Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


J.Piaje  qarashlarini  L.S.Vigotskiy  tomonidan  tanqidiy  tahlili



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

J.Piaje  qarashlarini  L.S.Vigotskiy  tomonidan  tanqidiy  tahlili. 

J.Piajening  egotsentrik nutq vazifasi va taqdiri haqidagi farazidan 

gumon  qilib,  L.S.Vigotskiy  rus  psixologiyasida  birinchi  bolib 

bolalar  egotsentrizm  fenomenining  nazariy  tahlili  va  eksperi-



159


mental  tadqiqini  (o‘tkazgan)  ochib  bergan.  L.S.Vigotskiy  bola­

ning  rivojlanishida  egotsentrik  nutqni  yuzaga  kelishi  haqida  o‘z 

farazini taklif qilgan.  U  egotsentrik nutqni  «o‘zi uchun nutq»  si­

fatida  tashqi  ijtimoiy nutqdan  ichkiga  o‘tish bosqichi  sifatida tal- 

qin qilgan.

Bundan  kelib  chiqib  ichki  nutq  rivojlanishining  boshlang‘ich 

shakli  sifatida  egotsentrik  nutqning  tuzilish  shakli  sifatida  o‘zi- 

ga  xos xususiyatlari  xarakterlidir:  vaziyatda  chetda bo‘lgan  atrof- 

dagilar uchun tushunarsizlik, qisqartirilganlik, tushirib qoldirish- 

ga  moyillik,  egotsentrik  nutq  kattalarning  ichki  nutqi  bilan  uni 

yaqinlashtiruvchi,  juda  muhim  vazifani  bajaradi:  bola  xulq-at­

vorini  rejalashtirish,  tashkillashtirish  va  boshqarish  (funksiyasi) 

vazifasi.

L.S.Vigotskiy  egotsentrik  nutq  vazifalarini  bunday  izohlani- 

shini  isbotlash  uchun  qator  o‘ziga  xos  eksperimental  usullarni 

qollagan.  Masalan,  bolalarning  erkin  faoliyati  jarayoniga  buzi- 

lishlar va qiyinchiliklarni kiritish ma’lum bir vaziyatni bolada ke- 

rakli  qalam,  qog‘oz  bo'yoqni  mavjud  emasligi.  Ma’lum  bo‘lishi- 

cha,  qiyinchilik  vaziyatida  egotsentrik  nutq  koeffitsienti  deyarli 

ikki  martaga  oshgan.  Bola  yuzaga  kelgan  vaziyatni  anglashga 

harakat  qilib  o‘z-o‘zi  bilan  mulohaza  yuritadi:  «Qalam  qayerda 

endi  qizil  rangda  chizib  suv  bilan  ho‘llayman  (namlayman),  u 

qorayadi  va  ko‘k  rangga  o‘xshab  qoladi».  Singan  qalam  tramvay 

g‘ildiragini to‘g‘ri chizib tugatishga imkon bermasligi rasm sujeti- 

ni o'zgartirishga undaydi,  keyin gap  tramvayning ishdan chiqishi 

va uni sozlash haqida ketadi.  Egotsentrik nutq funksiyasi xulq-at- 

vorning  murakkab  uyg‘unligidir  (ritmligi)  yanada  keng  ma’noda 

murakkab  vaziyatdan  chiqish  rejasini  ishlab  chiqish  kelgusidagi 

xatti-harakatlarni fikrlash,  rejalashtirish va boshqarish vositasidir. 

Shu  o‘rinda  bunday  rol  haqida  J.Piaje  quyidagi  fikrlarni  bildir- 

gan:  bola  o‘zining  xatti-harakatlari  xususida  faqat  ovoz  chiqa- 

rib  o‘ylasaa,  sira  hech  nimani  hech  kimga  aytishni  xohlamaydi. 

Bunday  tarzda  egotsentrik  nutq  taqdiri  uning  xususida  butunlay 

ichki  nutqqa  tubdan  o‘zgartirish  bilan  bog‘liq.  J.Piajening  egot-



160


sentrik nutq haqidagi  dastlabki tasavvurlarini  (J.Piaje  egotsentrik 

nutqni  ta’limotining  negizi  sifati  ko‘rib  chiqqan)  L.S.Vigotskiy 

buzib,  egotsentrizm fenomenining  o‘zini inkor qilgan.

J.Piaje  hamkasbining  egotsentrik  nuqtayi  nazarini  rivojla­

nish  yo‘llari  haqidagi  aytgan  farazining  ahamiyatga  ega  ekan- 

ligini  e’tirof etgan.  U  egotsentrizm  individualizm  emasligini  o‘z 

«Men»ini  anglashni haddan ortiq oshib  ketmasligini,  balki bilish 

istiqbollarini  o‘zgartirishini  oldindan  detentratsiya  qila  olmas- 

lik ekanligini e’tirof etib,  yana bir bor egotsentrizm tushunchasi- 

ga  oydinlik kiritgan.  J.Piaje  fikriga  ko‘ra,  egotsentrizm fenomeni 

umumiy xarakterga  ega bo‘lib,  nutq  sohasida  faqat  uni  ifodalash 

bilan bog‘lab berilmaydi. Bilish egotsentrizmi, xususan kattalarda 

fikr-mulohaza  yuritganda  yoki  bilish jarayonida  o‘zining  obyek­

tiv holatini hisobga  olmaganda  (dastlabki faoliyat davrida ma’ru- 

za o‘qiyotgan o‘qituvchi o‘zi qay darajada bilsa, taxminan shu da­

rajada talabalar biladi,  deb  o‘ylashi  mumkin)  kuzatiladi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish