Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


XIX-XX asrlar madaniyatini o‘rganishda etnografiyaning roli



Download 2,56 Mb.
bet24/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117
6. XIX-XX asrlar madaniyatini o‘rganishda etnografiyaning roli. O‘zbek xalqi etnografiyasiga oid materiallar to‘plash davri XIX asrda boshlanadi. XIX asrning birinchi yarmidan N.N. Muravyov, A.F. Negriy, N.V. Xanikov, P.I. Danilevskiylar o‘tkazgan ishlar O‘rta Osiyo xalqlari shu jumladan, o‘zbeklar etnografiyasini o‘rganishdagi dastlabki qadamlar bo‘ldi.
1819-1820 yillarda Xiva xonligiga sayyohat qilgan kapitan N.N. Muravyov o‘z taasurotlarini tartibga keltirib nashr qildi. N.N. Muravyov asarining ba’zi boblarida bevosita o‘zbeklarning tabiati, diniy e’tiqodi, uy-ro‘zg‘or tutumlari, urug‘-aymog‘i kabi sof etnografik ma’lumotlar keltirilgan. Uning aytishicha, Buxoro tomonidan kelgan o‘zbeklar asosan to‘rt guruhdan: qiyot -qo‘ngirot - uyg‘urnayman, qangli-qipchoq, nukus mang‘itdan iborat: har bir guruh mustakil hokim-inoqqa ega, ammo ularning eng kattasi qiyot-qo‘ngirot-inoqlaridir.
1820 yilda Buxoroga jo‘natilgan A.F. Negriy boshchiligidagi diplomatik missiya katnashchilaridan E.A. Everslin, X. Pander, P. Yakovlev, Budrin va polkovnik P. Midendorflarning kitob va xotiralari boy tarixiy etnografik ma’lumotlarga ega. Turli tillarda tarjima qilingan P. Midendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat» nomli kitobida Buxoro xonligining geografik o‘rni, ijtimoiy iqtisodiy ahvoli, davlat tuzilishi va aholi mashg‘ulotlari, qishloq xo‘jaligi sug‘orilishi tarixi, hunarmandchiligi, ichki va tashki savdo, oila va xotin-qizlarning turmushi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu sohada ayniqsa, 1833-1841 yillarda Orenburg gubernatorining maxsus topshirigiga binoan ishlagan V. M. Dollning berilgan ma’lumotlari diqqatga sazovordir.
1840-1850 yillar ichida Qozog‘iston va O‘rta Osiyo hamkorligi etnografiyasini ilmiy jihatdan o‘rganishda aka-uka Nikolay va Yakov Xanikovlarning xizmati katta bo‘lgan.
Yakov Xanikovning 1851 yilda nashr qilingan «Orol dengizi va Xiva xonligi kartasiga muhokama» asarida etnografiyaga alohida e’tibor berilgan. N. Xanikov 1843 yilda Buxoro xonligi haqidagi ilmiy asarni nashr qildirishga muyassar bo‘ladi.
Etnografiyaga oid muhim ma’lumotlar 1843 yilda Xiva xonligiga diplomatiya missiya tarkibida kelgan polkovnik G.N. Danilevskiy, O.N. Baziner asarlarida ham keltirilgan. O‘sha yillarda atoqli olim V.V. Grigorev Orenburgda yashagan va u Rossiyada birinchi bo‘lib sharq xalqlari tarixini o‘qita boshladi. Uning 200 dan ortiq ilmiy ishlari orasida O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqlariga tegishli asarlari ham mavjud. 1851 yilda Orenburgga kelib sayohat kilgan V.V. Velyaminov Zernov ham o‘zbek xalqi tarixiga oid bir qancha qiziqarli tarixiy asarlar yaratgan.
1858 yilda Lomonovskiy N.L. Ignatev boshchiligidagi Xiva va Buxoroga yuborilgan yirik diplomatik missiya ham ancha samarli ish olib borgan. Turk tillarini yaxshi bilgan, mashxur vengir sharqshunos olimi Xerman Vamberi 1863 yili savdo karvoni bilan Xiva, Buxoro, Samarkand va boshqa O‘rta Sharq mamklakatlariga sayohat kildi. Bu sayyohning O‘rta Osiyo haqidagi yozgan asarlarida mahalliy aholi, shu jumladan o‘zbek xalqi inografiyasiga oid kizikarli ma’lumotlar bor. U o‘zbek urug‘lari haqida gapirib, birinchi bo‘lib o‘zbek so‘zining kelib chiqishi haqida mulohaza yuritadi. Ko‘k O‘rda shahrida Volga bilan Orol dengizi orasidagi yashovchi turk mo‘g‘ul qabilalarida juji sulolasidan to‘qqizinchi hukmdor bo‘lgan O‘zbekxon misoliga nisbat berib, uzlariga bir siyosiy kushma nom, o‘zbek nomi bilan kabul kilganlar.
Asar muallifi 32 o‘zbek qabilalarining ro‘yxatini beradi va ularning kiyim-kechaklari, taomlari, o‘yin va musiqa asboblari, urf-odatlari va diniy marosimlari to‘rg‘isida hikoya qiladi. XVI-XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr ichida mahalliy mualliflar tomonidan yaratilgan tarixiy asrlarda ham ba’zi bir muhim etnografik lavhalar bor. Iste’dodli shoir va musiqashunos Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asari O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, shuningdek, qisman Afg‘oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy - siyosiy tarixini o‘z ichiga oladi. Asar etnografik ma’lumotlarga ham boydir. Masalan, o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan urug‘ va qabilalar to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Abulg‘ozi ibn Muhammadxon Xorazmiyning bir qancha boy chet tillariga tarjima qilingan «Shajarai Turk» va «Shajarai Tarokima» kabi asarlari mavjud.
Mashhur o‘zbek tarixchilari Shermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniylarning «Firdavsul-iqbol», «Riyozut – davlat», «Zubdat ut-tavorix» nomli, «Gulshani davla», «Shamsul-iqbol», «Shajarai Xorazmshoxiy» kabi asarlarida XVI asrning II-yarmidan to XX asr boshlarigacha Xorazm va qo‘shni hududlarida ro‘y bergan tarixiy voqealar yuksak mahorat bilan tasvirlandi. O‘zining boy mazmuni, iqtisodiy, ijtimoiy ma’lumotlarining ko‘pligi va rang-barangligi bilan ajralib turgan bu tarixiy asarlar o‘sha davrdagi o‘zbek xalqi etnografiyasining o‘rganish uchun muhim manba bo‘la oladi.
O‘zbek xalqining etnografiyasini o‘rganish bilan shug‘ullangan Ostroumov va Likoshin singari tadqiqotchilar mustamlakachilik ma’murlarining xizmatchilari bo‘lib o‘z asarlarida chorizmning mustamlakachilik siyosatini targ‘ib qildilar. Biroq, ularning asarlarida ham shaxsiy jamoalarning turmushi, madaniy hayotiga doir faktlarga asoslangan bir qancha diqqatga sazovor materiallar uchraydi.
A.P. Fedchenko ham o‘z rafiqasi bilan yurib, o‘zbek xalq etnografiyasiga oid juda ko‘p ma’lumotlar to‘plagan va «Qo‘qon xonlari» asarini yozgan. Etnografiya materiallarini keng ommaga yetkazish va ularni saqlab qolishda ilmiy jurnallar, statistik boshqarmalarning ma’lumotnoma (spravochnik) to‘plamlari hamda «Turkestanskiy vedomosti» gazetasining xizmatlari katta bo‘ldi.
Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o‘zbek etnografiyasining o‘rganishda ilmiy jihatdan diqqatga sazovor bir qancha ishlar paydo bo‘lib, jiddiy tadqiqotchi olim va o‘lkashunoslar safi kengaydi. Ular o‘z asarlarida o‘zbek va boshqa Osiyo xalqlari ma’naviy va ma’rifiy turmushining hususiyatlari, urf-odatlari, urug‘-aymog‘lari va qabilachilik tuzumi, diniy e’tiqodlari va boshqa etnografik hususiyatlarini ta’riflash bilan birga, ularning ma’nosini ilmiy jihatdan sharhlashga intilganlar, lekin o‘z davrining hukmron ideallari ta’sirida bo‘lgan bu tadqiqotlar bir muncha nuqsonlardan xoli emas, albatta. Ijtimoiy masalalarni sharhlashda tadqiqotchilarning ojizligi, sub’ektivizmi yirik konsepsiyalarning hukm surganligi ularning ko‘p asarlarida ham o‘z asosini topgan.
1918 yilda tashkil qilingan Turkiston xalqi universitetida o‘zbek etnografiyasidan maxsus kursning o‘qitila boshlanishi Turkiston hududida etnografik tadqiqotlar o‘tkazishga katta e’tibor berilayotganidan dalolat beradi.
30-yillarga kelib, atoqli olimlardan S.P. Tolstov va L.P. Potapovlar o‘zbeklar va O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlarining etnografiyasini o‘rganish ishlarini jonlantirib yubordi.
Xorazmda chorak asrdan ham ko‘p vaqtda ish olib borgan S.P. Tolstov rahbarligidagi arxeolog, etnograflarning kompleks ekspeditsiyasi O‘zbekiston xalqlarining turmush va madaniyatini o‘rganishda yangi sahifa ochdi. Bu ekspeditsiya, asosan qadimgi Xorazm madaniyati yodgorliklarini o‘rganish bilan birga Xorazm vohasidagi o‘zbeklaring etnografiyasini ham tekshirdi. II jahon urushidan keyingi davrda ekspeditsiya tarkibida ikki o‘zbek etnografiya otryadi tuzildi. Ular shimoliy o‘zbeklar etnografiyasi va janubiy o‘zbeklar etnografiyasi otryadi edi.
Xorazm ekspeditsiya O‘zbekiston hududida yashovchi, lekin inqilobdan ilgari butunlay unutilib qo‘ygan Qoraqalpoq xalqlarini o‘rganish sohasida ham katta ishlar qildi. Ekspeditsiyaning Qoraqalpog‘iston otryadiga atoqli etnograf T.A. Jdanko rahbarlik qildi. Bu olim qoraqalpoqlarning tarixiy etnografiyasiga bag‘ishlangan ajoyib asar yozdi. Otryadda mahalliy etnograflardan S. Kamolov, Qusbergenov va Shelekenovlar ishtirok etdilar.
Atoqli tarixchi-etnograflar A.Yu. Yakubovskiy, A.A. Semyonov va P.P. Ivanovlar o‘zbek xalqining kelib chiqishi va etnik tarkibi masalalariga o‘zlarining chuqur mazmunli asarlarida keng o‘rin berganlar. Bu muhim masalalarni yoritishda R.G.Mukminova va B.A. Ahmedovlar ham ma’lum hissa qo‘shganlar. Tarix va arxeologiya sohasida qilingan ilmiy ishlarda keng foydalangan. M.Vaxobov o‘zbek xalqi etnografiyasiga oid asarni yaratdi.
Milliy masala har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Har bir xalqnig milliy shakllanishi, etnik umumiyligi va hususiyatlari, o‘zaro yaqinlashuvi kabi masalalarni chuqur tushunish uchun ayrim etnografik guruhlarni har tomonlama o‘rganish zarur. O‘zbeklarning ayrim qabila va urug‘larini tadqiq qilishda etnograflardan V.G. Mashkova, K.L.Zadixina, K.Shoniyozov, T.Fayzievlarning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir.
O‘zbekiston tarixiga oid ko‘p tomli yirik ilmiy asarni etnografiyaga bag‘ishlangan bo‘limlari fanning so‘nggi yutuqlari asosida mutaxassis tadqiqochilar tomonidan yozilgan «Jahon xalqlari» seriyasida bosilib chiqqan ikki tomli «O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari» nomli monumental ilmiy asar deyarli butun etnografik tadqiqotlarining yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Asarning «O‘zbeklar» nomli bobini yozish va tahrir qilishda mahalliy etnograflardan O.A. Suxareva, M.A. Bekjonova, I. Jabborov va boshqalar qatnashgan.
O‘zbek xalqining etnografiyasini o‘rganish mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda, o‘zbek etnograflarni oldida insoniyatning porloq kelajagi bo‘lgan yosh avlodni o‘lka tarixiga e’tiborli va muhabbat nuqtai-nazarida bo‘lish kabi his tuyg‘ularni singdirish ma’suliyati turibdi.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish