Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  J.Piajening  intellekt  operatsional ta’Iimoti



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

9.2.  J.Piajening  intellekt  operatsional ta’Iimoti

1930-yillardan  boshlab  J.Piaje  tomonidan  belgilangan  va 

izchil  ravishda  hal  etib  borilgan  ulkan  vazifa  bir  vaqtning  o‘zi- 

da  bir  qancha,  ya’ni  biologik,  gneseologik,  psixologik,  manti- 

qiy  va  ijtimoiy  tomonlarga  ega  bo‘lgan  murakkab  tizim  sifatida 

intellektni  kompleksli  o‘zaro  tartibli  tahlildir.  J.Piajening  fikri­

ga  kola,  bolalarning  kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni 

nazorat  qiluvchi  psixologiyaning  genetik  metodi  bilish  nazariya­

sining asosiy savollariga eksperimental javob berishni talab qiladi: 

anglanilmaganlikdan  bilishga,  noaniqlikdan  aniq  bilishga  o‘tish 

qanday sodir bo‘ladi.  Tug'ma g‘oyalar mavjudmi yoki bizning bi- 

limimiz butunlay tajribadan olinadimi, bilishning asosiy kategori- 

yalari  tushunchalari  obyekt,  makon,  vaqt,  miqdor  va  boshqalar 

qanday  shakllanadi.  J.Piaje  inson  intellektini  yashash  muhiti- 

ga  moslashish  shakllaridan  biri  sifatida  talqin  qilgan.  Har  qan­

day  tirik  organizm  atrof-muhit  bilan  uyg‘un  o‘zaro  munosabat- 

ni qollab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega boladi. Ya’ni muhitga

161



moslashish  ehtiyoji  muhit  bilan  muvozanatda  bo‘lish  kuzatiladi. 

Muhit ta’siri organizmni muvozanatdan chiqaradi.  Organizm ya­

na qaytadan muvozanatga,  moslashishga erishish uchun yo‘qotil- 

gan  muvozanatni  qoplashda  uzluksiz  faol  holatda  bo‘lishi  kerak. 

Masalan,  kesilgan  barmoq,  ya’ni  chetdan  muhit  ta’sirida  lat  ye- 

yish,  jarohat  olish,  o‘zini  o‘zi  nazorat  qilish  jarayonlarini  faol- 

lashtiradi, ular pirovard natijada turg‘unlikni, barqarorlikni, ya’ni 

kesilgan  barmoqdagi  teri  qoplashini  qayta  tiklashi  kerak.  J.Pia­

je  tomonidan  muvozanatga,  xususan bilishga  intilish  rivojlanish- 

ning  yuqori  tamoyili  sifatida  e’tirof etilgan.  Muvozanat  omilini 

joriy  etish  harakatda  bo‘lish jarayoni  o‘zini  o‘zi  rivojlantirish  si­

fatida  psixik  rivojlanishni  intellekt  rivojlanishi  sifatida  tushuni- 

lishiga  imkon beradi.  Bilishga  moslashish jarayoni  ikkita  har  xil 

yo‘nalishdagi  jarayonlar  assimiliyatsiya  va  akkomodatsiyadan 

hosil  bo‘ladi.  Assimiliyatsiya  va  akkomodatsiya  qarama-qarshi 

yo‘nalgan,  lekin chambarchas bog‘liq va xulq-atvordagi bir-birini 

to‘ldiruvchi  tendensiyadir.  Ovqat  va  hazm  qilish  bilan  qiyoslasa 

bo'ladi.  Muammoli  vaziyatni  hal  qilish  mavjud  bo‘lgan  harakat 

chizmasi yoki  kognitiv chizma yordamida  sodir bo‘ladi.  Mutolaa 

qilganda  axborot  assimilyatsiyasi  yuz  beradi.  Bola  umumiy  qilib 

olish chizmasidan foydalanib,  har xil obyektlarni  olishi  mumkin. 

Assimilyatsiyani  bilish  tuzilishlarini  bir  butunligini,  barqarorli- 

gini  ta’minlaydi.  Muammoli  vaziyatning  o‘zi  yoki  yangi  obyekt 

ba’zi o‘zgarishlarga  (transformatsiyalarga)  uchragan.

Akkomadatsiya  —  bu  yangi  vaziyatga,  yangi  vazifaga  mu- 

vofiq  ravishda  chizmani  o‘zgartirishda  rivojlanish,  yangi  chiz- 

malarni  ishlab  chiqishni  ta’minlaydi.  Assimilyatsiya va  akkoma­

datsiya tendensiyalarini  muvozanatlashtirish birmuncha  darajada 

samarali  moslashuvni  ta’minlaydi,  lekin  bu  holat  har  doim  tax- 

miniy vaqtincha bo‘lib,  buzilishi yana kuzatiladi.  Ushbu tarkibiy 

qismlarni xulq-atvordagi  o‘zaro  aloqasi  har xil bo‘lishi  mumkin. 

Akkomadatsiyadan  assimilyatsiyani  ustunligi  kichkina  bolalar- 

ning ramziy o‘yinlarida kuzatiladi.  Bolaning xohishi va qiziqishi- 

dan bog‘liqlikda  qari  daraxt bo‘lagi  «hazilkash» ham qo‘g‘irchoq,



162


ham  qayiq,  ham  samolyot  bo‘lishi  mumkin.  Akkomadatsiya 

ko‘proq  taqlid  qiluvchi  harakatlarda  tashqi  ta’sir  xususiyatlari- 

ga  o‘z  xulq-atvorini  o'xshatish  vaziyatida  (masalan,  bola  quti- 

ning ochilib yopilishini og‘iz harakatlari orqali taqlid qiladi «o‘lik 

o‘rdak»  obrazini harakatlari orqali yaratadi)  namoyon boladi.

Bolaning  intellekti  faoliyat  asosida  narsalardan  foydala­

nish tajribasi  asosida  shakllanadi.  Obyektlarni  bilish  uchun  sub- 

yekt  ular  bilan  birga  harakat  qilishi  kerak:  tutib  qolish,  ushlab 

ko‘rish,  yaqinlashish,  yo‘q  qilish,  aralashtirish,  taqqoslash  va 

boshqalar.  Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko‘rinishida 

saqlanadi.  Faoliyat  chizmasi  — J.Piaje  ta’limotidagi juda  muhim 

tushunchalardan biridir.  So‘zning tor ma’nosida harakat chizma­

si  tushunchasi  bu  umumiy  bolib,  turli  vaziyatlarda  ko‘p  mar­

ta  takrorlanuvchi  harakatda  saqlanadi.  So'zning  keng  ma’nosi­

da harakat chizmasi — bu ma’lum bir darajadagi aqliy  rivojlanish 

tuzilmasidir.  Ma’lum  bir  bosqichda  harakatning  umumiy  chiz- 

masini  rivojlanishini  operatsiyaga  (operant  tuzilishga)  aylanadi. 

Shuning  uchun  J.Piaje  ta’limoti  operatsional  deb  ataladi.  Ope- 

ratsiya — bu tizimda  qaytariluvchan va guruhlarga  ajratilgan ich­

ki  predmetli  harakatdir.  Fikrlash  faoliyatini  tuzishi  hayot  davo­

mida  shakllanadi,  egallagan  tajribaga  ega  bolib,  rivojlanishning 

turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi.  Assimilyatsiya va ak­

komadatsiya jarayonlari  ontogenezdagi  aqliy  rivojlanishni  uzluk­

sizligi  va  ketma-ketligini  ta’minlaydi,  fikrlash  harakatlarini  (tu­

zilishi)  tashkillashning  o‘ziga  xosligi  esa  intellektning  ajratilgan 

bosqichlarini  aniqlaydi.  J.Piajega  ko‘ra,  psixikaning  rivojlanishi

—  bu  yetakchi  intellektual  ko‘rinishlarini  o‘zgarishidir.  Har  bir 

bosqich  boshqasining  ustiga  ko‘riladi,  ularning  har  biri  keyingi- 

larini  shakllanishi uchun zarur,  shuning uchun ularning  (borish) 

kechish  tartibi  qayd  qilingan va  shunday belgilangan,  ularni  yuz 

berish tezligi esa har xil bolishi  mumkin.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish