Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Kitobxonlar talabi va fikrini o‘rganish nima uchun zarur?
2. Kitob bozorini o'rganish uchun nimalar qilish kerak?
3. Adabiy tanqid kerakmi?
4. Kitobxonlaming xatlariga kim javob beradi?
3-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning
ahamiyati va bunda muharriming o‘rni
•
Kitob reklamasi jamoaviy ish
• Ko‘rgazmalar, tanlovlar, taqdimotlar o ‘tkazish
• Kitob reklamasida muallif ishtiroki
•
Nashrga tayyorlanayotgan asar reklamasi
Kitobni reklama qilish bir tarafdan odatiy va tushunarli tuyuladi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bu termin tez-tez uchrab
turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida nashriyotlaming nashr mahsu-
lotlarini, xususan, kitobni targ‘ib qilish tadbirlari tizimidan iborat
bo‘lib, nashrga tayyorlanayotgan yoki nashrdan chiqqan kitoblar
xususida iloji boricha keng o‘quvchilar onunasiga mumkin qadar
qo‘proq ma’lumot etkazish uchun nashriyotning barcha xodimlari
ishtirokini talab etadi. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan
nashriyotlar, noshirlik ishi bilan shug‘ullanayotgan firmalar kitob
reklamasi bilan shug‘ullanishda mutlaqo mustaqil, lekin shu bilan
birga, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi
qonunchilik xujjatlariga muvofiq shug‘ullanishlari, bunda turli
vositalardan (ichki, tashqi reklamalar va h.) foydalanishlari mumkin.
Ular kitobni reklama qilishda awalo uning mundarijasi, g‘oyasi,
umumlashtirilgan tajriba xususida ko'proq ma’lumot berishlari
maqsadga muvofiqdir. Ilmiy asarni targ‘ib qilish ilmni targ‘ib qilish,
ishlab chiqarish, o‘rta va kichik biznesni targ‘ib qilish demakdir.
Badiiy adabiyotni targ‘ ib qilish badiiy ijoddagi erishilgan yutuqlami
targ‘ib qilish hisoblanadi. Hozirgi zamon noshirlik ishida mazkur
142
sohaga e’tibor kattaligi tabiiydir. Ko‘pgina nashriyotlar tarkibida
reklama, tijorat va marketing bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.
Ushbu xizmatlar nashriyot-tahririyat bo‘limlari bilan jips aloqada
faoliyat olib borishlari lozimdir. Shundagina kitob reklamasi talab
darajasida amalga oshiriladi. Nashriyot o‘z faoliyatidan kutgan
daromadni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
Tahririyat xodimlari ko‘pincha o‘z maqolalari bilan matbuot
sahifalarida, radio va televidenieda chiqishlar qilib turishlari, kitob
savdosi, kitob ko‘rgazmalari, tanlovlar xususida fikrlar bildirib
borishlari lozim.
Bunday ishlarda, ya’ni nashrdan chiqqan kitoblami ommalash-
tirishda muharrir o‘ziga xos alohida o‘ringa ega.
Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, bu borada hech kim
muharriming o'mini bosa olmaydi. Chunki nashriyotning birorta
ham xodimi kitobning mazmun-mohiyatini, nazariy, amaliy qim-
matini, o‘ziga xos jihatlarini uning muharriridan ko‘ra yax-
shi bila olmaydi. Vaholanki, kitobni reklama qilish degani uning
mundarijasini ochib berishdir, buni hammadan yaxshi muharrir
bajarishi isbot talab qilmaydigan hoi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, muharriming kitobni targ‘ib qilishdagi ishtiroki, shun-
chaki qo‘shimcha, yordamchi ish emas, balki uning asosiy majbu-
riyatlaridan biri hamdir.
Kitobning reklamasida uning muallifi ishtirok etishi ham g‘oyat
muhim. Albatta, bunga turlicha qarashlar mavjud. Ba’zan kitob
reklamasi, qaysidir ma’noda, unga beriladigan baho, har bir muallif
ham bu xususda ob’ektiv bo‘lavermaydi, degan xavfsirashlar
yo‘q emas. Albatta, bunday mulohaza haqiqatdan unchalik yiroq
Do'stlaringiz bilan baham: |