Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Kitob qanday ijtimoiy ahamiyatga ega?
2. Kutubxonalaming vazifasi nimalardan iborat?
3. Kitob targ‘iboti va savdosini qanday tashkillashtirish kerak va
buning noshirlik ishidagi ahamiyati qanday?
4. Muharrir marketing bilan shug‘illanishi kerakmi?
2-§. Kitobxonlar talabi va nashriyotda uni o‘rganish.
•
Kitobxonlar talabi va uni nashriyotda o (rganishning aha
miyati
• Kitobxonlarning xatlari bilan ishlash
• Adabiy tanqid va bibliografiyaning kitob yaratishdagi aha
miyati
•
Nashriyotlar ijodiy xodimlarining kitob targHbotidagi ish-
tiroki
Kitobxonlar talabini o‘rganish tahririyat-nashriyot amaliyotida
jiddiy ahamiyatkasb etadi. Talabni o‘rganishjarayonidataklifishlab
chiqiladi. Chiqariladigan kitobning kimlarga mo‘ljallanganligiga
ko‘ra qo‘lyozmani baholash mezonlari aniqlanadi, qanday beza-
tilishi, shakli va boshqalar belgilanadi. Talabni o‘rganish nashriyot
mavzuli rejasini to‘g‘ri shakllantirishda ham muhim omillardan
bo‘lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kitobxonlar
talabini o‘rganish kitob ishida dolzarb vazifa bo‘lib qoladi.
Kitobxonlar talabi - shunisi bilan qiziqarliki, unga tez o‘zgaruv-
chanlik tabiati xos. Uning shakllanishiga ko‘pgina iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy-na’rifiy, psixologik va boshqa omillar o‘z ta’sirini
137
o‘tkazadi. Bugungi axborot maydonidagi globallashuv sharoitida
uning shakllanishi quyidagi omillarga bog'liq: birinchidan, aholi
sonining oshishi; ikkinchidan, aholi bilim saviyasining darajasi;
uchinchidan, aholining kasbiy darajasi; to‘rtinchidan, ishlab
chiqarish, fan, texnika, ta’lim, umuman, madaniyatnng ahvoli;
beshinchidan, aholining moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi;
oltinchidan, kishilaming bo‘sh vaqtga egaligi; ettinchidan,
mafkura va davlatning tashqi va ichki siyosati; sakkizinchidan,
o‘tgan davrlarda aholining boshqa nashrlarga bo‘lgan talabining
qondirilganlik darajasi; to‘qqizinchidan, kitobxonlaming ruhiyati;
o‘ninchidan, chiqarilayotgan kitoblar targ‘iboti va reklama; o‘n
birinchidan, kitobsevarlar bilan noshirlaming uchrashuvlari,
anjumanlar, kitob taqdimoti va boshqa tadbirlar; o‘n ikkinchidan,
mualliflar jamoasining noshirlar, kitobxonlar bilan muloqoti va
boshqalar.
Yuqorida aytilgan omillaming ro‘yxatini davom ettirish
mumkin. Lekin maqsad omillami sanab o‘tish emas, balki ulaming
mohiyatini ochib berish.
Omillar ichida eng muhimi kitobxonlaming xatlari hisoblanadi.
Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri nashriyotlarga keladi, ba’zan, gazeia va
jumallar tahririyatiga ham keladi, so‘ng ular orqali nashriyotga
boradi. Ba’zan xatni to‘g‘ri muallifga ham yuboradilar. Xatlar
miqdori xususida qat’iy bir narsa deyish qiyin, ular ko‘plab bo‘iishi,
siyrak ham bo‘lishi mumkin. Masalan, Nashriyot-matbaa ijodiy
uylariga kitobxonlardan ko‘pgina xat keladi. Xatlarda o'quvchilar
o‘qigan asar lari xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildiradilar.
Tabiiyki, ular kitob juda ma’qul bo‘lganligi, minnatdorliklarim
izhor etadilar. Bundan tashqari nashriyot sha’niga tanqid ham
bo‘ladi, Kitobxonlar asarning mazmuni, bayon usuli, bezatilishi,
poligrafik ijrosi va boshqalarga oid kamchilik va nuqsonlami qayd
etadilar, shuningdek, kitobning adadi, kitobdan muayyan dona
yuborish, qayta nashr xususidagi istaklarini bildiradilar.
Kitobxonlardan kelgan xat bilan nashriyotda, awalo, muharrir
tanishib chiqadi. Tanishib chiqqach u o‘z oldiga aniq maqsadlami
qo‘yadi. Maqsadlar, xususan, quyidagi tarzda bo‘lishi mumkin: asar
ni qayta nashrga tayyorlash bilan bog'liq kitobxonning fikrlarini
mulohaza qilib ko‘rish; yangi asarni chop etishda kitobxonlaming
mulohazasini tahlil qilish. Eng muhimi nashriyot chop etgan asar
o‘quvchisini qanoatlantiradimi, yo‘qmi degan savolgajavob topishdir.
Kitobxonlar talabini o‘rganishning yana bir shakli vaqtli
matbuotda e’lon qilingan taqriz va tanqidiy materiallar hisoblanadi.
Kitob xususidagi jamoatchilikning fikrini ifoda etib, adabiy
tanqid va bibliografiya kitobxonlar talabini ma’lum darajada shakl-
lantirish imkonini beradi. Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilin
gan taqrizlar kitob haqidagi qimmatli ma’lumot hisoblanadi va uni
faol targ‘ib etadi. Bular, shu bilan birga, nashriyotga o‘z ishlarini
o‘tkir ko‘z bilan nazardan o‘tkazish uchun turtki bo‘ladi, nashming
qimmatini ob’ektiv baholash, mavzuli rejalashtirishni, umuman
tahrir-noshirlik ishini samaradorlashtirishda yuqori natija beradi.
Nashrga bo‘lgan talabni o‘rganishda kitobsevarlar bilan uchra-
shuvlar, suhbatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday uchrashuvlami nashriyot nashr rejasini tuzishdan oldin
o‘tkazishi maqsadga muvofiq. Talabni o‘rganishning bu shakli
shunisi bilan ahamiyatliki, bunda kitobxonlar, noshirlar bilan
yuzma-yuz uchrashadi, jonli muloqot vaziyatida fikr almashiladi.
Nashriyotlaming xodimlari kutubxonalar, kitob savdosi bilan
shug‘ullanuvchilar, kitob do‘konlarida xaridorlar bilan muloqotda
bo‘lishlari, kitob ko‘rgazmalarida qatnashishlari bugungi knn talab-
lari, shuningdek, istqibolni bashoratlashda, xullas, kitob bozorini
o‘rganish, tadqiq etishda juda asqotadi.
Nashriyot xodimlarining, ayniqsa, ijodiy faoliyatdagi xodimlar-
ning joylarga xizmat safarlari ijobiy natijalar berishi, shubhasiz.
Safar chog‘ida ular respublika yoki viloyat miqyosidagi shaharlar
va boshqa aholi manzillarida, yirik ishxonalarda bo‘ladilar, jamoat-
chilik vakillari, maktab, litsey, kollej, oliy ta’lim muassasalarining
xodimlari bilan muloqotda bo‘ladilar. Bunday uchrashuvlar natija-
sida ular bosma mahsulotlarga bo‘lgan talabni, qaysidir ma’noda,
bozoming ehtiyojini tadqiq etadilar. Tadqiq natijalari nashriyot
mavzuli rejasi ustida ishlashda ma’lumot manbai vazifasini o'taydi.
Bundan tashqari asar adadini belgilashda ham asqotadi.
Safar chog‘ida to‘plangan ma’lumotlar umumlashtiriladi, te-
gishli xulosalar chiqariladi, bu o‘z navbatida, dasturulamalga ay-
lanadi, istiqbollami bashoratlash uchun asos bo‘ladi. Ma’lum
reja tasdiqlangandan so‘ng, rejadagi ishlami bajarishga kirishish-
dan oldin nashriyot xodimlarini annotatsiyalangan reja bilan uni
muhokama qilish uchun joylarga chiqishlari maqsadga muvo-
fiqdir. Buning natijasida reja qat’iy ko‘rinishda o‘z tasdig‘ini
topadi, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan buyurtmalar
olinadi. Shuningdek, adabiyot turlari bo‘yicha takliflar, ba’zi fikr-
mulohazalar, xullas, ma’lumotlar jamg‘armasiga ega bo‘linadi.
0 ‘quvchilar talabi xususida qimmatli ma’lumotlami kitob
savdosi bilan shug‘ullanuvchi firmalar, shaxslardan, shuningdek,
kutubxona xodimlaridan olish mumkin.
Kitob savdosi xodimlaridan olingan ma’lumotlar adabiyotlarga
bo‘lgan buyurtmalami, kitob savdo shahobchalarini kitob olish
bo‘yicha oldindan beradigan talabnomalarini, adabiyot turlarini,
xullas, bozoming barcha talablarini aniqlash imkonini beradi.
Kutubxonalarda esa qancha kitob berilayotgani, adabiyotlaming
o‘qilish darajasi (qo‘ldan qo‘lga o‘tish), o‘quvchilar orasida оЧка-
zilgan so‘rovlar, ayrim adabiyotlar xususidagi fikrlar va hokazolar
haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
Nashryotlaming o‘zlari ham nashrlari haqida ma’lumot to‘plash-
lari mumkin, mumkingina emas, balki kerak. Chunki shunda
ular o‘zlarining qaysi nashri alohida ommaviylashgani-yu, qaysi
nashrga talab sustligi, yangi nashrlar mavzui bo‘yicha
0
‘quvchiIar
fikrini bevosita bilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Kitob o‘quvchilaming - bozoming talabini o‘rganish nashriyot-
laming, xususan, muharriming muhim vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |