Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


matnlar majmui. Toza varoq



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/167
Sana31.01.2023
Hajmi6 Mb.
#906125
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T. (1)

matnlar majmui. Toza varoq 
- nashr adadini 
bosish jarayonida olingan, texnika vositalarida matnga tuzatishlar 
kiritib bosilgan qog‘oz varog'i. 
Nishona nusha -
tayyor bo‘lgan 
bosma asar, hujjatning ilk na’muna nushasi. Ushbu nusxaga ko‘ra
122


chiqarilayotgan nashr rasmiylashtiriladi va e’lon qilishga qaror 
qilinadi. Mazkur jarayonning turli bosqichlarida bosmaxona 
xodimlari tomonidan nashriyotning barcha ko'rsatmalari to‘Ia- 
to‘kis bajarilganmi, yo‘qmi ekanligi tekshirib chiqiladi va bu 
nazorat jarayoni 
razryad solishtiruv
deb ataladi. Mazkur nazoratni 
amalga oshirish uchun alohida ko‘chirma olinadi. Hozirgi davrda 
tayyorlanayotgan bosma shaklning sifati nashriyot-matbaa ijo­
diy uylarida - bosmaxona va nashriyot xodimlari tomonidan bir- 
galikda amalga oshiriladi. Bu jarayonni amalga oshiruvchilar 
bo‘lib, musahhih (korrektorlar), muharrirlar, dizaynerlar, tahririyat 
mudirlari, texnik muharrirlar hisoblanadi. Korrektura nusxani 
albatta muallif ham o‘qiydi. Yuqorida nomlari qayd etilganlar 
barchasining tuzatishlari aynan bir nusxa - musahhih o‘qigan 
nusxaga kiritiladi va bu nusha ishchi (asosiy) nusxa ataladi.
Agar yuqorida bayon etilgan nusxalaming ko‘plab tuzaiishlarga 
uchragan varaqlari qayta - toza varaqlar sifatida bosmadan chiqa- 
riladi va takror nazorat uchun taqdim etiladi. Faqat juda oz tuzatishli 
toza varaqlargagina boei*hga ruxsat berilib, imzo qo‘yiladi. Adad 
bosilishi oldidan korrektorlar yana bir marta bosilgan matnni diq- 
qat bilan o'qib chiqadilar.
To‘g‘ri, bu yuqorida aytilgan ishlarning bajarilish shakli, 
bajaruvchilar tarkibi o‘zgarib turishi mumkin, bir tomondan bozor 
iqtisodiyoti taqozosi, ikkinchi tomondan malakali mutaxassislar 
tarkibi bilan bog‘liq. Ba’zan, shunday holatlar uchrab qoladiki, 
asarni o ‘qisangiz na musahhihlik, na muharrirlik va na texnik 
muharrirlik ishlari amalga oshirilmagani, adadni bosish oldidan 
nishona, nazorat nusxalar olinmagani (shunga ko‘ra o‘qib chi-


qilmagani) ayon bo‘ladi. Xullas, nashr jarayonining ishlab chi- 
qarish bosqichidan o‘tmagan asarlar uchrab turadi. Bunga sa- 
bab, bizningcha, ortiqcha chiqimlardan qochib, muallif barcha 
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va asar qat’iy buyurtma asosida 
chiqarilishi bo‘lsa kerak. Biz oldingi qismda asl nusxa maketdan 
kitob chop etish haqida so‘z yuritgan edik va barcha korrektura 
ishlarini bosish jarayonida amalga oshirilishini ta’kidlagandik. 
Korrektura nusxalarga tuzatishlar ma’lum shartli belgilar yorda- 
mida kiritiladi. Tuzatish belgilarini besh turga ajratish mumkin. 
Birinchisi, almashtirish, olib tashlash, kiritish belgilari; ikkinchisi, 
bosma unsurlar o‘rnini almashtirish belgilari; uchinchisi, bo‘sh ora- 
liqni o‘zgartirish belgilari; to‘rtinchisi, xat boshi, ajratib ko‘rsatish 
belgilari; beshinchisi, bosish va terishdagi texnikaviy xatolami 
ko'rsatish belgilari. Bulardan tashqari qo‘yilgan belgini inkor etish, 
aslini qoldirish belgisi ham mavjud.
Nashriyot-matbaa ijodiy-uylarida tuzatish belgilaridan foydala- 
nishda, asosan, quyidagi qoidalarga rioya etiladi:
1. Hato ikki, ayni bir xil belgi yordamida tuzatiladi, belgilaming 
biri matnga, ikkinchisi esa matndan holi, varaq chetiga, iloji boricha 
xato aniqlangan satr bilan bir chiziqda qo‘yiladi. Harf yoki tinish 
belgilar tuzatish belgisining o‘ng tomoniga joylashtiriladi.
2. Agar yonma-yon bir turdagi o‘zgartirishlami amalga oshi- 
rishga to‘g‘ri kelsa, belgilar bir-biridan farqlantiriladi, ayni bir tik 
belgida ufqiy chiziqchalar orttiriladi va ular tuzatish kiritiladigan 
tomon yo‘naltiriladi.
3. Qo‘shimcha ko‘rsatma, bu - qayta terish shart bo‘lmagan qis- 
mni belgilash uchun qo‘llanadi, bunday joy doiraga olib qo‘yiladi.


4. Agar bir-biriga yaqin satrlarda ayni bir xil bo'lgan xatolar 
uchrasa, ular nechta bo‘lsa, matnga shuncha bir xil tuzatish belgisi 
qo‘yiladi, lekin matn chetiga bitta belgi chiqarilib, necha marta 
tuzatish takrorlanishi yozib qo‘yiladi.
5. Barcha tuzatishlar aniq, ta’bir joiz bo‘Isa, shaklan chiroyli 
bo‘lsin.
6. Matndagi tuzatiluvchi bilan matn chetidagi tuzatuvchi unsumi 
tutashtiruvchi chiziq tortish (gazetalarda shunday qilinadi) mutlaqo 
mumkin emas.
Korrektura nusxalarini tekshirishda muharrir asarni у ana 
bir boshdan sinchiklab, tekshirib chiqishi shart, shu bilan birga 
musahhihlik tuzatishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Bundan tashqari 
u tasvirlar, jadvallami umuman, nashr shaklini, matbaa ijrosini 
baholaydi. Xullas, barcha muammolami - musahhihlar, texnik 
muharrirlar, rassomlar, dizaynerlar va boshqalar qo‘ygan savollami 
hal etadi.
Korrektura nusxaga kiritilgan tuzatishlarni ikki turga ajratish 
mumkin: nashriyot tuzatishlari va muallif tuzatishlari.
Bugungi kun amaliyotida bunday tuzatishlarni amalga oshirish 
bo‘yicha ikki fikmi uchratish mumkin. Birinchisi, tuzatishlarni 
kiritishni cheklamaslik, ikkinchisi esa cheklash-chegaralash. Har 
ikki fikr tarafdorlari o'zlari haq ekanliklarini “kuchli” dalillar 
bilan tasdiqlaydilar ham. Lekin ko‘p yillik tajriba, shuningdek, 
bugungi kun iqtisodiyoti shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi har ikki fikr 
maqbul emas. Agar korrektura nusxada ko'plab tuzatishlar qilishga 
to‘g‘ri kelsa, bu muallif, musahhih va muharriming kamchiligi, 
malakasizligi oqibati hisoblanadi. Shu o'rinda, tuzatishlar qilishda


biron bir me’yor bormi, degan haqli savol tug‘iladi. Bugungi kunda 
bunday me’yor yo‘q. Me’yor - iloji boricha xato o‘tkazmaslik, 
chunki har bir o‘tgan xato nashriyot foydasining qisqarishiga olib 
keladi. Bunday hollarda ko‘rilgan zarar faqat aybdor (muallif, 
musahhih, muharrir va b.)lar hisobidan qoplanadi. Agar muallif 
yoki nashriyot tuzatishlari zarurat bo‘lsa, iloji boricha matnni 
qayta termaslik yo‘lini izlash lozim. Mabodo, albatta qo‘shimcha 
qilmaslik yoki qisqartirmaslikning iloji bo‘lmasa, unda o‘sha bir 
bet yoki ikki-uch betdan, juda bo‘lmagan taqdirda bosma taboqdan 
chetga chiqmasligi kerak. Agar bir bosma taboq ya’ni 16 bet 
chegarasidan chiqilsa, bu kengayish va qisqarish bilan bog‘liq 
surilishlar tufayli turli muammolar kelib chiqadi.
Noshirlik tuzatishlarini kiritish o‘ta zarur bo‘lsa, muharrir 
bunday paytda satrlar surilib boshqa bet, boshqa taboqqa o‘tib 
ketmasligini ta’minlovchi imkoniyatlardan unumli foydalanishi 
lozim. Bunday paytda u satrlar qismlariaro bo‘shliqlami toraytirish 
yoki kengaytirish, xatboshidan oldingi satrdan qolgan bo‘sh o‘rin, 
sarlavhaga ajratilgan joydan foydalanish shunday imkoniyat 
hisoblanadi. Ba’zan qo‘shish lozim bo‘lgan belgilar miqdoriga 
teng belgilarni umumiy mazmunga putur etkazmagan holatda 
qisqartirish ham mumkin bo‘ladi. Lekin bular barchasi muharrirdan 
yuqori malaka talab qiladi.
Muharrir korrekturani o'qish jarayonida alohida e’tibomi 
asaming muqovasiga, bosh varag‘i, sarlavhalari (mundarijasi), 
annotasiyasi, izoh va ilovalariga qaratadi. Xullas, korrektura 
o‘qish - muharriming muhim vazifasi sanaladi. Mazkur bosqichda 
muharrir yetakchi maqomini saqlagan holda muayyan kitobni


yaratishda qatnashuvchi nashriyot barcha xodimlarining faoliyatini 
uyg‘unlashtiradi va faollashtiradi.
Muharriming 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish