. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish