Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

 


115 
 
TALABA-YOSHLAR O’RTASIDAGI TEXNIKAVIY BILIMLARNI 
BOYITISHDA MATEMATIK KOMPITENTLIKNI OSHIRISH 
Саттаров М.– АДУ, Бошланғич таълим методикаси 
кафедраси катта ўқитувчиси
 
Davlatimiz tomonidan yurtimizda ta’lim tizimiga katta e’tibor 
qaratilmoqda. Zamanaviy ta’limning mazmuni, shakli va samaradorligini 
takomillashtirish muhim masaladir. Ayniqsa, bilimli, yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash masalasi o‘ta dolzarbdir. Respublikamiz oliy 
ta’lim muassasalarida turli xil yo‘nalishlar mavjud. Ularning har birida 
matematika asosiy fanlaridan biri sifatida o‘qitilmoqda. Matematikani 
predmet sifatida o‘qitishda texnikaviy bilimlar sifatini oshirishning 
muhim belgisi sifatida ham xizmat qiladi. Texnika yo’nalishlarida 
matematik kompetentlik faqatgina kasbiy chaqqonlikni oshiribgina 
qolmay, shu bilan birga talabalarning ixtiro kuchlarini va qobiliyatlarini 
ham rivojlantirishga, ularda ilmiy dunyoqarashni, ijobiy munosabatda 
bo‘lish kabi fazilatlarni shakllantirishga ham imkon beradi.Talabalarda 
shakillanishi zarur bo’lgan matematik kompetentlik insonning mehnat va 
ishlab 
chiqarish–texnik 
faoliyatida 
paydo 
bo’ladi. 
Shu 
sababli,talabalarning kasbiy bilim ko’nikmalari bilan bog‘lanishi, ular 
tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishning zaruriy sharti bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalarni mutaxasislikga tayyorlash mehnat ta’limini o‘rganish 
jarayonida, texnika, texnologiya va ijtimoiy–foydali, ishlab chiqarish 
mehnati bo‘yicha amaliyot mashg‘ulotlarda yaqqol ko’rish mumkin. 
Matematikani o‘qitishda talabalardagi matematik kompetentlikning 
pastligi bugungi kunda ayniqsa, dolzarb hisoblanadi, chunki hozirgi 
paytda texnika kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bunda uning mazmuni 
va bajarilib borishi tomoni farqlanadi. Mazmun tomoni esa o‘qitishning 
metodlariga va shakllariga qo‘yilgan talablar hisoblanadi. 
Matematikani o‘rganishda qarab chiqilayotgan standartlar xalq 
xo‘jaligining muhim sohalaridagi texnik qo‘llanishlarni ham kiritish 
kerakligini talab etadi. Bu esa matematika kursining nazariy va amaliy 
qismlarini aniqlab olishga imkon beradi.Oliy ta’lim muassasalari texnika 
yo’nalishlarini tugatgan talabalarning asosiy qismi ishlab chiqarish 
sohasiga boradi. Talabada matematik kompetentlikni shakillantirish 
masalasini hal etishda matematika o‘qituvchisi ham muhim darajada 
ishtirok etadi. Matematika o‘qituvchisining talabalarni kasbiy 
tayyorgarligi va matematik kompetentlik bo‘yicha ish metodini 


116 
aniqlovchi tamoyil bo‘lib politexnik tamoyil hisoblanadi. Matematika 
o‘qituvchisi o‘z darslarida avvalam bor o‘z faniga talabalarni qiziqtira 
olishi zarur.Oliy ta’lim muassasalarida ishlayotgan matematika 
o‘qituvchilarining yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, u o‘z 
darslarida matematikani talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga 
qanchalik zarur ekanligini aniq misollar orqali ko‘rsatib bera olishi va 
bularni tajribalar orqali namoyish etib berishi kerak bo‘ladi. O‘qituvchi 
shu yo‘l bilan talabalarni matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish 
bilan birga o‘z kasbiga muhabbat tuyg‘usini ham uyg‘ota oladi.
Matematika o‘qitishni shunday tashkil etish kerakki,bunda texnika 
taraqqiyotini belgilovchi faktor matematikaning qonunlari ekanligiga 
talabalarda ishonch hosil bo‘lsin. Matematikani o‘rganish talabalarning 
matematikadan olgan oldingi bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu 
bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlardan olgan bilimlariga ham tayanadi. 
Masalan, mexanika, tebranish va to‘lqinlarni o‘rganish uchun matematika 
kursidan trigonometrik funksiyalar, elektroliz hodisasini, atom va yadro 
matematikasini o‘rganishda kimyo kursidan olgan bilimlardan 
foydalaniladi. Uning mazmuni xar bir yo‘nalishga mos tanlangan. Oliy 
ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishda, ularning yo‘nalishlari 
hisobga 
olingan 
holda, 
innovatsion 
pedagogik 
va 
axborot 
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy shaklda 
o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. Jumladan, mazkur maqola yuqoridagi 
maqsadga qisman bo‘lsada erishishga yo‘naltirilgan.
Talabalarning matematik kompetentligini oshirish maqsadida 
o‘qituvchi avvalo pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan oily ta’lim 
muassasasining tayyorlaydigan ixtisosligini e’tiborga olgan differensial 
o‘qitishni amalga oshirishi lozim (O‘qitish mazmunini kasbiy 
tayyorgarligi deganda o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarni 
uning kelgusi faoliyatida tutgan o‘rni, nazariya va amaliyot birligi, ta’lim-
tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish orqali shaxsning yetuk 
mutaxasislarni ta’minlash tushuniladi). Shu maqsadlarni ko‘zlab 
matematika 
fani 
o‘qituvchilari 
pedagogik 
jarayonda 
ilg‘or 
texnologiyalardan foydalanib, o‘quv muammolariga asoslangan 
vaziyatlarni vujudga keltirishi va ma’ruza, seminar,munozara, 
konferensiya, muammoli darslarida muvaffaqiyatli hal etilishini 
ta’minlashi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Talabalarning matematik kompetentligini oshirish nafaqat ta’lim 
mazmuniga kelgusida egallaydigan kasb haqida ma’lumot berish, balki 


117 
mazkur kasb talab etadigan bilim, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, 
shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish