Mehnat tarbiyasini bola shaxsi taraqqiyotiga ta’siri
Reja:
I Kirish
II Asosiy qism
1 Sharq mutafakkirlarining moddiy merosida mehnat tarbiyasiga doir qarashlar
2 Mehnat tarbiyasining bola rivojlanishiga ta’siri
3 Kattalar mehnati bilan tanishtirishda faoliyat markazlarini o’rni
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 16-avgust kuni umumta’lim maktablari va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi,oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro integratsiyani ta’minlagan holda yangi o’quv yiliga tayyorgarlikning borishi 11 yillik o’rta ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,yangi ochilgan oliy ta’lim muassasalari,filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bo’liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida oliy va o’rta maxsus ta’lim,o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi,xalq ta’limi markazi,xalq ta’limi vazirliklari rahbarlarini qabul qilib va hisobotlarni tingladi.
Prezidentimiz maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilsh, eng ilg’or xorijiy tajribani o’rganish ,har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to’xtalib o’tdi.Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo’lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim vz tarbiya berish,dunyoqarashini kengaytirish.mustaqil fikirlash qobilyatini rivojlantirish,qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib boorish,shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat,pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim,eng dolzarb masalalardan biri ekanligini takidlaydi.Zero,farzandlarimizning maktabda qanday o’qishi,qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi kop jihatdan ularning maktabgacha ta’lim muassasalarida oladigan tarbiyasiga bog’liqdir.
Mehnat tarbiyasi deganda tarbiyalanuvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunida mehnat tarbiyasini tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabda tashkil etishlari mumkin”. Maktabda, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfda va maktabda mehnat tarbiyasi ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Kurs ishining maqsadi : Mehnat tarbiyasining bola shaxsi taraqqiyoti rivojlantirishidagi ahamiyatini asoslash
Kurs ishining vazifasi: Mavzuga oid, mehnat turlarini bola shaxsi taraqqiyotiga ta'sirini o'rganish , tahlil qilish hamda umumlashtirish;
Bola shaxsini rivojlantirishda mehnat tarbiyasini ahamiyati kattaligini nazariy jihatdan tushuntirish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasini shakllantirishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat tarbiyasini shakllantirish metodikalarini ishlab chiqish;
Kurs ishining metodologik asosi: O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi, " Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan farmon, qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta'lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, O'zbekiston respublikasi hukumatining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy hujjatlari, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni bo'lib o'tgan ijtimoiy , ma'naviy —ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, mavzuga oid ilmiy pedagogik, metodik manbalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta'minlovchi tadqiqot natijalari uzluksiz ta'lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarga qo'llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kirish, 4 bo'lim, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
O’zbek xalq pedagogikasining boy va bebaho xazinasi xalq og’zaki ijodida o’z ifodasini topgan. Xalqimizning asrlar davomida bola tarbiyasi bobida to’plagan tajribalari hamda buyuk mutafakkir allomalarimizning yozib qoldirga meroslari tashkil etadi. Mutafakkirlarimiz bola tarbiyasi va uning kamoloti to’g’risida o’z asarlarida to’xtalib, yoshlarni odob-axloqi, jismoniy barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarligi hamda vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelingan. Xususan, bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevarlik ko’nikma va malakalarini shakllantirib, barcha tarbiya shahobchalarini tarkib toptirish borishning muhim omili ekanligi ta’kidlab kelingan. Ular mehnatni yuksak baholab, kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muomala va munosabatlari ham mehnat orqali yuzaga keladi deydi. Mehnat qilgan kishi doimo o’zgalar mehnatni qadrlay oladi hamda to’g’ri munosabatda bo’ladi deb hisoblashgan. Dangasa, ishyoqmas kishilar esa o’zgalar mehnatini qadrlay olmaydi, hatto ularning ustidan kuladilar deb uqtiriladi. Shuning uchun bunday kishilarni tarbiyalash kerakligini aytiladi.
Kaykovus o’zining mashhur asari “Qobusnoma”da odob-axloq to’g’risida juda ko’p ibratli fikrlarni ilgari suradi. Ayniqsa, bolalarni yoshligidan mehnat qilishga va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga hamda kasbkorlik tarbiyasiga keng to’xtaladi. Ota-onalarni bolalarga yoshligidan boshlab mehnat qilishni va biror bir kasbni o’rgatib borish kerakligini ta’kidlaydi. “Ey farzand sen bola ko’rsang, unga yaxshi ot qo’ygin. Chunki otadan farzand haqlaridan biri yaxshi ot qo’yishdir. Kattaroq bo’lgandan so’ng, raiyat bo’lsang, hunar va kasb o’rgatasan”. Kitobning 43-bobi asosan dehqonchilk va hunarlarga bag’ishlangan bo’lib, Kaykovus kishilarning dehqonchilik ishlari bilan shug’ullanishlari kerakligini aytadi. U dehqonchilk kasbini ulug’lab :”Ey, farzand agar dehqon bo’lsang, barcha dehqondan bilimdonroq bo’lgin va har bir ekinni eksang, vaqtidan o’tkazmasdan hamma vaqt yerni tarbiya qilgin va dehqonchilk kasbidan bahramand bo’lgaysan”.
Abdurahmon Jomiyning mehnat xususidagi qarashlari diqqatga sazovardir. U mehnatni insonga baxtli turmush baxt etuvchi vosita hisoblaydi. Har bir inson o’z halol mehnati bilan yashamog’i lozim, shundagina u baxtli turmushga erishadi:
O’z mehnatining bo’lsin doim yo’ldoshiung,
O’zga minnatidan og’ritma boshing.
Chin do’st ul-do’stligi oshaversa gar,
Do’stidan yomonlik ko’rganida ham
Boshiga ming jafo toshi yig’ilsa,
Mehr uyi u toshdan bo’lur mustahkam.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy yosh avlodning ilm-hunarli va eng yaxshi insoniy fazilatlarni egallagan kishilar bo’lishini orzu qiladi. Uning “Munosib el” deb ataluvchi kishilari xalqqa xizmat qiluvchi xalq manfaatini ko’zlovchi menhatsevar, vijdonli, insofli, to’g’ri, saxovatli va muruvvatli kishilar ekanligini ko’ramiz. Alisher Navoiy jamiyat kishilarini oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishning birinchi omili bu halol mehnat qilishdir, deb uqtiradi. Har bir insonning biror kasbni egallashi va bu yo’lda tinimsiz mehnat, mashqlar darkorligini ta’kidlaydi. Hunarsiz kishilarni qiladigan ishlarini tayini bo’lmasligini eslatib:
Yo’q hunari yolg’uz esa bir kishi,
Qayda kishi sonida yolg’uz kishi.
Alisher Navoiy insonlarni kamolotga etishishini belgilovchi omil deb mehnatni uqtiradi:
Mehnat arodir murod topmoq, bilgil
Mehnat arodir, qo’shoq topmoq, bilgil.
Alisher Navoiy “Farxod va Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo,
do’stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g’oyalarini tarannum etadi. Shoir dostonda Farxodning bolalik chog’laridayoq ilm-hunarga, mehnatga bo’lgan muhabbatini zo’r mahorat bilan tasvirlaydi. Bu Alisher Navoiyning bola tarbiyasida va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligini ko’rsatadi. Alisher Navoiy Farxodni mehnat va hunarga zo’r havasli, sangtaroshlik, rassomlik, naqqoshlik hunarlarini mukammal egallab olgan yigit sifatida tasvirlaydi. Farxod boshchiligida va uning bevosita fidokorona mehnati natijasida katta kanal”Hayot daryosi” va hovuz “Najot dengizi” qaziladi. Navoiy Farxodni suvsiz yerlarga suv chiqargan qahramon mehnat sohasida mo’jizalar ko’rsatgan bahodir yigit sifatida ta’riflaydi. U ilm va hunarni omma manfaati uchun xizmat ettirish lozim deb hisoblaydi. Farxod Shirinni qidirib, Armanistonga borganda, Arman yurtidagi kanal qazish uchun qiynalib kishilarni ko’radi va :
Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqa mu ketkumdir oxir!- deya, o’z bilimi, hunar va g’ayratini ishga soladi, kanal qazuvchilar mashaqqatini yengillashtiradi va xalq o’rtasida katta shuhrat qozonadi. Alisher Navoiy reja bilan, aql bilan halol qilishni maslahat beradi, mehnat bilan oila, yurt obod bo’lishini aytadi. Navoiy mehnatsiz rohat bo’lmasligini shunday ta’riflaydi:
Mehnat aro har kimki, tahammul yo’q anga,
Tarvijga mutlaqo taxayyul anga. (Kimki mehnatga chidamsiz bo’lsa,
ishining rivoj topishini hayolga ham keltirib bo’lmaydi.)
Alisher Navoiy “Hotami Toyi” hikoyasida halol mehnat bilan kun kechirishni birovning minnat bilan bergan har qanday boyligidan afzal ko’radi.
Alisher Navoiy odamlarni, binobarin yoshlarni ham mehnatni puxta qilishga,ishni o’z vaqtida bajarishga da’vat etadi:
Aylar ishingga chu bo’lur dast ras,
Vaqtidan o’tkarma oni bir nafas.
Buyuk alloma Abulqosim Firdavsiy o’z asarlarida mehnatkash xalqning ezgulikka, yaxshilikka, dangasa va ishyoqmas kishilarni qoralashga bag’ishlangan. Mashhur asari “Shohnoma”da kishi kamolotida, yaxshi turmush kechirishida mehnatning o’rni haqida shunday deydi:
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmast hech kimsa topmast ersa ranj.
Hunarda tinimsiz, ishchan donishmand,
Toza ruhi doim fikro’ o’yiga band.
Firdaysiy har bir kishini baxtli hayot kechirishida yoshlikdan boshlab hunar
o’rganish va bu yo’lda dangasalikdan qochish kerakligini hamda mehnat barcha yutuqlarning garovi ekanligini ta’kidlaydi.
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida kishilarni halol mehnat qilishga hamda mehnatning hayot uchun eng zarur omil ekanligini ta’kidlaydi. “Tadbiri manozil” asarida barcha jamiyat a’zolarini dehqonchilk, hunarmandchilk, chorvachilik bilan shug’ullanib xalqqa foyda keltirishlari kerakligini uqtiradi. Ibn Sinoning fikricha, mehnatsiz hayot kechirish kishini jismoniy va ruhiy tomondan ezadi. Bunday hayot kechirish yomon oqibatlarga olib kelishiuni tushuntirib, ota-onalarning o’z bolalariga yoshligidan boshlab mehnat tarbiyasini berish zarurligini aytadi. Uning fikricha, bolaga yoshligidan boshlab ma’lum bir kasbga o’rgatish lozim. Chunki bola kasb-hunarni ma’lum darajada o’zlashtirib bo’lgandan so’ng uni o’sha paytlardan boshlab, o’z kasb-hunaridan foydalanishg, ya’ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishga o’rgatish kerak.
Umar Hayyom ijodiga nazar solar ekanmiz, uning ruboiylarida ham ma’rifiy- ta’limiy ahamiyatga ega bo’lgan g’oyalarni uchratamiz. Umar Hayyom o’z asarlarida kishilarni baxt-saodati, turmush tarsi to’g’risida to’xtalib, hayotda halol mehnat qilish va shu mehnat evaziga topilgan nonni totli bo’lishini ta’kidlagan. Ayniqsa, mehnat va mehnatsevarlik tarbiyasi xususida bayon etilgan quyidagi ruboiylarda ko’rishimiz mumkin:
Bir so’ngakka sordek qanoat qilg’on,
Afzaldir nokasga bo’lgandan mehmon.
Nokasning shinnilik nonidan yaxshi,
O’zing topib yegan burda arpa non.
Abu Nasr Forobiyning ijodiy faoliyatida bola tarbiyasi chetdan qolgan emas.
Forobiy jamiyatda yashayotgan har bir kishini yoshligidan boshlab biror kasbni o’rganish uchun harakat qilishi va kelajakda shu kasb orqali jamiyatga foyda keltirishi kerak, deb biladi. Har bir kasbni egallash jarayonida muayyan harakatlar, takrorlash, mashq qilish yo’li bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkinligini aytib, “Axloqiy fazilatlar va razilliklar, axloqiy harakatlarni, ishlarning bir necha marta takrorlanishida va uzoq davom etishi jarayonida vujudga keladi va mustahkamlanadi. Agar qilinayotgan ish xayrli bo’lsa, undan fazilat kelib chiqadi, agar yomon bo’lsa, unda razillik kelib chiqadi”, - deydi. Forobiy bolalarni yoshligidan boshlab mehnat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash hamda o’ziga yoqqan ish bilan mashg’ul bo’lishi, asta-sekin o’zi qiziqqan biron bir kasbni egallashi zarurligi hamda barcha hunarlarni bir to’la egallab bo’lmasligini ifodalab, shunday deydi: “Har bir kishiga biriktirilgan ma’lum bir ish bo’lishi kerak, toki u kishi o’ziga biriktirilgan ishni kechiktirmasdan o’z vaqtida bajarsin”.
Fors-tojik adabiyotining yirik namoyondasi Shayx Sa’diy o’z asarlarida bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor berib, mehnatning kishi kamoloti va hayotida egallagan o’rni hamda halol mehnat qilish farovonlik keltirishini ta’kidlab, barcha yutuqlar zamirida mehnat turishini va bolalarni yoshligidan boshlab mehnat qilishga o’rgatish kerakligini hamda halol mehnat bilan topilgan bir burda non ham totli bo’lishini ifoda etadi:
Esam arpa nonini mehnat bilan,
Shirindir birovning oq noni bilan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ilm ahlini hurmat qilib ularning mehnatini doimo qadrlab borgan. Boburning didaktik asarlarida asosan insonlar va ularning qadr-qimmatini ardoqlash masalalari asosiy o’rinni egallagan. Mehnatkash xalqning zahmatli mehnatlarini doimo qadrlashga chorlaydi:
Davlatga yetib mehnat elini unutma,
Bu besh kun uchun o’zingni asru tutma.
Borg’onni kel emdi, yod qilmay, ey do’st,
Borish-kelishingni lutf etib o’ksitma.
Ma’rifatparvar shoira Anbar otin o’z asarlarida kishilarni har qanday mashaqqatlardan chekinmasdan ilm olishga, hunar o’rganishga va mehnatsevar bo’lishga chorlaydi:
Murodingni hayoting ichra axtar,
Mavhum ilm ichinda bo’lma axtar.
Mashaqqatsiz hunardin chiqmagay dur,
Hayotsiz ilm durdin ko’p erur dur.
Anbar otin dehqonchilk va uning mashaqqatli mehnatini qadrlab, ularning
o’z mehnatlari evaziga baxtli yashashlari kerakligini ko’rsatib beradi.
Jadidchilik oqimining vakili Xolmuhammad o’g’li Furqat o’z asarlarida
mehnatkash xalqning hayotini ko’rsatib bergan. U o’z asarlarida kishilarni ilm-olish bilan birga hunar o’rganishiga hamda mehnatsevarlik ruhiyatini takomillashtirib borishga alohida e’tibor bilan yondoshgan. Furqat hunar ahllarini mehnatini ulug’ab shunday yozadi:
El ichra o’zlarin ma’zur qildi,
Bahor holi hunar mashhur qildi.
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoixud axloq ” asarida mehnat insonni bezaydigan muhim sifat ekanligi, yalqovlik va dangasalik esa insonga mos xususiyat emasligini alohida ta’kidlab o’tadi. U mehnatni yaxshi yoki yomon bo’lmasligi va bolalarni har bir ishni bajarishga o’rgatish kerakligi bu esa bolalarni yuksak kamolotga olib chiqishga va saodatga erishishga yaqindan ko’mak berishini ta’kidlaydi. Kasb-hunarni yaxshi yoki yomon bo’lmasligi va bolalarni yoshligidan boshlab kasb-hunarga o’rganishga chorlaydi: “… ushbu ko’mirchilik, bu temirchilk manga munosib ish emas. deb dangasalik qilib, ishsiz yursa, zo’r ayb, g’ayratsizlikdir”. Abdulla Avloniy bolalarni mehnatga o’rgatish va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda hayotiy misollar keltirish bilan hayvonlar va hashoratlar misolidagi hikmatlardan foydalangan. Adib bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda oilada, ota-onalar yordamidan so’ng maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida amalga oshirishni ma’qullaydi.
Buyuk mutafakkirlamizning mehnat tarbiyasi xususidagi fikrlari bugungi
kunda ham muhim ahamiyat kasb etib, bolalarni mehnatsevar qilib tarbiyalashda vosita bo’lib xizmat qiladi.
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.Mehnat farovon,baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir.Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir.Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.Barcha tirik mavjudot nimanidir iste'mol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom ettiradi.Yerda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib,parrandalargacha,suvostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashayolmaydilar.Xuddi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi,hayot kechiradi.Boshqa tirik mavjudotlardan farqli odamlar kiyinishadi, uy-joy qurishadi,savdo-sotiq qilishadi,ijod qilishadi.Bu ishlarni amalga oshirish uchun tirikchilik manbayi bo'lgan pul kerak.Pul topish uchun, o'zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari zarur.Mehnat jarayonida oziq-ovqat,kiyim-kechak va boshqa zarur narsalar yaratiladi. Mehnat inson hayotini mazmunli qiladi. Odamlar mehnat qilish jarayonida sog'Iiqlarini mustahkamlaydilar, obro' orttiradilar va o'z kelajaklarini yaratadilar.Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug'Iab kelganlar.Bizga ulardan meros bo'lib qolgan barcha xazinalar-ilmiy,badiiy kitoblar,san'at asarlari,me'morchilik obidalari mehnat mahsulidir.Jahon fanining rivojiga bebahohissa qo'shgan al-Xorazmiy,Ibn Sino,Ismoil al-Buxoriy, Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishgan,yoshlarni ham mehnat qilishga chaqirishgan.Shu boisdan jahonning barcha xalqlari maqollarida bo'lgani kabi o'zbek maqollaridan ham mehnat tarbiyasi markaziy o'rinlarni egallagan mehnatkash,tinib- tinchimas xalqimiz o'zining mehnati bilan bog'larni gulistonga,cho'lni bo'stonga aylantirib bormoqda.Qadimda ota-bobolarimizning mehnat haqida aytilgan dono naqllari hozirga qadarham o'z qadrini yo'qotgani yo'q.Masalan:
❖ Mehnatqilsang,ko'ksing tog',
Hurmat qilsang,diling bog'.
❖ Mehnatli non-shakar,
Mehnatsiz non-zahar.
❖ Mehnat baxt keltirar.
❖ Mehnat qilib topganing
Qandu asal totganing.
Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug'laydi. O'zbek bolalar yozuvchisi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib berganlar.Bunga Q.Muhammadiyning "Bir hovuch yong'oq", Q.Hikmatning "Suv” kabi she’rlari misol bo'ladi.Yuqorida aytganlarimizdan ko'rinib turibdiki,mehnatini qanday moddiy va ma’naviy boyliklarning asosiy manbayi,shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol toptirish muhim vositasidir.
Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namoyon bo'lishi uchun eng qulay sharoitlar yaratad iva har bir kishida ma’naviy qoniqish hosil qiladi.Har bir bola maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur.Bolalar bog'chasida,oilada bajariladigan uncha murakkab bo'lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak.Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati,bolalarning o'zlari ajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiya uyushtiradi.Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti deylik , qurilish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib,ular ko'tarma kran bilan tushiriladi.Keyin bolalar g'isht teruvchi traktor, duradgorlar,suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo'yoqchilar mehnatini kuzatadilar.Bolalarni qurilish bilan tanishtirish davomida bilib olganlaricha tasavvur va tushunchalari, ularning ko'zi oldida bunyod etgan kishilar mehnatining go'zalligi namoyon bo'ladi.Tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlar yasovchi kishilar mehnatiga jalb etadi.Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ularning mohirona chizgan rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib turlanishidan zavqlanib,ularning qo'llari gul ekan",deydilar.
Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg'otadi.Pedagog bolalarni mehnatning moddiy boylik eltiruvchi tomonini ham,estetik tomonini ham ko'ra bilishga o'rgatadi.Bahor kunlarining birida tarbiyachi bolalarni darqxtlar gullab turgan boqqa olib kiradi.Gulsafsar va piyoz guli bilan o'ralgan yo'lkalarga qum sepilgan,daraxtlarning tanasi bog'bonlar tomonidan ohak bilan oqlangan. Tepada esa gullagan o'rik, gilos, olma, olcha, shaftoli, gullarning atrofida asalarilar guvillashib uchib yuribdi.Bularning hammasi bolalarda ajoyib zavqli kechinmalar uyg'otadi. Mehnat bolalarning jismoniy rivojlanishida zarur shart-sharoitlaridan biri hisoblanadi. Mehnatda bola o'zining ishlash,harakat qilish ehtiyojini qondiradi,harakatlarning aniq,uyg'un bo'lishini ta’minlaydi.
Mehnat jarayonida bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati, uning chidamliligi ortadi.Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari,kattalar mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot haqida,kishilarning o'zaro munosabatlari to'g'risida,narsalar va ularning xususiyatlari,materiallarga ishlov berish usullari haqida, qurilmalar va asboblar to'g'risida muayyan tasavvurga ega bo'lishlariga yordam beradi.
Mehnat bolalardan diqqat,o'tkir zehnlilik,topqirlik,bilib bo'lgan malaka va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llay bilish,ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi.Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog'ozni buklash,kerakli uzunlikni o'lchashni )anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni so'zlab berishga to'g'ri keladi.Bular bola nutqini yangi so'zlar bilan bo'yadi, uning mantiqiy bog'liq ravishda grammatik jihatdan to'g'ri shakllanishiga imkon beradi.Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari,materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak.MTMdagi mehnat ularni maktabdagi politexnik ta'limga tayyorlaydi.Mehnatning axloqiy qimmatiuning jamiyat uchun qanchalik.
Ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.Mehnat har bir bolani o'z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishga,uning jamiyat hayotiga kirib borishiga,o'zini shu jamiyatning a'zosi deb his etishiga imkon yaratadi. Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o'z ulushi borligini his eta bilishi lozim.Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoatchilik va intizomlilikni, burch hissini tarbiyalaydi.Shuning uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki,mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar,dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati yaratiladi.Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi.
Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari.
Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash,kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib borishdir. Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir,shuning uchun ularni guruhlar bo'yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi(V.I.Loginova):
Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik ta’sir ko'rsatish bilan belgilanadi:
1.Bolalarni maqsad qo'yishga, mehnat malakalari,ko'nikmalari,
mehnat madaniyati bo'yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini
tanlab olishga o'rgatish.
2.Bolalarda bo'lajak mehnat faoliyatini shakllantirish,mehnat jarayonlarini mehnatda qatnashuvchilar o'rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.
3.Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish,buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg'otish.Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari. Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama
rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash,kelajakdagi mehnat faoliyatiga
ruhiy jihatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib borishdir.
Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir,shuning uchun ularni
guruhlar bo'yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi(V.I.Loginova):
Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga
pedagogik ta’sir ko'rsatish bilan belgilanadi:
1.Bolalarni maqsad qo'yishga, mehnat malakalari,ko'nikmalari,
mehnat madaniyati bo'yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini
tanlab olishga o'rgatish.
2.Bolalarda bo'lajak mehnat faoliyatini shakllantirish,mehnat
jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o'rtasida taqsimlash,
mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.
3.Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini
shakllantirish,buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg'otish orqa
li mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnatning
ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib yetish.
Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni
tarbiyalashga qaratilgan:
1) Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat
qilayotganini tushuntirish,
2)Bolalarda mehnat ahliga hurmatni, ularga qo'lidan kelganicha
yordam berish xohishlarini tarbiyalash.
3)Kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o'rgatish.
Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini
shakllantirishga qaratilgan:
-Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda qatnashish,
boshlaganishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o'z
shaxsiy mehnatiga nisbatan to'g'ri munosabatni tarbiyalash.
-Javobgarlik,mustaqillik,maqsadga qaratilganlilik,qat’iylik,
tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik,chidamlilik kabi bola
shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
-Madaniy xulq va o'z tengdoshlariga nisbatan ijobiy
munosabatni tarbiyalash,o'zaro kelishgan holda birga ishlay olish,
jamoa ishida natijaga erishguncha o'z mehnati bilan qatnashish, o'zi
va o'rtoqlarining mehnatini xolisona baholash,yordam berish va
hokazo...
Bolalar mehnatining mazmuni «MTMda ta’lim va tarbiya dasturi»ning birinchi va ikkinchikichik guruhlar uchun «Mehnat
faoliyati uchun zamin tayyorlash»bo'limida,o'rta,katta va maktabga
tayyorlov guruhlarida esa«Mehnat»bo'limida berilgan.
Kattalar mehnati bilan tanishtirish hamma yosh guruhlari uchun
«Mashg‘ulotlarda ta’lim berish»,«Tevarak-atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tarbiyalash» bo'limlarida berilgan. Katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun qo'l mehnatining mazmuni «Qurish-yasash»bo'limida berilgan.Dasturda bolalar mehnatiga mustaqil faoliyat va axloqiy tarbiyaning vositasi sifatida qaraladi.Kattalar mehnati bilan tanishtirish, ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo'lib, narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi,ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi to'g'risida tushuncha berib boriladi.Masalan,o'simliklarni,hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to'g'risida bilim va tushunchalar berib boriladi.
Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko'zlab ham amalga oshiriladi:kattalar mehnati to'g'risida aniq bilim va tasavvurlar berish,mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o'rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg'otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o'rgatish.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
-har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati;
V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ta'kidlanishicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to'g'risidagi bilimlar sistemasini o'zlashtirib olishlari kerak ekan:
1. Mehnat maqsad qo'yish va uning natijasini belgilab olish
boshlanadi:maqsad-mehnat tasviri.
2.Mehnat qilishdan ko'zlangan maqsad bo'yicha kerakli materiallarni tanlab(ajratib) olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab(ajratib)olish.
4.Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin:maqsad,
mehnatni tanlash,materialni tanlash,mehnat faoliyati mehnat quroli,
mehnat natijasi. Shunday qilib,maktabgacha yosh davrida mehnat faoliyati
shakllantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijtimoiy
sabablarini hamma muhim tomonlari shakllanadi. Kattalar mehnati
va uning ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi bilimlar o'zlashtirilib olinadi.
Maktabgacha ta'lim yoshi davrining o'ziga xos tomonlari yana
biri bolalar mehnatining o'yin bilan bog'liqligidir. O'yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo'naltirilgan bo'ladi.Ikkinchi tomondan,mehnat jarayonini bajarishda uni o'yin shakliga aylantirishadi,masalan,barglarni zambillarda tashishadi,mashinalarda yurishadi. Shu bilan birga o'zining xususiyati,mazmuni,yuzaga kelish sababiga ko'ra mehnat va o'yin bir-biridan farq qiladi.Mehnatda maqsad qo'yiladi,uni amalga oshirish, natijasiga oshish uchun shart-sharoit yaratiladi,vositalar izlab topiladi.O'yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O'yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi,ammo u mehnat kabi bolalarga quvonch bag'ishlaydi,ular o'zlarida qoniqish hissini sezadilar.O'yinda bola o'z o'ylaganini rivojlantirishi yetakchi rol o'ynaydi,mehnatda esa natijaga Tarbiyachi bolalarni o'z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib
olishlariga o'rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim.
Shunday qilib,butun bog'cha yoshi davrida mehnat va o'yin o'zaro
bog'liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bolalar mehnatini o'yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqarish noto'g'ri bo'lar edi.Tarbiyachilar va ota-onalar ta’sirida asta-sekin bolalar mehnati o'z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy,tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga havas hissini tarbiyalash kerak.
Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o'rtoqlarining bahosi va o'ziga-o'zi baho berish katta ahamiyatga ega.Bolalar yasagan buyumlari o'yin va mashg'ulotlarda qo'llanilsa, ular o'zlari yaratayotgan buyumlar yanada sifatli bo'lishiga intiladilar.Maktabgacha ta'lim yoshi davrida bolalarning yoshi ulg'ayishi bilan mehnat sabablari ham o'zgarib boradi.Mutaxassislarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shuni ko'rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha o'zlashtirib olar ekanlar.Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o'z mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar.
Masalan,onalar va buvilar uchun 8-martga sovg'a tayyorlash,kichik guruh bolalari maydonchasini yig'ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab berish, konsert va teatr qo'yib berish va boshqalar bolalardagi mehnatning muayyan natijasiga intilish uyg'otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarini anglatib,mehnatga havasini,ishni bajarishda bolalarning o'z oldilariga qo'yadigan talablarini oshiradi.
-mehnat ahli o'rtasidagi ijobiy o'zaro yordam berish munosabati;
-har qanday kasb ham muhim ekanligini tushuntirish,
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish:
1.mehnatning maqsadi,uning ijtimoiy ahamiyati;
2.materiallarni tanlash[mehnat materiallari);
3.jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan asboblarni
tayyorlab olish);
4.mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan
mehnat harakatlari);
5.natija-mehnat mahsuli.
MTM dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar
mehnati to'g'risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab olishlari lozim:
Kichik guruh:
1.Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni.
2.Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.
3.Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar.
4.Ma'lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.
5.Mehnat natijasi.
6.Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati.
0‘rta guruhda mehnat to'g'risida qo'shimcha tasavvur va bilimlar beriladi:
-Harakat sifati haqida.
-Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar.
-Kishilarning mehnatga muhabbati.
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va bilimlar beriladi:
1.Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va mexanizmlar
to'g'risida.
2.Kishilar mehnati jamoa xarakterida ekanligi to'g'risida.
3.Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o'zaro munosabatlari
to'g'risida.
4.Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an’analari haqida.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning vosita va metodlari MTM
da bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo'llar
va metodlar orqali amalga oshiriladi.
Birinchi yo'l-ekskursiya,mashg'ulot,maqsadli sayrlar orqali
bolalarni kattalar mehnatiga yaqinlashtirish.Bunda kuzatish, kino va
diafilm, diapazitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, ko'rgan va
eshitgani to'g'risida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari.
Tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik o'yinlar kabi
turli-tuman metodlardan foydalaniladi.
Ikkinchi yo'l-mashg'ulot va mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda
kattalar mehnatini bolalarga yaqinlashtirish.Gigiyenik va pedagogik
jihatdan mumkin bo'lgan ishlarni(binonitozalash,idish yuvish,
yuvilgan kirlarni dazmollash va taxlash,bayram kiyimlarini tikish,
bolalar bilan o'yin,mashg'ulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash
va boshqalar)bolalar oldida bajarish.Kuzatish,ko'rsatib tushuntirish,
suhbat, tarbiyachining so'zlab berishi va shunga o'xshash
materiallardan foydalaniladi.Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga
o'xshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lar edi:
kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni yamash,
modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qo'g'irchoqqa kiyim tikish
va hokazolar.
Uchinchi yo'l-bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari.
Bolalarningkattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil bo'lishi
mumkin (xona o'simliklarini yuvish,polizda ko'chat yoki urug'larni
ekish uchun jo'yaklar tayyorlash,binoning kchini tozalash vah.k.).
Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish
shakllari ham ish mazmuniga qarab har xil bo'ladi:
1. Asosiy ishni kattalar bajarishadi, bolalar qo'llaridan
kelganicha yordam beradilar.
2.Tarbiyachi ishni boshlab beradi,qolganini bolalar o'zlari
mustaqil davom ettirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |