J.Piaje egotsentrik nutq faktlarida bolalar fikrini sifat jihatidan
o‘ziga xosligining muhim isbotini ko‘rgan. J.Piaje fikriga ko‘ra,
kuzatish metodi intellektual testlar bolalar fikrini o‘ziga xos xu-
susiyatlarini ochishga qodir emas. Test tekshiruvi vazifani hal
etishning pirovard natijasinigina qayd etgan J.Piaje esa maktab-
gacha tarbiya yoshidagi bolalar tafakkurining ichki tuzilishiga-
cha kirib borishga harakat qilganini J.Piaje yangi metodni, klinik
yoki suhbat metodini ishlab chiqqan. J.Piajening klinik suh-
bat metodini bu bola bilan qayd qilingan me’yoriy savollar bi
lan chegaralanib qolmay erkin suhbatlashishidir. Eksperimenta-
tor va bolaning muloqotini mazmuni tabiat hodisalari tushlar,
axloqiy me’yorlarga taalluqli bo'lgan. Kundalik hayotda bolalar
o‘zlari ko‘pincha kattalarga beradigan savollardan iborat edi. «Os-
monga quyosh qayerdan kelgan, nima uchun quyosh qulamay-
di, u qanday turibdi, nima uchun quyosh porlaydi, nima uchun
shamol esadi, shamol qanday qilib hosil bo'ladi, odamlar qanday
qilib tush ko‘radilar». Klinik metod bu puxta amalga oshiriladi-
gan ma’lumotlarni aniqlash, nutq va aqliy rivojlanishning yoshga
bog'liq kesimidir. Tadqiqotchi savollar berib, bolaning fikr-mu-
lohazalarini tinglaydi. Bolaning har bir oldingi javobiga bog‘liq
bo'lgan qo‘shimcha savollarni keyin beradi. U bola holatini nima
aniqlashi uning bilish faoliyati tuzilishi qandayligini aniqlash-
ni nazarda tutadi. Klinik suhbat davomida bola reaksiyasini no-
to‘g‘ri talqin qilish ayni damda kerakli bo'lgan savolni topa olmay
gangib qolish yoki aksincha kutilayotgan javobni singdirish xavfi
har doim mavjud bo'ladi. Klinik suhbat o'ziga xos so'rov qilish
san’atini aks ettiradi.
J.Piajening dastlabki farazi go'dakning autizmdan kattalar-
ning amaliy ijtimoiylashgan tafakkuriga o'tishini ta’minlovchi ta-
fakkurning oraliq shakli egotsentrik tafakkurni aniqlanganligida
edi. J.Piaje psixoanalizdan autistik va ijtimoiylashgan fikrlar far-
qini o'zlashtirib olgan. Autistik fikr xohishni, ehtiyojni qondirish-
ga intilish bilan boshqariladigan individuallashtirilgan yo'nalma-
gan ongsizlikdir, u obrazlarda namoyon bo'ladi. Ijtimoiylashgan
156
ongli yo‘nalgan fikr ijtimoiy bo‘lib, anglangan ongli maqsadlar-
ga intiladi, voqelikka uyg‘unlashadi, tajriba va mantiq qonunlari-
ga bo‘ysunadi. Nutqda ifodalanadi, egotsentrik tafakkur — irsiy,
funksional tuzilmaviy nuqtayi nazarlardan rivojlanishidagi oraliq
shakldir. Bolalar tafakkurining asosiy o‘ziga xos xususiyati sifa
tida egotsentrizm olam haqida faqatgina o‘zining bevosita fikri-
da turadi va boshqalarnikini hisobga olmaydi. J.Piaje tomonidan
egotsentrizm bilishning anglanmagan tizimli illyuziyasining bir
turi bolaning yashirin aqliy yondashuvi sifatida ko‘rib chiqilgan.
Shu bilan birga egotsentrik tafakkur — tashqi olam ta’sirining
murakkab belgisi, bu o‘z manbalarida faol bilish yondashuvi, aql-
ning boshlang‘ich bilish markazidir. J.Piaje egotsentrizmni bola
lar tafakkurining barcha boshqa o'ziga xos xususiyatlarining aso-
si, ildizi sifatida talqin qiladi, egotsentrizmni bevosita kuzatuvda
aniqlab bolmaydi, u boshqa fenomenlar orqali namoyon bo‘ladi.
Ularning orasida bolalar tafakkurining xususiyatlari mavjud: rea-
lizm, animizm, artifikalizm va realizm.
Do'stlaringiz bilan baham: