Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Muharrir bilan ishlab chiqarish bo‘limi xodimlarining
hamkorligi nimalarda ko‘rinadi?
2. Ishlab chiqarish bosqichida muharrir qanday muammolami
kimlar bilan birgalikda hal etadi?
3. Muharrir badiiy muharrir bilan nimalami hal etadi?
4. Muharrir nashriyutdagi qaysi bo‘limlar bilan hamkorlik
qiladi?’
5-BOB
NOSHIRLIK JARAY ONININ G
YAKUNLOVCHIBOSQICHI
Nashr jarayonining yakunlovchi bosqichi asar nishona nusxasini
tasdiqlash bilan boshlanadi va kitob o‘quvchisining qo‘liga borib
tegishi bilan tugaydi. Mazkur bosqich kitob reklamasi, tarqatilishi,
shuningdek e’lon qilingan nashrga jamoatchilikning baholash nati-
jalarini o‘rganishlik kabilami o‘z ichiga oladi.
l-§ . Kitob tarqatish ishining umumiy masalalari
•
Kitob tarqatish tizimi
• Kutubxonachilik va uning vazifasi
• Kitob savdosi va noshirlik
• Muharrir va marketing
Kitob insoniyat tarixida barcha kashfiyotlaming eng buyugi
ekanligi bugungi kunda jahon miqyosida tan olingan. U ijtimoiy
hodisa bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘qish, o‘rganish va uqish
uchun xizmat qiladi, undagi g'oya, bilimdan foydalanish kishilik
jamiyatining takomillashuvini ta’minlaydi. Agar nashrdan chiqqan
kitob hech kimni qiziqtirmasa, hech kimga keragi bo‘lmasa, unda
u ortiqcha matohga aylanadi va u kitob deb atalishga loyiq emas.
Kitob o‘zining asosiy, matniy muloqotlik vazifasini bajarishi
nashmi tarqatishning yaxshi shakllangan tizimi tufayligina amalga
oshadi.
Tarixan ma’lumki, kitobdan foydalanishning ikki omili mavjud:
birinchisi, kitoblar jamg‘armasi - kutubxonalar, ikkinchisi, aholiga
kitob sotishlik. Bu har ikki shakl, qaysidir darajada, biri ikkinchisini
to'ldiradi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng faqat tashkiliy
jihatdangina emas, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham awalgi-
sidan mutlaqo farq qiladigan noshirlik ishi tizimi yaratildi. Shunga
ko‘ra kitob tarqatish ishida ham tub o‘zgarishlar. yuz berdi. Aytfl-
ganlar to‘lig‘icha kutubxonalar va kitob savdosiga ham taalluqlidir.
0 ‘zbekistondagi bugungi kutubxonalaming bosh maqsadi,
umummilliy ilmiy merosni xalqimizga yanada yaqinlashtirish,
milliy mafkura, istiqlol g‘oyalari bilan oshno qilish hisoblanadi.
Bundan tashqari ular kuchli fuqarolik jamiyati, kelajagi buyuk
0 ‘zbekistonni bunyod etish ishiga sadoqatli komil insonlami -
barkamol avlodni tarbiyalashning faol ishtirokchisiga aylangan.
Kutubxonalar yurtimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohot-
lami, yangilanishlami keng miqyosda taig‘ibot qilish maskaniga
aylanmoqda. Ulardagi ilm, fan, texnikaga
aid,
shuningdek, ma’rifiy
adabiyotlar jamg‘armasi tobora boyib bormoqda. Kitob savdosi
tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Bugunga kelib, kitob savdosi kitob nashri tizimining ajralmas tarkibiy
qismiga aylandi. Ana shunday sharoitda muharriming zimmasiga
alohida mas’uliyat yuklanishi tabiiy. Muharrir nashr jarayonining
mazkur yakuniy bosqichi da umuman nashriyotning, xususan
muhari'iming manfaatlari mushtarakdir. Zero, har bir nashrdan
chiqqan asar o‘z o‘quvchisini topishligidan ular birdek manfaatdordir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida yaxslii yo‘lga qo‘yilgan kitob savdosi
umumjamiyat, umudavlat ishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ana shunday muhim vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun
nima qilish kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Buning uchun,
awalo, kitob, talabga ko‘ra, zarur miqdorda chiqarilishi lozim,
qolaversa o‘quvchi o‘zi uchun zarur kitob haqida o‘z vaqtida xabar
topishi kerak. Birinchi masalani aniq tashkillashtirish, ya’ni bozomi
o‘rganib, uning talabini hisobga olib, miqdomi belgilash yo‘li bilan
hal etish mumkin. Ikkinchi masalani esa chop etilgan adabiyotni
samarali targ‘ib-reklama qilish bilan hal etish lozim.
Chiqarilayotgan kitobning mavzuli annotasiyalangan rejasi kitob
reklamasining boshlanishi hisoblanadi. Kitob reklamasida muharrir
etakchi o‘rinni egallaydi. U, awalo, muallif bilan hamkorlikda
kitobga yaxshi nom tanlashi kerak. Bundan tashqari, kitobning haj
mi aniq bo‘lishi shart, chunki kitobning narxi uning hajmiga ko‘ra
belgilanadi, bu ma’lum darajada kitob o‘quvchisining qiziqishini
ham aniqlashtiradi.
Kitob adadini belgilash, uni tarqatish, kitobxonlarga yetkazish,
ya’ni kitob nashri bo‘yicha asosiy vazifani bajarish ko‘p jihatdan
annotasiyalangan mavzuli rejaga bog‘liqdir.
Muharrir nashriyotning marketing bo‘limi, kitob savdosi bi
lan shug‘ullanuvchi tijorat bo‘limi bilan yaqin aloqada faoliyat
olib borib, kitoblaming tarqatilishi (sotilishi) ishidan ham yaxshi
xabardor bo‘lishi talab etiladi. Bu bosqich ma’lumotlari keyingi
yil, umuman istiqboldagi nashrlar taqdirini belgilashda asqotadi.
Nihoyat kite о adadini belgilashda o‘quvchilar orasida o‘tkaziladi-
gan so‘rovlar muhim ahamiyatga ega bo‘ ladi. So‘rovnoma natijalari
ham kitob adadini belgilashning muhim omili hisoblanadi.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |