3-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning
ahamiyati va bunda muharriming o‘rni
•
Kitob reklamasi jamoaviy ish
• K o‘rgazmalar, tanlovlar, taqdimotlar o (tkazish
• Kitob reklamasida muallif ishtiroki
• Nashrga tayyorlanayotgan asar reklamasi
Kitobni reklama qilish bir tarafdan odatiy va tushunarli tuyuladi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bu termin tez-tez uchrab
turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida nashriyotlaming nashr mahsu-
lotlarini, xususan, kitobni targ‘ib qilish tadbirlari tizimidan iborat
bo‘lib, nashrga tayyorlanayotgan yoki nashrdan chiqqan kitoblar
xususida iloji boricha keng o‘quvchilar ommasiga mumkin qadar
qo‘proq ma’lumot etkazish uchun nashriyotning barcha xodimlari
ishtirokini talab etadi. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan
nashriyotlar, noshirlik ishi bilan shug‘ullanayotgan firmalar kitob
reklamasi bilan shug‘ullanishda mutlaqo mustaqil, lekin shu bilan
birga, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi
qonunchilik xujjatlariga muvofiq shug‘ullanishlari, bunda turli
vositalardan (ichki, tashqi reklamalar va h.) foydalanishlari mumkin.
Ular kitobni reklama qilishda awalo uning mundarijasi, g‘oyasi,
umumlashtirilgan tajriba xususida ko‘proq ma’lumot berishlari
maqsadga muvofiqdir. Ilmiy asarni targ'ib qilish ilmni targ‘ib qilish,
ishlab chiqarish, o‘rta va kichik biznesni targ‘ib qilish demakdir.
Badiiy adabiyotni targ‘ib qilish badiiy ijoddagi erishilgan yutuqlami
targ‘ib qilish hisoblanadi. Hozirgi zamon noshirlik ishida mazkur
142
sohaga e’tibor kattaligi tabiiydir. Ko‘pgina nashriyotlar tarkibida
reklama, tijorat va marketing bo'limlari faoliyat yuritmoqda.
Ushbu xizmatlar nashriyot-tahririyat bo‘limlari bilan jips aloqada
faoliyat olib borishlari lozimdir. Shundagina kitob reklamasi talab
darajasida amalga oshiriladi. Nashriyot o‘z faoliyatidan kutgan
daromadni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
Tahririyat xodimlari ko‘pincha o‘z maqolalari bilan matbuot
sahifalarida, radio va televidenieda chiqishlar qilib turishlari, kitob
savdosi, kitob ko‘rgazmalari, tanlovlar xususida fikrlar bildirib
borishlari lozim.
Bunday ishlarda, ya’ni nashrdan chiqqan kitoblami ommalash-
tirishda muharrir o‘ziga xos alohida o‘ringa ega.
Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, bu borada hech kim
muharriming o‘mini bosa olmaydi. Chunki nashriyotning birorta
ham xodimi kitobning mazmun-mohiyatini, nazariy, amaliy qim-
matini, o‘ziga xos jihatlarini uning muharriridan ko‘ra yax-
shi bila olmaydi. Vaholanki, kitobni reklama qilish degani uning
mundarijasini ochib berishdir, buni hammadan yaxshi muharrir
bajarishi isbot talab qilmaydigan hoi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, muharriming kitobni targ‘ib qilishdagi ishtiroki, shun-
chaki qo‘shimcha, yordamchi ish emas, balki uning asosiy majbu-
riyatlaridan biri hamdir.
Kitobning reklamasida uning muallifi ishtirok etishi ham g‘oyat
muhim. Albatta, bunga turlicha qarashlar mavjud. Ba’zan kitob
reklamasi, qaysidir ma’noda, unga beriladigan baho, har bir muallif
ham bu xususda ob’ektiv bo‘lavermaydi, degan xavfsirashlar
yo‘q emas. Albatta, bunday mulohaza haqiqatdan unchalik yiroq
maqsadi, g‘oyasi, nuqtai nazari izchil va aniq bo‘lmasa, uning asari
tuzilish jihatdan puxta - muvaffaqiyatli chiqmaydi.
Badiiy asardagi har-bir unsur, voqea, hodisa, vosita hamisha
muayyan maqsadga xizmat qiladi, bir-biri bilan ham shaklan
ham mazmunan munosabatda bo‘lgan holda mantiqiy bog‘liqlik
- uyg‘unlik kasb etadi. Ko‘rinadiki, kompozitsiya asar mazmuni
to‘laqonli tarzda ayonlashuvni ta’minlovchi shakliy unsur ekan. Bu
unsurdan mohirona foydalanish, ya’ni uni aniq, maqsadga muvofiq
tanlash, albatta, har bir ijodchining ijod laboratoriyasini tadqiq
etishda asqotadi.
Albatta har bir ijodchi o‘zi tanlagan mavzu bo‘yicha asar
yaratishda kompozitsiyani o‘zi belgilashiga to‘g‘ri keladi. Lekin
ijodchi bu masalaga har qancha individual yondooshmasin, bunda
uning tanloviga ijodiy usul, adabiy yo‘nalish, oqim va bularga xos
va mos ijod tamoyillari bevosita ta’sir etadi, ijod namunasi shularga
bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Masalan mumtoz ijodiyotda asar
personajlarining tabiiy xususiyatlari - ijobiy yoki salbiy jihatlari
qat’iy belgilangan bo‘ladi va ularga xos jihatlar aniq va yorqin
ifoda topgan bo‘lishi shart. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”,
“Farhod va Shirin” asarlarida bu hoi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bularda asar kompozitsiyasi qaysidir ma’noda bir yoqlamalik
kasb etadi. Ya’ni yaxshi, yaxshi, yomon, yoman. Lekin badiiy
kompozitsiya ham o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lib, go‘yo
qahramonlar turg‘un holatini aks ettirishga xizmat qiladi. Mumtoz
ijodiyotdan farqli o‘laroq hayotiy ijod namunalarining tuzilishiga
muayyan tarixiy voqealar turmushtarzi, etnografik, e’tiqodiy omillar
o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ya’ni ijodchi shulami e’tiborga olgan holda
asar kompozitsiyasini tanlaydi. Qahramon mavjud tarixiy voqealar
ichida tasvirlanadi. Lekin shuni alohida e’tirof etish lozimki,
hayotiy asarlar kompozitsiyasi bir qolipda qotib qolgan emas,
balki zamon va makonda, ijod taraqqiyotining turli bosqichlarida
badiiy asar kompozitsiyasi turli shakllarga ega bo‘lgan dastlab,
badiiy asarni bir qahramon obrazi birlashtirib turuvchi bir necha
hikoyalardan iborat tuzilish yetakchilik qilgan bo‘lsa, keyinchalik
asar bosh qahramonining oldida qator to‘siqlami paydo qilish va
qahramon ulami birin-ketin yengib o‘tishi ustvmlik qilgan.
Mazkur tuzilishga ega asarlar XVIII asrdagi badiiy ijod namu-
nalariga taalluqlidir. XX asr badiiy ijodchiligida hayotiy asarlar
kompozitsiyasida turli-tuman o'zgarishlar kuzatildi. Asar tuzilishi
bir qator usul va vositalar tufayli rang-baranglashadi. Bu hoi
adabiyotda makon va zamon masalasi dolzarblashganligini anglar
tadi. Masalan, Oybekning “Qutlig‘ qon” romanidagi voqealar faqat
Toshkent shahrida bo‘lib o'tadi. Abdulla Qodiriyning “0 ‘tgan
kunlar” romanida Toshkent va Marg‘ilonda, G‘afur G‘ulomning
“Shum bola” asaridagi voqealar esa Toshkent shahri va uning
shimolidagi qishgloqlarda kechadi.
Zamon masalasiga kelsak “Qutlig‘ qon” asaridagi voqealar
20-asming ikkinchi o‘n yilligi o‘rtalarida, “0 ‘tgan kun”lardagi
voqealar 19-asming birinchi у armi oxiri va ikkinchi yarmi boshlarida
“Shum bola”ning boshidan kechirganlari 20-asr boshida yuz beradi.
Ayrim asarlar ham borki, ularda makon va zamon cheksizdek
tuyuladi. Masalan, Sadriddin Aynining “Qullar" romanida 400
yillik voqea, hodisalami qamrab olgan, bir emas bir necha avlod
hayoti o‘z aksini topgan. Bunday asar tuzilishini belgilash, qismlar
orasidagi tadrijiylik va mantiqiy bog‘liqlikni, uyg‘unlikni belgilash
ijodchidan yuksak mahorat va iqtidor talab etadi.
Ma’lumki asar kompozitsiyasiga zamon va makondagi ko‘z
ilg‘amas ufqlami sig‘dirishda muallif tavsifi, dialog, xotirlash,
monolog, ichki nutq, ruxiy kechinmalar, hikoya ichida hikoya, link
chekinish va h. usullardan foydalaniladi.
Aytaylik Oybekning “Bolalik”, Abdulla Qahhoming “0 ‘tmish-
dan ertaklar” asari, Ayniyning “Esdaliklar” asari xotiralar tarzida
tuzilishga ega. Sh. Xolmirzaevning “Hayot abadiy” hikoyasi tush
ko‘rish shaklidagi kompozitsiyaga ega. Oybekning “Novoiy”
romanining tuzilishi oddiy. Matn boblarga ajratilgan va tartib
berilgan, jami 37 bobdan iborat.
Har bin tuzilishiga ko‘ra o‘ziga xos, qisqacha kirish, xulosa
va asosiy qismdan iborat. Ayrim boblar rim raqami bilan (I, II)
qismlarga ajratilgan. Aslida har bir bob mustaqil asar (kichik
xajmdagi) bo‘ lishi mumkin, ulami asaming bosh qahramoni obrazi
birlashtirib turadi, bu asar kompoziyasiga yaxlitlik bag‘ishlaydi.
Quyidagi parchaga e’tibor beraylik. Parcha romanning o‘n
to‘qqizinchi bobining II qismi bo‘lib, u kompozitsiyasiga ko‘ra
mantiqiy mustaqil asar bo4 lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |