Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


-Mavzu: Tarixiy o‘lkashunoslikda yozma va arxiv manbalarining ahamiyati. (4 soat) Reja



Download 2,56 Mb.
bet25/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
6-Mavzu: Tarixiy o‘lkashunoslikda yozma va arxiv manbalarining ahamiyati. (4 soat) Reja:

  1. O‘lka tarixini o‘rganishda yozma manbalardan foydalanish.

  2. O‘lkashunoslik fanini rivojlantirishda arxiv hujjatlarining roli.

  3. Muassasa va davlat arxivlari.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi.

Tayanch so‘z va iboralar: Arxivshunoslik, arxiv ishi tarixi, yozma manba, yozma manbalarni turkumlash, arxiv hujjatlarini kataloglashtirish, arxeografiya arxiv hujjati, arxiv ro‘yxati, MDAF, DAF.
Adabiyotlar:
1.Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. –T.; O‘zbekiston 2016.
2.Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.; O‘zbekiston 2017.
3.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. 1997.
4.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 y.
5.Karamatov H. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. 2009 y.
6.Nabiev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. T., 1996.
7.Ochildiev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y
8.Vaxidov M.M., Mirzaev Sh.R. Me’morchilik. 1-qism. Me’morchilik tarixi.T., “Tafakkur”.-2010. y.
9.Jabborov I. M. O‘zbek xalqi etnografiyasi. — T., 1994.
10.Jabborov I. M. Jahon xalqlari etnografiyasi. - T., 1985.
11.Asanova G., Nabixanov M., Safarov I. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo‘g‘rofiyasi. — T., 1994.
1. O‘lka tarixini o‘rganishda yozma manbalardan foydalanish. O‘lka tarixini o‘rganishda yozma manbalarning o‘rni beqiyosdir. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‘i kishilarning o‘zaro munosabatining natijasi o‘laroq yaratilgan va o‘sha zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida o‘rta asr (VI-XIX asrlar) tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Yozma manbalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:

  1. Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar). Bunday hujjatlarning 34 turini mutaxassislar aniqlaganlar.

  2. Narrativ (lotin. Narratio - qissa, hikoya) yozma manbalar. Bunday manbalardan biz tarixiy, geografik va kosmografik, biografik, memuar asarlar, sayyoh va elchilar esdaliklarini ko‘rib chiqamiz.

Aksariyat yozma asarlar nasrda ijod etilgan. Ayrim tarixiy asarlar, jumladan, Abdulqosim
Firdavsiyning «Shohnoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari she’riy yo‘nalishda yozilgan.
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o‘rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy - hisobot daftarlari va yozishmalarning ahamiyati benihoya kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum yuridik shaklda bevosita va ko‘p hollarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda sohtalari ham uchrab turadi.
Shuning uchun ham ulardan foydalanilganda diqqat-e’tibor va ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy voqea yoki faktni talqin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o‘xshash bir necha hujjat, manbalarni qo‘shib o‘rganmoq zarur, chunki bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun faqat bir hujjat bilan ma’lum ijtimoiy-siyosiy masala ustida qat’iy fikr yuritib, umumlashtirib qat’iy xulosaga kelib bo‘lmaydi.
Boy tarixni o‘rganish va o‘rgatish deganda, faqat yozma manbalarda mavjud ma’lumotlar to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarni shunchaki mexanik tarzda talabalarga yetkazish emas, balki an’naviy va zamonaviy pedagogik usullarning eng qulay va samarali vositalaridan foydalangan holda, ularda manbalar to‘g‘risida tushuncha, bilim va ulardan foydalanish malakasini hosil qilish bilan birga, tariximiz to‘g‘risida mustaqil fikr yuritishga o‘rgatishni ham tushunamiz.
Buning uchun esa, yurtimiz tarixini o‘rganishda yozma manbalardan foydalanishning ilmiy va metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga tavsiya etish tarix fanining eng muhim va dolzarb muammolaridan biridir. Bu masala juda keng qamrovli bo‘lib, yozma manbalarning tadqiq etishni ilmiy metodik asoslarini chuqur o‘rganib chiqishni taqozo etadi.
Yozma manbalarni talabalarga tushuntirishning bir necha prinsipi mavjud. Birinchisi maxsus kataloglardagi manbaning tavsif prinsipidir. XIX asr oxirida paydo bo‘lgan Yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida ingliz olimi Ch. Ryoning ko‘p tomlik arab, fors va turkiy tillardagi kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash prinsipi o‘zining mukammalligi va puxta o‘ylanganligi bilan alohida ajralib turadi. Quyida til prinsipi asosidagi Ch.Ryoning «Britaniya muzeyidagi turkiy kulyozmalar» (London, 1888, ingliz tilida) (Ñataloguc of the Turkish Manuscripts in the British Museum by Rieu Charles.London: 1888. 432 p.) katalogidagi manba tavsifi prinsipini keltiramiz. Unda yozma manbaning muzeydagi tartib rakami birinchi bo‘lib sarlavxa o‘rnida berilib, so‘ngra qo‘lyozmaning kodikologik xususiyatlari, varaqlar soni, o‘lchami, saxifadagi satrlar soni, satr uzunligi, xati, ziynatlari alohida, ixcham tarzda berilgan. So‘ngra asar nomi asl nusxada, ya’ni arab alifbosida va uning tarjimasi ajratilib berilgan. So‘ngra muallif nomi va asarning boshlanishi va oxiridagi jumlalar aslida, arab alifbosida keltirilgan. Ana undan keyin muallif to‘g‘risidagi va asar tarkibi, mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi ya’ni o‘rganilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan.
Qator mavjud kataloglar asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari ham o‘zlaricha qo‘lyozma manbalarni ilmiy tavsifga olish usulini ishlab chiqqanlar va bu ilmiy usul D.Yu.Yusupova va R.P.Jalilovalar tomonidan tartib berilgan «Sobranie vostochnыx rukopisey AN RUz. Istoriya» («Tarix») nomli katalogida foydalanilgan. Ushbu «Tarix» katalogida yozma manbaning quyidagicha tavsifi berilgan: Sarlavha sifatida asar nomi asl nusxada va uning tarjimasi, qo‘lyozmaning xazinadagi tartib raqami va ushbu katalogdagi raqami keltirilgan. So‘ngra asar muallifi nomi bilan asosiy tavsif boshlanadi. Undan keyin muallif to‘g‘risida (imkon darajasida to‘liq), asar mazmunining tarkibi va qisqacha bayoni (annotatsiyasi) keltiriladi. Tavsif ixcham kodikologik ma’lumotlar-xati, qog‘ozi, ziynati, xattot nomi, qo‘lyozmaning kitobat tarixi, nuqsoni, varaqlar soni, o‘lchami va adabiyotlar (bibliografiya) nomlarini keltirish bilan tugallanadi.
Bulardan tashqari, o‘lka tarixini o‘rganishda yozma manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki ensiklopedik prinsipi ham mavjud. Biz uning namunasini «O‘zbekiston ensiklopediyasi» va
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» sahifalarida ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqillik davrida manbashunoslikka oid akademik B.A. Ahmedovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari» (T.: O‘qituvchi, 1991) va «O‘zbekiston tarixi manbalari» (-T.: O‘qituvchi, 2001) asarlari chop etildi. Olim manbalarning yozilgan tillariga qarab va yana huquqiy hujjatlar, yozishmalar, geografiya va kosmografiyaga oid asarlar, biografik, memuar asarlar, sayyohlarning, elchilarning esdaliklari mavjudligini qayd etadi.
B.A.Ahmedov yozma tarixiy manbalarni ikki turga bo‘ladi: 1) Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar va boshqalar). Ushbu asarlarda yozma manbalar alohida emas, balki muallif nomi ostida keltirilgan. Bundan tashqari tarixchi har bir tarixiy davrga qisqa ta’rif bergan. Mazkur darsliklarning ijobiy xususiyati sifatida ularda daliliy ma’lumotlarni ko‘pliligi, ilmiyligini qayd etish mumkin. Faqat ularda materiallar akademik nashrlar kabi joylashtirilgan va dars o‘tish xususiyatlari inobatga olinmagan.

  1. Habibullaevning «Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik» (T.: TDShI, 2000) qo‘llanmasi va A.A. Madraimov tuzgan «Manbashunoslikdan ma’ruzalar majmuasi» (T.: TDPU, 2001)da yozma manbalar to‘g‘risida talabalarga ma’lumotlar berish dars jarayoni xususiyatlarini e’tiborga olishga harakat qilingan. Faqat A. Habibullaev qo‘llanmasida adabiy manbashunoslikka katta e’tibor berilgan. Unda dars quyidagi tartibda tuzilgan: 1. Mavzu nomi. 2. Adabiyotlar. 3. Dars mazmunining qisqa izohi. So‘ngra dars mazmuni bayoni, alohida atamalar va oxirida savollar berilgan.

A.A. Madraimov tuzgan ma’ruzalar matnida dars jarayonining tartibi quyidagichadir. 1. Mavzu nomi. 2. Dars rejasi. 3. Asosiy tushunchalar. 4. Darsning mufassal mazmuni. 5. Materialni mustahkamlash uchun savollar va oxirida adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu maxsus kataloglar va darsliklardan tashqari qo‘lyozma kitob to‘g‘risida va sharq manbashunosligiga oid to‘plam va kitoblar ham mavjud bo‘lib, ulardagi muhim yozma manbalarning har biriga alohida e’tibor berilmagan. Lekin ularda eng muhimlari to‘g‘risida matn orasida ma’lumotlar keltiriladi hamda manbalarning umumiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Zikr etilgan darslik va qo‘llanma, maxsus adabiyotlarning barchasida o‘ziga xos foydali ma’lumotlar mavjudligini tan olamiz. Lekin ularning birontasini ilmiy-metodik jihatdan talabalarga manbalar to‘g‘risida dars berish uchun mukammal namuna deb olish mumkin emas.
Mavjud ilmiy adabiyotlarning tahlili asosida yozma manbalar to‘g‘risidagi texnik ma’lumotlar va asar mazmuni talabalarga kompleks tarzda tushuntirishning eng samarali va ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishga harakat qilindi.
Talabalarga manba to‘g‘risida kompleks tarzda ma’lumot berish kerak. Bu esa yozma manbaning kodikologik ma’lumotlar, muallif va uning yashagan davri, asar tarkibi va mazmuni tahlili, uning tarixnavisligini tushuntirishdan iboratdir. Darsning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning rejasi, mavzuga oid asosiy tushunchalar va qo‘shimcha ko‘rgazmali qurollardan foydalanishni qayd etish mumkin.
Xullas, bu asarlarda, ya’ni yozma manbalarda xukmron sinfning dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan, o‘sha sinfning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi.


  1. Download 2,56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish