Zamonaviy ta’limda- steam yondashuv zarnigorxon Qo’ychiyeva Abdmannob qizi Andijon Davlat Pedagogika Instituti Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) 1-kurs magistri Annotatsiya



Download 25,33 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi25,33 Kb.
#746864
Bog'liq
Zarnigor Qo\'ychiyeva.Tezis


ZAMONAVIY TA’LIMDA- STEAM YONDASHUV
Zarnigorxon Qo’ychiyeva Abdmannob qizi Andijon Davlat Pedagogika Instituti Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) 1-kurs magistri
Annotatsiya: Ushbu maqolada XXI asrda noan’anaviy ta’limning paydo bo’lishida xizmat qilgan insonlardagi ehtiyojlar,STEAM deb nomlanuvchi ta’lim yondashuvining o’quvchilarda intelektual salohiyatini rivojlantirishda o’ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: An’anaviy ta’lim,noan’anaviy ta’lim,STEM,STREM,STEAM, robototexnika,fasilitator.
Аннотатция: В этой статье рассматриваются потребности в людях,которыепослужили возникновению нетрадиционного образования в ХХI веке,специфические аспекты образовательного подхода,известного как STEAM, в развитии интеллектуалного потенциала учащихся.
Ключевые слова:Традиционное образование,нетрадиционное образование,STEM, STREM, STEAM,робототехника,фасилитатор.
Ta’lim ekspertlari XXI asrga kelib, har bir fan, har bir mavzu natijasida o’quvchida zarur bilim va ko’nikmalarning belgilab berilishini katta yutuq sifatida e’tirof etishmoqda. Buni tushunarli tilda o’quv-o’rganish natijalari deyiladi.
Xo’sh ,avvalgi ta’lim qanday edi? Mavzular bo’yicha aniq, ta’limiy natijalar yo’q,hayot uchun ko’nikmaga ega bo’lmagano’quvchilar yakka tartibda ishlashga majbur edi. O’qituvchi bilimlarni bir-biriga bog’lamasdan yetkazib berish,ma’ruza qilish bilan band edi.Imtixonlar esa o’rganuvchidan fanning hayot bilan bog’lik tomondan emas,yod olishni talab qilar edi.Biroq hozir biz shiddat bilan o’zgarayotgan XXI asrda yashamoqdamiz.Butun dunyo bir-biri bilan doimiy aloqada,qizg’in axborot almashmoqda.Odamlar bir-biri bilan jamoa bo’lib ishlashni ma’qul ko’rmoqdalar.Ta’lim ham bu jarayonlarga moslashdi.So’nggi o’n yillik mobaynida ta’lim tizimi juda katta evolutsiyaga,tadrijiy rivojlanishga yuz tutdi.O’quv dasturlari,ta’limiy muhit,o’qituvchilar,o’qitish usullari,baholash va ta’lim oluvchi, hammasi, har tamonlama o’zgardi.Ta’lim boshqaruvi,yondashuv,ta’lim mazmuni hammasida favqulotda transformatsiya sodir bo’ldi.
An’anaviy ta’limda fanlar bir –biriga bog’lanmasdan ,alohida-alohida o’qitilgani uchun ham, odamlar voqea hodisalarni ayro tasavvur qilmoqdalar.Aslida esa hammasi bir-biriga chambarchas uyg’un.Insonlar dunyoni,hodisalarni,jarayonlarni yaxlit tasavvur qilishlari uchun fanlar ham bir-biriga uyg’un ravishda hamohang o’qitilishi zarur.Aynan mana shu ehtiyoj XXI asrda o’quvchida hayotiy ko’nikmalarni shakllantiruvchi noan’anaviy ta’limning paydo bo’lishiga xizmat qildi.Bugungi kunda butun dunyoda STEM,STREM,STEAM deb nomlanuvchi bunday ta’lim yondashuvi o’quvchida muammoni hal qilish,munozaraga kirishish,tanqidiy fikrlash,jamoa bilan ishlash layoqatlarini shakllantirish bilan o’ziga xosdir.Tabiiy fanlar,texnologiya va muhandislik,tasviriy san’at,matematika,robototexnika bu fanlarning o’quv dasturlari birgalashib hamohanglikda o’zaro STEAM ta’lim yondashuvini tashkil qiladi.E’tiborli jihati shundaki, yuqorida tilga olingan ta’lim yondashuvlari zamonaviy dunyoda eng talabgir tarmoqlarga aylanib bormoqda.STEAM – ta’lim fanlararo va amaliy yondashuvni qo’llash,shuningdek,o’z ichiga olgan 5 ta fanni uyg’unlashtirgan holda bilim berishga asoslangan. STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi.
U bolalarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.
O‘zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy, Sadriddin Ayniy kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq.
Shu jumladan qomusiy olimlarimizdan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ta’lim jarayonini chuqur o‘rgangan olimlardan biri. U ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqida shunday fikrlarni bildiradi. O‘quv jarayonida pedagog quyidagi qonuniyatlarga:
-bolani zeriktirmasligi;
-bilim berishda turlilikka asoslanishi;
-uzviylikka, izchillikka rioya qilish kerak. Beruniy yangi mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish samarali natijalar berishini ham ta’kidlaydi.
Abu Ali Ibn Sino (980 - 1037) bilim olishda shaxslarni o‘quv muassasasida o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etishni ta’kidlaydi:
-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
-ta’limda osondan murakkabga borish orqali bilim berish;
-o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga e’tibor berish;
-bilim berishda bolalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Ushbu ishlab chiqilgan qoidalar ta’limda mustahkam o‘rin egallay boshladi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra butun dunyoda STEAM-kasblariga bo’lgan extiyoj 2011-yildan boshlab 17% oshgan bo’lsa,boshqa kasblarga bo’lgan ehtiyoj esa 9,8% gagina oshgan,demak,butun dunyoda STEAM-ta’lim tizimiga talab juda yuqorilashmoqda.
STEAM-ta’limi aynan bir xil fanlar tutashgan joyda innovatsiyalar,kreativ g’oyalar tug’ilish tushunchasiga asoslangan.STEAM-ta’limi an’anaviy ta’limdagi kabi faktlarga asoslangan holda bilim berish bilan birga ,bolalar rivojlanishi uchun zarur bo’lgan-moslashuvchanlik,tanqidiy fikrlash,yaratuvchanlik va kirishuvchanlik kabi ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Zamonaviy ta’limda o’qituvchi fasilitator (maslahatchi) ga aylanadi,ya’ni o’quvchi uchun maslahatchi va yordamchi vazifasini bajaradi.Ularga ma’lumotni shunchaki uzatmasdan,tushunarli qilib yetkazadi va o’quvchining mustaqil faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi.
Baholash esa loyihalarga asoslangan.O’quvchilar belgilangan vaqt ichida, jamoa bo’lgan holda,berilgan resurslar asosida biror ishni amalga oshiradilar.
Xulosa qilib aytganda, endi ta’lim o’quvchi uchun o’zini ko’pchilik orasida yakka qolishni talab qiladigan zerikarli tizim emas,balki hamfikrlar topish,dunyoni har tomondan kuzatish imkonini beruvchi yangi imkoniyatdir.
Foydalangan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi” qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,09.10.2019-y.,06/19/5847/3887-son.
2. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori.
3. X. M. Baybaeva “STEAM ta’limi: mazmun-mohiyati, ahamiyati” ma’ruza matni. 2020. T.
Internet saytlar:www.ziyonet.uz
Download 25,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish