Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Realizm.

  Rivojlanishning  ma’lum bir bosqichida bolalar pred- 

metlarni  qanday  bevosita  idrok  qilsalar,  ana  shunday  talqin 

qiladilar.  (Masalan,  sayr davomida oy bolani kuzatib boradi), rea­

lizm intellektual bo‘ladi — shamol daraxt shoxlarini silaydi, pred- 

metning nomi predmetni o‘zi kabi shu qadar aniq bo‘ladiki, pred- 

met  ko‘rinishi  ochiq-oydin  va  bola  buyum  haqida  nimani  bilsa 

barchasini qamrab oladi. Axloqiy realizm bola xatti-harakatlarida 

ichki  maqsadni  inobatga  olmay  u  haqida  faqat  pirovard  natija- 

ga qarab fikr yuritishida namoyon boladi.  Masalan,  kim ko‘proq 

piyola  sindirgan  bolsa  ana  shu  ko‘proq  aybdor boladi,  ya’ni bit- 

tasi  yordam  berishni  xohlab,  tasodifan  idishni  qolidan  tushirib 

yuborgan  bolsa  ikkinchisi,  g‘azablanib  atayin  idishlarni  sindir- 

gani hisobga  olinmaydi.

Animizm  umumiy  ruhlantirish,  ong  va  hayot,  his-tuyg‘ular 

bilan  buyumlarni  taqsimlashni  birinchi  navbatda  mustaqil  ha- 

rakatlanuvchilarni,  masalan,  bulut,  daryo,  oy,  avtomobil,  ulov 

o‘zida namoyon qiladi.



157


Artifikalizm tabiat hodisalarini inson faoliyati bilan taqqoslab 

tushunishdir.  Barcha  mavjudlik  inson uchun yoki uning  irodasi- 

ga ko‘ra inson tomonidan yaratilgan sifatida talqin etiladi, quyosh 

bizga  yorug‘  bo'lishi  uchun,  ko‘l  kemalar  suzishi  uchun.  J.Pia­

je tomonidan bolalar mantiqining  o'ziga xos xususiyatlari  ajratil- 

gan  ro‘yxat  orasida  sinkretizm  bolalar tasavvurining  subyektivli- 

gi  va  dolzarb  umumiyligi,  barcha  bilan  barchani  bog‘lash  fikri, 

tendensiyasi bir-biriga yaqin sifatida tafsilot,  sabab va oqibatlarni 

idrok qilish;

—  transduksiya  umumiylikni  chetlab  xususiydan  xususiylikka 

o‘tish;

—  sintez  va  o‘z  holatiga  qobiliyatsizligi  flkr-mulohazalar 

o‘rtasidagi bog‘liqlikni mavjud emasligi;

—  qarama-qarshilikka  sezgir emaslik;

—  o‘zini  o‘zi  kuzata  olmaslik;

—  anglashdagi qiyinchiliklar;

—  tajriba  uchun  sir  boy  bermaslik bola  tashqi  ta’sirlar,  tarbi- 

yadan  ayrim  izolatsiya  qilinmagan,  lekin unda bu  o'zlashtirilgan 

va shakli  o'zgargan.

Barcha  bu  xususiyatlar bola  mantig‘ini  belgilovchi  kompleks- 

ni,  kompleks  asosida  esa  egotsentrik  nutq  va  tafakkur  yotadi. 

A.Binening uch aka-ukalar haqidagi vazifani hal etish jarayonida 

bolalarda  egotsentrizmning  yaqqol  namoyon  bo‘lishi  kuzatiladi. 

Shunday  qilib,  oilada  uchta  aka-uka  Mitya,  Vova,  Sasha  bo'lsa- 

yu va Sashadan uning nechta akasi borligi so‘ralganda,  u o‘zining 

ikkita akasini Mitya va Vova deb aytib, to‘g‘ri javob beradi.  Keyin 

Mityada  nechta  ukasi  borligi  aniqlashtirilganda  odatda  olti-yetti 

yoshgacha bola yanglishadi.  Bitta Vova deya javob berdi vaholan- 

ki,  to‘g‘ri javob  uchun  u  xayolan  o‘rnini,  pozitsiyasini  o'zgartiri- 

shi zarur edi,  akasi  Mitya o‘rnini egallashi kerak, buni esa u ud- 

dalay olmaydi.

Bolaning  egotsentrik  holatini  yaqqol  namunasi  sifatida  uch 

tog‘  maketi bilan bog'liq bo'lgan  eksperiment xizmat  qiladi.  Bo­

la  uchta  har xil  rangdagi  va  qo'shimcha  farqlanuvchi  belgilarda-



158


gi  qorli  cho‘qqi,  uycha,  daraxt  tog‘  maketlari joylashtirilgan  stol 

qarshisiga  o‘tiradi.  Boshqa  tomonda  qo‘g‘irchoqlar  joylashtiril­

gan.  Boladan  (topshiriq  variantlaridan  birida)  unga  havola  etil­

gan  nusxalardan  tog‘  ko‘rinishi  tasvirini  qo‘glrchoq  ularni  qa­

nday  ko‘rayotgan  bo‘lsa,  xuddi  shunisini  topish  so'ralgan,  6—7 

yoshgacha bolalar o‘zlari  nimalarni  ko‘rsalar,  u aks  ettirilgan  su- 

ratni tanlashga  moyildirlar.  J.Piaje  «Egotsentrik  illyuziyaning  bu 

fenomenini boshqa nuqtayi nazarlar mavjudligi va ularni o‘ziniki 

bilan  solishtirib  bolmasligi  tasavvurlarning  mavjud  emasligi  bi­

lan tushuntirgan.

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  pozitiyasi  (holati)  si­

fatida  egotsentrizm  ildizi  nimadan  iborat?  J.Piaje  ularni  bola­

lar  faoliyatining  o‘ziga  xos  xarakterida  (masalan,  ota-onaning 

g‘amxo‘rligi  bolaning  barcha  moddiy  ehtiyojlarini  oldindan  ba- 

jarib  qo‘yadi va  u  deyarli  ziddiyatli  narsalar bilan uchrashmaydi) 

bolani  nisbatan  kechroq  ijtimoiylashuvida,  ijtimoiy  muhitga  7—8 

yoshdan oldinroq moslashmasligida ko‘radi.

Egotsentrizmni  bartaraf  etish  uchun  subyekt  sifatida  o‘z 

«Men»ini anglash va obyektdan subyektni ajratish boshqalar bilan 

o‘z  nuqtayi  nazarini  muvofiqlashtirishga  o‘rganish  zarur.  Egot­

sentrizmni  pasayishiga  yangi  bilim  qo‘shilmasdan,  balki  oldingi 

yondashuv o‘zgarganligi bilan izohlanadi.

Kattalar bilan munosabat ko‘proq majbur qilish munosabatidir 

u  bolani  o‘z  subyektivligini  anglashiga  olib  kelmaydi.  0 ‘zi  ha­

qidagi  bilimlarni  rivojlantirishi  ijtimoiy  o‘zaro  ta’sirdan  sodir 

boladi,  bu  munosabatda  bolaning  tengdoshlari  bilan  hamkorlik 

qilish juda  muhimdir.  Bunday tarzda  asta-sekin bilish  tendensi- 

yasi markaziy ba’zi bir vazifalarni mahalliyga berilishi sodir bolib 

ijtimoiylashgan fikr egotsentrizmni  siqib  chiqaradi va  egotsentrik 

nutq yo‘qolib,  yo‘q bolib  ketadi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish