- 8-mavzu.STEAM ta’lim texnalogiyasidan STEAM gacha o’ziga xos xususiyatlari.
- REJA:
- 1.STEM va STEAM ning rivojlanishi.
- 2.STEM ning STEAM ga aylanishi va takomillashtirilishi.
- 3.Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o’tkazish.
- 4.Jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha.
- Tayanch so’z: STEAM, texnalogiya, rivojlanish, tabiat, tajriba, bilim, malaka ko’nikma.
- 1.STEM va STEAM ning rivojlanishi.
- STEAM an’anaviy o‘qitishga muqobil yondashuv hisoblanadi. Bunda bolalar Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)ni fanlararo bog‘lanishlar va amaliy yondashuvga asoslangan holda o‘rganadilar.
- STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.STEAM ta’limi Amerikada ishlab chiqilgan. Ayrim maktablar o‘z bitiruvchilarining keyingi faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik mahorati, matematika fanlarini integratsiyalashga qaror qilishdi, shunday qilib, STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimi yuzaga keldi. Keyinchalik unga san’at (Art) qo‘shildi, endilikda STEAM oxirigacha shakllandi.
- STEAM-ta’limi quyidagi sabablarga ko‘ra yuqori baholanadi: u yaqin yillarda dunyoda IT-mutaxassislari, dasturchilar, muhandislar, yuqori texnologik ishlab chiqarish mutaxassislari va boshqa shunga o‘xshash mutaxassisliklarning keskin yetishmovchiligi yuzaga keladi; u kelajakda hozir tasavvur ham qilish qiyin bo‘lgan kasblar yuzaga keladiki, ularning barchasi tabiiy fanlar bilan bog‘liq holda texnologiya hamda yuqori texnologik ishlab chiqarishga oiddir. Ayniqsa, bio- va nanotexnologiya mutaxassislariga ehtiyoj ortadi; ü kelajak mutaxassislari har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘lgan va ta’limning turli sohalari: tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiyadan bilimlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
- STEAM-ta’limi quyidagi sabablarga ko‘ra yuqori baholanadi: ü yaqin yillarda dunyoda IT-mutaxassislari, dasturchilar, muhandislar, yuqori texnologik ishlab chiqarish mutaxassislari va boshqa shunga o‘xshash mutaxassisliklarning keskin yetishmovchiligi yuzaga keladi; ü kelajakda hozir tasavvur ham qilish qiyin bo‘lgan kasblar yuzaga keladiki, ularning barchasi tabiiy fanlar bilan bog‘liq holda texnologiya hamda yuqori texnologik ishlab chiqarishga oiddir. Ayniqsa, bio- va nanotexnologiya mutaxassislariga ehtiyoj ortadi; u kelajak mutaxassislari har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘lgan va ta’limning turli sohalari: tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiyadan bilimlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
- Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi ko'rgazmali metod — kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish — tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo'nalgan va bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilan bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo'lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o'stirishda g'oyat katta ahamiyatga egadir.
- K.D.Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq, to'g'ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to'g'ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko'rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi». Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma'lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi. Kuzata bilish — juda muhim xususiyat bo'lib, bunda bolada to'g'ri yoza bilish, og'zaki nutq malakalari rivojlanadi.
- Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning turli yosh guruhlarida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli xillaridan foydalanadi. Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. O'simlik va hayvonlarni o'sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg'arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi — uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi.
- Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarning shakli, rangi, kattakichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvi, sathining xarakterini farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarini o'rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg'ir yog'ishi, kamalakning hosil bo'lishi kabi holatlar kiradi. Barcha hollarda kuzatish bolalarning yuksak aqliy faoliyatini rivojlantirishi, ularni fikrlashga, berilgan savollarga javob topishga undashi, shuningdek, ulardagi qiziqishlarni rivojlantirishi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni tarbiyalashi lozim.
- Tarbiyachi uzoq muddatli kuzatishni tashkil etishda, uni ol- dindan bir qator epizodik kuzatishlar — «bo'laklarga» taqsimlaydi. Bunday kuzatish o'simliklar rivojlanishidagi o'zgarishlar aniq ko'rinadigan vaqtda o'tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga o'simlikni tomosha qilib, belgilarini qayd qilishni (birinchi barglarning chiqishini, o'simtaning urug' qobig'ini yorib chiqayotganini kuzatishni) tavsiya etadi.
- Yakuniy kuzatishda bolalar kuzatilayotgan o'simlik rivojlanishining butun tasvirini tiklashi lozim. Buni kuzatishlar kundalik daftari, turlicha rasmlar, gerbariylar, katta yosh guruhdarda esa chizmali jadvallar asosida tashkil etish mumkin.
- Tabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi,hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida,tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir.
- Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish. Sabzavot va mevalar yetishtirishda kattalarning mehnati haqidagi tasavvurni shakllantirish. Kuzda daraxtlar bargining to’kilishi, o’tlarning sargayishi, dala va boglarda yig’im-terim ishlarining boshlanishi haqida suhbatlar uyushtirish. Kuzning oxirida daraxtlarning bargi butkul to’kilib bo’lishi, o’t-o’lanlarning esa xazonga aylanishi, faqat igna bargli archalargina har doimgidek ko’m-ko’k qolishi haqida tushuncha berish.
- Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish. Sabzavot va mevalar yetishtirishda kattalarning mehnati haqidagi tasavvurni shakllantirish. Kuzda daraxtlar bargining to’kilishi, o’tlarning sargayishi, dala va boglarda yig’im-terim ishlarining boshlanishi haqida suhbatlar uyushtirish. Kuzning oxirida daraxtlarning bargi butkul to’kilib bo’lishi, o’t-o’lanlarning esa xazonga aylanishi, faqat igna bargli archalargina har doimgidek ko’m-ko’k qolishi haqida tushuncha berish.
- Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o'simliklar va hayvonlar, inson mehnati haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish hamda boyitish, shuningdek, o'simliklar o'stirish, hayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko'nikmalar hosil qilish ta'lim berishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivojlanadi, so'z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo'ladi.
- Nazorat savollari:
- 1.STEM va STEAM ning rivojlanishi tarixi haqida nimalarni bilasiz.
- 2.STEM ning STEAM ga aylanishi va takomillashtirilishini tushuntiring.
- 3.Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o’tkazish qanday amalga oshiriladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |