9.2. J.Piajening intellekt operatsional ta’Iimoti
1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va
izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa bir vaqtning o‘zi-
da bir qancha, ya’ni biologik, gneseologik, psixologik, manti-
qiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo‘lgan murakkab tizim sifatida
intellektni kompleksli o‘zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikri
ga kola, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni
nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariya
sining asosiy savollariga eksperimental javob berishni talab qiladi:
anglanilmaganlikdan bilishga, noaniqlikdan aniq bilishga o‘tish
qanday sodir bo‘ladi. Tug'ma g‘oyalar mavjudmi yoki bizning bi-
limimiz butunlay tajribadan olinadimi, bilishning asosiy kategori-
yalari tushunchalari obyekt, makon, vaqt, miqdor va boshqalar
qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhiti-
ga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qan
day tirik organizm atrof-muhit bilan uyg‘un o‘zaro munosabat-
ni qollab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega boladi. Ya’ni muhitga
161
moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo‘lish kuzatiladi.
Muhit ta’siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm ya
na qaytadan muvozanatga, moslashishga erishish uchun yo‘qotil-
gan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo‘lishi kerak.
Masalan, kesilgan barmoq, ya’ni chetdan muhit ta’sirida lat ye-
yish, jarohat olish, o‘zini o‘zi nazorat qilish jarayonlarini faol-
lashtiradi, ular pirovard natijada turg‘unlikni, barqarorlikni, ya’ni
kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Pia
je tomonidan muvozanatga, xususan bilishga intilish rivojlanish-
ning yuqori tamoyili sifatida e’tirof etilgan. Muvozanat omilini
joriy etish harakatda bo‘lish jarayoni o‘zini o‘zi rivojlantirish si
fatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi sifatida tushuni-
lishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil
yo‘nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan
hosil bo‘ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi
yo‘nalgan, lekin chambarchas bog‘liq va xulq-atvordagi bir-birini
to‘ldiruvchi tendensiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa
bo'ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo‘lgan harakat
chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo‘ladi. Mutolaa
qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib
olish chizmasidan foydalanib, har xil obyektlarni olishi mumkin.
Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini, barqarorli-
gini ta’minlaydi. Muammoli vaziyatning o‘zi yoki yangi obyekt
ba’zi o‘zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.
Akkomadatsiya — bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga mu-
vofiq ravishda chizmani o‘zgartirishda rivojlanish, yangi chiz-
malarni ishlab chiqishni ta’minlaydi. Assimilyatsiya va akkoma
datsiya tendensiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada
samarali moslashuvni ta’minlaydi, lekin bu holat har doim tax-
miniy vaqtincha bo‘lib, buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy
qismlarni xulq-atvordagi o‘zaro aloqasi har xil bo‘lishi mumkin.
Akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalar-
ning ramziy o‘yinlarida kuzatiladi. Bolaning xohishi va qiziqishi-
dan bog‘liqlikda qari daraxt bo‘lagi «hazilkash» ham qo‘g‘irchoq,
162
ham qayiq, ham samolyot bo‘lishi mumkin. Akkomadatsiya
ko‘proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta’sir xususiyatlari-
ga o‘z xulq-atvorini o'xshatish vaziyatida (masalan, bola quti-
ning ochilib yopilishini og‘iz harakatlari orqali taqlid qiladi «o‘lik
o‘rdak» obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon boladi.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydala
nish tajribasi asosida shakllanadi. Obyektlarni bilish uchun sub-
yekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab
ko‘rish, yaqinlashish, yo‘q qilish, aralashtirish, taqqoslash va
boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko‘rinishida
saqlanadi. Faoliyat chizmasi — J.Piaje ta’limotidagi juda muhim
tushunchalardan biridir. So‘zning tor ma’nosida harakat chizma
si tushunchasi bu umumiy bolib, turli vaziyatlarda ko‘p mar
ta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So'zning keng ma’nosi
da harakat chizmasi — bu ma’lum bir darajadagi aqliy rivojlanish
tuzilmasidir. Ma’lum bir bosqichda harakatning umumiy chiz-
masini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi.
Shuning uchun J.Piaje ta’limoti operatsional deb ataladi. Ope-
ratsiya — bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ich
ki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davo
mida shakllanadi, egallagan tajribaga ega bolib, rivojlanishning
turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va ak
komadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluk
sizligi va ketma-ketligini ta’minlaydi, fikrlash harakatlarini (tu
zilishi) tashkillashning o‘ziga xosligi esa intellektning ajratilgan
bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko‘ra, psixikaning rivojlanishi
— bu yetakchi intellektual ko‘rinishlarini o‘zgarishidir. Har bir
bosqich boshqasining ustiga ko‘riladi, ularning har biri keyingi-
larini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish)
kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan, ularni yuz
berish tezligi esa har xil bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |