Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muslimov I.A., Boltaboev S.A., Sharipov Sh. Maxsus fanlarni
o‘qitish
metodikasi. Kasb ta’limi yo‘nalishi magistrantlari uchun qo‘llanma.
Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU 2003 yil.
2. Olimov K,.T., O‘zarova L.P., Jalolova D.F. Kasb-hunar ta’limida
amaliy
ko‘nikmalarni o‘rganish bosqichlari. "Kasbiy ta’lim muammolari"
respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. – Samar1and;
2003y.
3. Alimatova G.R. Matematikani o‘qitishda kasbiy ta’lim.-
Toshkent. Kasb-hunar ta’limi. № 1. 2004 y.
4. J.O.Taxirov, G.R.Muxamedova “Matematika fanini kasbiy
sohalarga yo‘naltirib o‘qitish” (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma), Toshkent, 2012 y.
O‘QUV MASHG‘ULOTLARINING TALABALARNI
IJTIMOIY- PEDAGOGIK
FAOLIYATGA TAYYORLASHDAGI O‘RNI
Oxunov I.A.-ADU, Umumiy pedagogika kafedrasi katta o`qituvchisi;
Rustamboeva M.Q.- Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.
Anotatsiya: u
shbu maqolada Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti
va o’quv dasturi maktabgacha ta’lim yo`nalishidagi ijtimoiy va oila
pedagogikasi fanining o’qitishning mazmun, maqsadi va vazifalari,
tamoyillari va boshqa mezonlarini belgilab beradi.
Kalit so`zlar:
mashg`ulot, ijtimoiylasiv, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy
pedagogik faoliyat, shaxs, shakllantirish, rivojlantirish.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim
siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama
118
barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Barkamol inson deganda ma’naviy
jihatdan yetuk, o’z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun
qayg’uradigan, shuningdek iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish
ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga
mos keladi.
Bizga ma’lumki, jamiyatimiz doimo taraqqiy etib boradi. Buning
uchun esa yangicha bilim berish, o’zgarib boruvchi mehnat va hayot
sharoitlariga muvofiq, tanqidiy ijodiy faoliyat bilan shug’ullana olish
ko’nikmalari tarkib topgan bo’lishi lozim. Demak tarbiya yosh avlodni
hayotga, mehnatga tayyorlashda, u mavjud jamiyat imkoniyatlarini
shakllantirish, yanada rivojlantirish maqsadida keksa avlod tomonidan
orttirilgan tarixiy tajribani to’ldirgan, yanada mukammallashtirgan holda
yosh avlodga singdirishdan iborat.
Yurtboshimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich: “Yurtimizda ilm-
fan, sog’liqni saqlash, ma’daniyat va san’at, sport kabi muhim sohalar faol
tarzda rivojlanmoqda”, - deb ta’kidlagan edilar . Darhaqiqat,
Respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar keng doirada amalga
oshirib kelinmoqda. «Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar va ilm-
fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb
etish, o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun
ularga zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni
eng ilg’or ilm-fan yutuqlardan xabardor qilish, buyuk allomalar merosini
chuqur va teran o’rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishni barcha sharoitlarini
yaratishni nazarda tutadi.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi maktabgacha
ta’lim yo`nalishidagi ijtimoiy va oila pedagogikasi fanining o’qitishning
mazmun, maqsadi va vazifalari, tamoyillari va boshqa mezonlarini
belgilab beradi. Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun, davlat standarti
talablari asosida hamda jahon ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash uchun
avvalo o’quvchilar, murabbiylar shaxsini har tomonlama mukammal
bo’lishini talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatda ro‘y
bergan tub ijtimoiy o‘zgarishlar, qaror topgan yangi ijtimoiy munosabatlar
ta’sirida pedagogik tafakkur ham yangilandi. Buning natijasida pedagogik
turkum fanlari mazmunan takomillashdi, yangi o‘quv fanlarining
o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida “Ijtimoiy-pedagogika” kabi o‘quv fanlarining o‘qitilishi
bo‘lajak tarbiyachilarda ijodiy qobiliyat hamda ijtimoiy faollik
119
ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli ta’limiy islohotlarning yakuniy natijasi
bo‘lgan “... o‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat,
iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash”
da “Ijtimoiy-pedagogika” o‘quv fani katta imkoniyatlarga ega. Ayni
vaqtda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida mazkur fan asosida
talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlash yo‘lida
amaliy harakatlar olib borilmoqda. Ijtimoiy muammolarni o‘rganish va
ularning ijobiy echimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat ko‘lami
jihatdan murakkab bo‘lib, u bir necha yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Shaxsni ijtimoiy munosabatlarga moslashuvini ta’minlash; ota-ona qarovi
va parvarishidan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlash; normadan og‘ish
va deviatsiya holatlarini namoyon etuvchi, shuningdek, spirtli ichimliklar
hamda giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi bolalar va o‘smirlar
o‘rtasida o‘rtasida proflaktik ishlarni olib borish ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning hayotida oila bilan bir
qatorda maktabgacha ta’lim muassasalari muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari “... bola shaxsini sog‘lom va etuk,
maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini
ko‘zlaydi”
15
.
Bola shaxsining sog‘lom va etuk bo‘lib kamol topishi maktabgacha
ta’lim muassasalari faoliyatida samaradorlikka erishishda ularning
moddiy-texnik ta’minoti, pedagog kadrlarning salohiyati, ta’lim-tarbiya
yo‘nalishlari, pedagogik jarayon mazmuni, shuningdek, tarbiyachilar va
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida qaror topgan sog‘lom psixologik muhit
ustuvor ahamiyatga ega.
Garchi tashqi omillar (jumladan, ta’lim muassasasining moddiy-
texnik ta’minoti)ni yaratishda davlat hamda jamiyatning bevosita ishtiroki
kuzatilsa, ichki omillar (mas., malakali pedagoglarni muassasaga jalb etib,
jamoada sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirish, ta’lim-tarbiya ishlari
mazmunini zamon talablariga muvofiq yangilash, pedagogik jarayonni
tashkil etishga ijodiy yondashish kabilar) mavjudligini ta’minlash
maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv mahoratlari va
pedagogik jamoaning sa’i-harakatlariga bog‘liqdir.
So‘nggi yillarda ijtimoiy hayot sur’atining tezlashuvi natijasida
15
O’quvchi shaxsini shakllantirish /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. Nashr uchun
mas’ul J.G’.Yo’ldoshev. – Toshkent: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 10-bet.
120
maktabgacha
ta’lim
yoshidagi
bolalarning
fiziologik-psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni mazmunan murakkab,
ko‘pqirrali hamda ichki raqobatga asoslanuvchi ijtimoiy munosabatlar
jarayoniga tayyorlash ehtiyoji yuzaga keldi. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlar (mas., Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSH hamda
YAponiya kabilar)ning tajribalari va bir qator pedagogik-psixologik
tadqiqotlarning natijalari ushbu ehtiyojni ta’lim muassasalarida ijtimoiy-
pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yish orqali qondirish mumkinligini
ko‘rsatmoqda
16
.
Darhaqiqat, shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiy, psixologik
va pedagogik omillarning ta’siri muhim ahamiyatga ega. Biroq, bizning
nazarimizda R.S.Nemovdan farqli ravishda shaxs ijtimoiylashuvida uning
psixologik funksiyalari takomillashuvi muhim ekanligini inkor etmagan
holda globallashuv sharoitida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor
me’yor va qoidalarning o‘zlashtirilishi, dunyoqarashning boyishi etakchi
o‘rin tutishini qayd qilmoqchimiz.
Talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash ko‘p bosqichli
jarayon bo‘lib, unda quyidagi bosqichlar asosiy o‘rin tutadi: 1)
boshlang‘ich kasbiy ta’lim; 2) oliy pedagogik ta’lim; 3) mustaqil-
malakaviy ta’lim (mustaqil ta’lim yoki malaka oshirish ta’limi).
Boshlang‘ich kasbiy ta’lim negizida “Ijtimoiy pedagogika” asoslari
asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida berilib, bo‘lajak
mutaxassislar
ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning
umumiy
mazmuni,
yo‘nalishlari, uning samaradorligiga ta’sir etuvchi pedagogik shart-
sharoitlar va psixologik omillar, shakl, metod va vositalari bilan
tanishadilar.
Oliy pedagogik ta’lim negizida esa ijtimoiy-pedagogik faoliyatning
tashkil etilish tarixi, ijtimoiy muhitda shaxs rivojlanishining o‘ziga xos
jihatlari, “Ijtimoiy pedagogika” kategoriyalari, tamoyillari, sohada olib
borilgan tadqiqotlar, ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi, ijtimoiy-
pedagogik yordamga muhtoj aholi qatlami va ular bilan ishlash borasidagi
nazariy va amaliy ko‘nikma-malakalari boyitiladi.
Mustaqil-malakaviy ta’lim esa mutaxassisni sohada ro‘y berayotgan
yangiliklar, ijtimoiy-pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga oid
ilg‘or texnologiyalar, metodlar va yondashuvlar bilan doimiy tanishib
borish imkoniyatini yaratadi.
Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilar tomonidan
16
Мудрик А.В. Основы социальной педагогики. – М.: ACADEMA, 2006. – С. 102.
121
amalga oshiriluvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayoni ko‘lam jihatidan
keng, bir necha yo‘nalishdan iborat bo‘lib, alohida kasbiy tayyorgarlikka
ega bo‘lishni taqozo etadi. Mazkur jarayonni samarali tashkil etilishi uning
metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Pedagogika oliy ta’lim
muassasalarida bo‘lajak mutaxassislar (maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachilari)ni tayyorlashda ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |