Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Xatolami tuzatishning so‘nggi chorasi qanday?
2. Nashr jarayonining yakuniy bosqichida nimalar amalga oshi-
riladi?
3. Tuzatishlar varaqchasi kerakmi?
4-§. Muharrir va ishlab chiqarish bo‘limi.
•
Muharriming ishlab chiqarish bo ‘limi xodimlari bilan ham-
korligi.
• Muharrir va texnik muharrir hamkorligL
•
Qismlararo mutanosiblikni ta yminlash.
• Kitobni bezash.
•
Muharrir va boshqa bo'limlar xodimlarining hamkorligL
128
Muharriming asar korrektura nusxasi ustida turli ishlami
bajarishidan tashqari uning ishlab chiqarish bo‘limi xodimlari
bilan hamkorligi ham nashr jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, asarni nashrdan chiqarish ishining
muvaffaqiyati yakun topishi, ana shu jarayonda ishtirok etuvchi
jamoa barcha a’zolari - muharrir, musahhih, texnik muharrir,
rassom, badiiy muharrirlar (bugungi kunda texnik muharrir va
badiiy muharrirlaming vazifalarini qaysidir darajada yangi kasb
egasi - dizaynerlar o‘z zimmasiga olgan) mehnatiga bog‘liq. Bular
har biri alohida va shu bilan birgalikda kitob yaratadilar. Yaxshi
kitob ulaming birgalikda kelishib ishlashlari, biri ikkinchisining
ishini to‘ldirishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha umumiy ishga
samarali hissa qo‘shishi natijasi o'laroq dunyo yuzini ko‘radi.
Bir butun jamoa ishini muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish,
obrazli qilib aytganda, turli cholg‘uchilardan iborat ansamblga diri-
jyorlik qilish muharrir zimmasiga tushadi. Demak, asarni nashrdan
chiqarish ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan jamoa ishini
tashkillashtirish bo‘yicha muharriming uquviga bog‘liq bo'ladi.
Qo ‘ lyozmaning nashriyot nusxasini sidirg4 a o‘ qish haqida oldingi
mavzularda aytib o‘tgandik. Muharrir sidirg‘a o‘qishni, nazoratchi
sifatida, sidirg‘a o‘quvchining ishini to‘g‘ri baholay olishi lozim.
Garchi sidirg‘a o'quvchi sahifa chetiga ayrim savollami o‘zining
malakasi kamligi yoki savodliligi yetishmasligi tufayli o‘rinsiz
qo‘ygan bo‘lsa-da, muharrir uchun uning bu qaydlari, shubhasiz
ahamiyatga ega hisoblanadi. Sidirg‘a o‘quvch.: uchun tushunarsiz
bo‘lgan kitobxon uchun ham tushunarsiz bo41 ishi mumkin. Shu
ni ng uchun muharrir bu holatni e’tiborsiz qoldirmasligi lozim.
Shunday qilib, sidirg‘a o‘quvchi bilan hamkorlikda ishlab, uning
129
qaydlarini o‘rganib, sahifa chetiga qo‘yilgan savollarga javob
qaytarib muharrir faqat nashr bilan bog‘liq muammolamigina hal
etmaydi, balki sidirg'a o‘quvchini o‘z vazifasini sifatli bajarishga
ham tayyorlaydi. Adabiyot turi, shuningdek, muayyan sohaga oid
adabiyotlaming o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtiradi. Shu bilan
birga nazorat nusxani diqqat bilan o‘qish, har bir kamchiliklar-
ga e’tibor berish, o‘z fikrini tortinmay bildirishni ta’kidlaydi. Ze
ro, sidirg‘a o‘quvchi bajaradigan ish juda muhim, mas’uliyatli, u
nihoyatda qunt bilan ishlashni talab etadi. U bunga qanchalik amal
qilsa, nashr sifati uchun shunchalik foyda bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bosqichining boshidan to oxirigacha muharrir
texnik muharrir bilan ko‘pgina masalani hal etishiga to‘g‘ri
keladi. Bunda bir qator vaziyatlami inobatga olish kerak bo‘ladi.
Birinchidan, kitob qismlari tadrijiy joylashishini ta’minlovchi rukn
(sarlavha)laming to'liq ro'yxatini tuzib chiqish, ya’ni qo‘lyoz-
maning ishchi (qoralama) sarlavhalarini belgilab chiqish kerak. Sar-
lavhalaming ishchi tarxini muharrir tayyorlaydi. Bunda yordamchi
hujjatda barcha ishlar qayd etilishi lozim, hatto eng kichik ichki
sarlavhagacha aniq aks etishi shart. Ayniqsa, ruknlaming bir-bi-
riga taalluqliligi, bir-biriga tobeligi aniq ko‘rsatilishi shart. Bunday
belgilash turli usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, ikki
tomonlama abzas belgisi qo‘yib, ostiga turli chiziqlar tortib, ba'zao1
murakkab ruknlami belgilashda texnik muharrirlikning turlicha
usullaridan foydalaniladi. Tajribali muharrir qo‘lyozma ruknlarini
belgilash uchun shunchaki texnik muharrirga o‘tkazib qo‘ya qol-
maydi. U texnik muharrir bilan qo‘lyozma mazmun-mundarijasi,
asar turi xususida suhbatlashadi, kitob shaklini aniqlashtiradi.
Ikkinchidan, muharriming у ana bir mas’uliyati, dunyoga kela-
digan kitobga uning konstruktori ko‘zi bilan qarashi, uning turli
unsurlari qanday ko‘rinishda bo‘lishini yaqqol tasawur qilishi
kerak. Albatta kitobni konstruksiyalash katta va murakkab ish va bu
masalani badiiy hamda texnik muharrir birgalikda hal qiladi. Lekin
muharrir bo‘lajak nashrni ayrim qismlarini qanday ko‘rinishga ega
bo‘lishini bir qadar tasawur eta olishi lozim.
Misol keltiramiz. Har bir kitob so‘z boshi yoki kirish bilan
boshlanadi. Ana shu bosqichdanoq so‘z boshi kitob sahifasiga
qanday joylashtirilishini tasawur etish mumkin. So‘ z boshi bir, ikki,
uch, hatto, yarim sahifani egallashi mumkin. Lekin so‘z boshidan
so‘ng asosiy matn ketadi. U albatta yangi betdan boshlanadi. Mana
shularni texnik muharrir bilan kelishib qilish kerak.
Korrektura о‘qish jarayonida ham texnik muharrir bilan ko‘pgina
masalalami hal etish talab etiladi. Masalan, matnni qisqartirishyoki
unga qo‘shimcha qilishgato‘g‘ri keladi. Matn ichigajoylashtirilgan
tasviriy materialning joyini o'zgartirish, ortiqcha bir-ikki satmi
boshqa sahifaga o‘tkazishni texnik muharrir bilan birgalikda hal
etish, xullas, muharrir texnik muharrir bilan hamkorlikda ishlashi
lozim. Bunda muharriming texnik muh«rrirga o‘z ishini eng yaxshi
tarzda bajarishligi uchun yordam berishi nazarda tutiladi.
Nashrni badiiy-texnik jihatdan bezash ancha murakkab hisobla
nadi. Bu ishda badiiy muharrir, rassom, fotograf, chizmachi va
boshqalar ishtirok etadi. Ayrim nashriyot-matbaa ijodiy uylarida
bu ishlar bilan maxsus bo‘lim shug‘ullanadi, ayrimlari mutaxassis
bilan shartnoma asosida ishlaydi.
Muharrir badiiy muharrir bilan amalda birgalikda ishlaydi,
zarur hollarda boshqa mutaxassislar bilan uchrashib, awalo,
131
rassom bilan uchrashib, maslahat berib turadi. Asarni badiiy-texnik
jihatdan bezashda ko‘pgina muhim masalalar hal etiladi. Lekin bu
osonlikcha amalga oshmaydi. Bunda gap oddiygina badiiy yechim
haqida emas. Gap shundaki, nashmi bezash loyihasini belgilashda
nashming o'ziga xos jihatlari (adabiyot turi, nashr tabiati, kimlarga
mo'ljallangan, tarqatish yo‘sini) to‘liq hisobga olinishi kerak.
Bulaming barchasida muharrir nashriyot boshqa bo‘limlarining
mutaxassislariga jiddiy yordam berishi mumkin. Axir qo‘lyozmani,
uning o‘ziga xos tomonlarini hammadan ko‘ra muharrirdan boshqa
yana kim yaxshiroq bilishi mumkin? Xulosa qilib aytish mumkinki,
kitobni bezash ishida badiiy muharrir etakchilik qiladi. Boshqalar
unga ko'maklashadi.
Muharrir nashr etish uchun qabul qilingan qo‘lyozma ustida
ishlashga kirishar ekan, kitobni bezash uchun buyurtma tayyorlaydi.
Buyurtmada bajariladigan ishlar qayd etiladi: muallifning ismi va
familiyasi, asar nomi, muqovasi, bosh varoqlarida ketadigan barcha
matn qayd etilishi, hajmi, bichimi, adadi, tashqi ko‘rinishi, tasviriy
materiallar soni va tavsifi, qoralama nusxa, ishning bajarilish
muddati - barchasi aniq belgilangan bo‘lishi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, nashr jarayonining ishlab
chiqarish bosqichida, boshqa jarayonlardan ko‘ra ko‘proq, nashriyot
turli soha mutaxassislari bilan ko‘proq aloqada bo‘ladi. Ishning
muvaffaqiyati bir shaxsga emas, balki jamoaga bog‘liq bo'ladi,
bunda muharrir, albatta, ulaming har biri bilan hisoblashishi, fikrini
hurmat qilishi kerak.
Ishlab chiqarish bosqichi g‘oyaviy-ijodiy vazifalami iqtisod
bilan jips bog‘liqligiga ko‘ra alohida ajralib turadi. Muharrirdan
g‘oyaviy va iqtisodiy jihatlami uyg‘unlashtira olish talab etiladi.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |