Suyuqlik hajmining saqlanish testi.
О ‘tkazish bosqichlari
1. Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bi
lan to'ldirilgan ikkita stakan ko‘rsatiladi. Bola ikkala stakanda
suyuqlik miqdori bir xilmi deb so‘raydi. Bola suvlar bir xilligini
tushunib yetishi juda muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish
majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi albat-
ta perseptiv idrokli o‘xshashlik bilan kuzatiladi, ikkala stakanda-
gi suvlar darajasi miqdori tenglashtirilgan.
2. So‘ngra eksperimentator katta odam suvni bir stakandan
boshqa shakldagi kengroq va pastroq stakanga quyadi. Odatda,
eksperimentator bolaning diqqatini ushbu boshqatdan quyishga
qaratadi. Qara, men nima qilayapman, o‘zgartirish qilinadi, bun-
da garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham ta’sir ko‘rsatma-
sa-da, perseptiv idrokli o‘xshashlik buziladi.
2.
Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakan
da suv miqdori bir xilmi, lekin albatta avvalgi dastlabki shakl-
da bo‘lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar saqlash-
ning standart topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha
tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, J.Piaje fenomen-
lari — fazoviy, perseptiv qayta o‘zgartirishda obyektlarning turli
xususiyatlarini saqlash doimiylik, invariantlik haqida ularga xos
tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi eng
ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarda ifodalanishi mumkin. Odatda, bola stakanlardan birida-
gi suv endi kamroqligi yoki ko‘proqligini aytadi, ya’ni persep
tiv qayta o‘zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qo-
lishini tushunish yo‘qoladi. Bunda saqlanib qolmaslik fenomeni
kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola obyektni idrokka
tayanib, dolzarb yaxlit, bevosita egotsentrik sifatida baholaydi. U
aynan holatga diqqatini yo'naltiradi va bir vaqtning o‘zida ol-
din predmetlar qanday ko‘rinishda bo'lganligi haqida o‘ylay ol-
165
maydi, amalga oshirishgan harakat, umuman olganda qaytari-
lishini, suv bir xil stakanlarga quyilgan bolishi mumkin, bitta
obyektga diqqatini qaratib, suyuqlik darajasini past-balandligida-
gi farqi bir vaqtda ikkita parametrni, stakan balandligi va keng-
ligini e’tiborga ololmaydi. J.Piaje saqlanib qolmaslik fenomenini
bolani yetti yoshga tolgunga qadar mantiqiy fikr-mulohaza yu-
ritishga va detsentratsiyasiga markaziy vazifalarni mahalliyga be
rish qodir emasligini isboti sifatida baholaydi. Bu vaziyatda ikka
la stakandagi suvlar miqdori bir xilmi degan takroriy savolga bola
xususiyatlar tengligini ta’kidlaydi. U belgilar saqlanib qolishini
aytadi. Saqlanib qolish testini bajarishi aniq operatsiyalarni ish
lash mezonidir. Eslatib olam iz, mantiqiy operatsiya — bu qay-
tariluvchanlik bilan xarakterlanadigan aqliy harakatdir. Qaytari-
luvchanlik, masalan, A va В hamda В va A o‘rtasidagi masofa
tengligini tasdiqlash nisbatiga, yoki qo‘shish va ayirish munosa-
batiga taalluqlidir. Qaytariluvchanlik tamoyilidan xayolan foyda
lanish qobiliyati aniq operatsional tafakkur bosqichini egallash-
ning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. J.Piaje topshiriglning
boshqa varianti — ko‘p jihatlarni inobatga olish testi yaxlit va
uning qismlarini taqqoslashni taklif etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |