Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Фойдаланилган адабиётлар рўйхати



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 


112 
1.Тошназарова 
У. 
Мулоқот 
маданиятининг 
ривожланиши 
психологик омиллари // Журнал Педагогики и психологии в 
современном образовании. – 2021. №. 2 
2.Файзуллаева Н., Шодмонова Ш. Тарбиявий ишлар услубиёти. 
Ўқув қўлланма. –Т.: ТДИУ, 2008. -18 бет. 
3.Нарзиев Н. Анъанавий мулоқот маданияти семантикасига доир 
баъзи мулоҳазалар (этнологик таҳлил) //Общество и инновации.–
2021. Т. 2. №. 2/S. – С. 138-145. 
 
 
 
 
PISA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTINING "LEARNING IN 
THE DIGITAL WORLD" (RAQAMLI DUNYODA O'RGANISH) 
KONSEPSIYASINI O’RGANISH 
 
Mirzayev A.O’. - AndDU, Boshlang’ich ta’lim metodikasi kefedrasi 
dotsenti v.b

PISA 2025 “Raqamli dunyoda o‘rganish” baholash konsepsiyasi 
o‘quvchilarning hisoblash vositalaridan foydalangan holda bilimlarni 
o’zlashtirishi va muammolarni yechishning iterativ jarayonida ishtirok 
etish qobiliyatini o‘lchaydi. Bu qobiliyat hisoblash va ilmiy tadqiqot 
amaliyotlarini qo'llashda o'z-o'zini tartibga soluvchi o'rganish orqali 
namoyon bo'ladi. 
Ta'lim 
texnologiyalari 
o'quvchilarning 
o'rganish 
usullarini 
o'zgartirishi mumkin, chunki ularga murakkab hodisalarni o'rganish va o'z 
g'oyalarining raqamli tasvirini yaratish uchun yangi imkoniyatlarni taklif 
qiladi. Shunga qaramay, o’quvchilar ochiq, real dunyo muammolarning 
yechimini topish uchun texnologiyadan faol holatda foydalana olishi va 
ularda bunday asosiy ko'nikmalarini rivojlanishi va munosabatlarni 
o'rgatish uchun etarlicha e'tibor berilmagan. 
O’quvchilarning raqamli dunyoda ta’lim olishi va olgan bilimlarini 
foaliyatida qo’llay olishi hamda ularga berilgan muammoli masalalarga 
yechim topa olishi bugungi kunda ta’lim sohasida oldida turgan asosiy 
tadqiqotdir. Shu maqsadda o’quvchilarning raqamli dunyoda o’rganish 
tushunchasi haqida fikr va mulohazalarini bilish maqsadadida Andijon 
viloyati Andijon tumanidagi maktablarda o’quvchilardan so’rovnoma 
o’tkazildi.


113 
“PISA xalqaro baxolash dasturining “raqamli dunyoda o‘rganish” 
konsepsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar media savodxonligini rivojlantirish 
metodikasi” mavzusida o’quvchilarga quyidagi savollar berildi: 
1-savol. Sizningcha, PISA nima? Savolga o’quvchilar quyidagicha 
javob bildirgan: “PISA xalqaro baholash dasturi bo’lib, 15 yoshli 
o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish) va tabiiy fanlar 
bo’yicha savodxonlik darajalarini baholash” javobiga 90 %, “ PISA haqida 
ma’lumotlarga ega emasman ” javobiga 10% o’quvchilar.
2-savol. “raqamli dunyoda o‘rganish” tushunchasini eshitganmisiz va 
agar eshitgan bo’lsangiz qayerda ma’lumot olgansiz? Savolga o’quvchilar 
quyidagicha javob bildirgan: ”Eshitmaganman” javobiga 80%, 
“Eshitganman. Maktabdagi o’qituvchim gapirib bergan” javobiga 20% 
o’quvchilar. 
3-savol. Maktabingizda dars mashg’ulotlarida zamonaviy texnik 
vositalardan (preyektorlar, elektron doskalar, notebooklar va aqlli 
doskalar) foydalaniladimi? Savolga o’quvchilar quyidagicha javob 
bildirgan: “Ba’zan foydalaniladi” javobiga 40%, “Maktabimizda bunday 
vositalar yo’q” javobiga 60% o’quvchilar. 
4-savol. Raqamli savodxonlik deganda nimani tushunasiz? Savolga 
o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan: “Raqamli savodxonlik raqamli 
texnologiyalar va internet tarmoqlaridan samarali foydalanish” javobiga 
50%, “Raqamli savodxonlik internet tarmog’idagi ma’lumotlarni tahlil 
qilish samaradorligi” javobiga 10%, “Raqamli savodxonlik degan 
tushuncha haqida ta’savvurga ega emasman” javobiga 30%, “Raqamli 
savodxonlik raqamli texnologiyalar asosida bilim olish” javobiga 10% 
o’quvchilar. 
5-savol. 
www.uzedu.uz 
qanday 
sayt? Savolga o’quvchilar 
quyidagicha javob bildirgan: “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari 
murojaatlarini qabul qilish sayti” javobiga 20%, “O’zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’lim vazirliging rasmiy sayti” javobiga 50%, 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliging rasmiy 
sayti” 
javobiga 
20%, 
“O’zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
kutubxonasining rasmiy sayti” javobiga 10% o’quvchilar. 
6-savol. Yaqinda 11 yanvardan 7 fevralgacha mamalakatimizning 
barcha umumta’lim maktablarida darslar masofaviy (online) tarzda amalga 
oshirildi. Siz bu davrda uy vazifalar va topshiriqlarni fan o’qituvchingizga 
qanday yubordingiz? Savolga o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan: 
“Ota-onamning telefoni yordamida” javobiga 60%, “O’zimning telefonim 


114 
yordamida” javobiga 10%, “Yashash joyimizda internet tezligi pastligi 
uchun yubora olmadim” javobiga 30% o’quvchilar. 
7-savol. Uyingizda internet (WIFI)dan, kompyuter (noutbuk)dan
foydalanish imkoniyati bormi? Savolga o’quvchilar quyidagicha javob 
bildirgan: “Uyimizda internet (WIFI) ham kompyuter (noutbuk) ham bor” 
javobiga 10%, “Uyimizda kompyuter (noutbuk) bor, lekin internet (WIFI) 
tarmog’iga ulanmagan” javobiga 10%, “Uyimizda internet (WIFI) ham 
kompyuter (noutbuk) ham yo’q” javobiga 50%, “Uyimizda internet (WIFI) 
bor, lekin kompyuter (noutbuk) yo’q” javobiga 30% o’quvchilar. 
8-savol. Siz bir kunda internetdan necha soat foydalanasiz? Savolga 
o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan: “2 soatgacha” javobiga 30%, 
“2soatdan 4 soatgacha” javobiga 20%, “4 soatdan ko’p” javobiga 30%, 
“Foydalanmayman” javobiga 20% o’quvchilar. 
9-savol. Siz ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridagi 
yangiliklarni qanday qabul qilasiz? Savolga o’quvchilar quyidagicha javob 
bildirgan: “Yangiliklarni eshitib, ko’rib yoki o’qib to’g’ri qabul qilaman” 
javobiga 60%, “Yangiliklarni eshitib, ko’rib yoki o’qib boshqa manbalar 
bilan solishtirib keyin xulosa chiqaraman” javobiga 10%, “Yangiliklarga 
qiziqmayman” javobiga 30% o’quvchilar. 
10-savol. Media savodxonlik va u nima uchun kerak? Savolga 
o’quvchilar quyidagicha javob bildirgan: “Media savodxonlik axborotning 
nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish, inson o‘ziga bu axborotni 
kim va nima maqsadda yaratgan, ushbu xabar men uchun zarurmi degan 
savolni bera olishi, to‘g‘ri xulosa chiqarishi va unga nisbatan tanqidiy 
yondashishi” javobiga 10%, “Media savodxonlik media mahsulotlar 
bo’lib, bu ma’lim bir ko’ngil ochar ta’limiy mazmun hisoblanadi” javobiga 
20%, “Media savodxonlik haqida tasavvurga ega emasman” javobiga 10%, 
“Media savodxonlik internet tarmog’idagi xabarlar va ma’lumotlardan 
to’g’ri foydalanish madaniyati” javobiga 40% o’quvchilar.
Xulosa qilib shuni aytamanki, PISA tadqiqotining keying bosqichi 
“raqamli dunyoda o’rganish” konsepsiyasi mamlakatimizda amalga 
oshirib, o’quvchilarni bu tadqiqotda yuqori ballarni olishida maktablarni 
so’nggi raqamli texnologiyal bilan jihozlash, aholimizni internet 
tarmog’iga ulanishlar sonini ko’paytirish, o’quvchilarning rqamli 
savodxonligini oshirishda o’qituvchilarni raqamli texnologiyalar 
yordamida darslarni olib borishini ta’minlash, o’quvchilarni internet 
tarmog’idan foydalanish madaniyatini rivojlantirish kerak. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish