dromning tabiiy-iqlim sharoitlarni hisobga olib, ekspluatatsiya holatida ushlab
turish ishlarini rejalashtirish va bashorat qilish uchun aerodromdagi har bir
obyektni fenologik tadqiqotdan o‗tkazish lozim. Fenologiya, bu-mavsumiy ta-
biat hodisalari va ularning sodir bo‗lish davri va
sabablari haqidagi bilimlar
majmui.
§1.25 Havo va yer harorat rejimining asosiy qonuniyatlari
Havo va yer yuzasi haroratining sutka va yil davomida o‗zgarib turishini
«harorat yurishi» deyiladi. U o‗zgarishlar (tebranishlar) amplitudasi, ya‗ni sut-
kaning eng issiq va eng sovuq o‗rta soatlik yoki oylik haroratlari o‗rtasidagi
farq bilan tavsiflanadi. Yilning eng issiq va eng sovuq oylari haroratining farqi
ham olinishi mumkin.
Haroratning sutkalik va oylik o‗zgarishlari o‗zgarmas xususiyatga ega
bo‗lib, garmonik qonunga bo‗ysunadi. Sutka
davomida eng yuqori harorat
ko‗pincha 15 soat, eng kami-5 soat bo‗ladi. Rossiya hududida eng sovuq oy
yanvar hisoblanadi, dengiz va okean qirg‗oqlarida esa-fevral.
Yanvarda eng
past harorat Sibirning shimol-sharqida kuzatiladi, Verxoyansk atrofida minus
50°C, Oymyakon atrofida minus 55,7°C ga yetadi. Fevral-martdan boshlab ha-
rorat hamma geografik yo‗nalish bo‗ylab orta boradi. Bu o‗sish taxminan ya-
rim yil suv bo‗ylarida eng iliq oylar-iyul va avgust boshlanguncha davom etadi.
Eng kam musbat harorat Sibirning qutb basseynidagi dengizlar qirg‗osida (4-
6°C), Evropa qismida (10°C) kuzatiladi. Janubga siljigan sari iyulning o‗rtacha
oylik harorati ortib boradi va Volganing quyi qismlarida 25°C, O‗rta Osiyoning
janubida 30-32°C ga yetadi.
Havo haroratining o‗zgarishi mamlakatning hamma hududlarida taxminan
birdek bo‗ladi, farqi faqat amplitudada bo‗lishi mumkin.
Rossiyaning katta
qismida iqlim rejimi beqaror va ob-havosi o‗zgaruvchan. Shuning uchun
o‗rtacha ko‗rsatkichlardan tashqari eng katta va eng kichik qiymatlar ham mu-
him.
Haroratning chuqurlik bo‗yicha sutkalik va yillik o‗zgarishi so‗nib bo-
ruvchi garmonika qonuniga bo‗ysunadi. Sutkalik o‗zgarishning so‗nish
chuqurligi 0,8-1,0 m dan, yillik o‗zgarishda esa 18-20 m dan oshmaydi. Grunt
va qoplama yuzalari va chuqurlikning istalgan nuqtasidagi,
asosdagi va
to‗shama gruntdagi harorat o‗zgarishi kosinusoida-sinusoida qonuniga
bo‗ysunadi. Bunda chuqurlashgan sari o‗zgarishlar amplitudasi kamayadi (pa-
sayadi) va faza surilishi ro‗y beradi, ya‗ni turli chuqurliklarda eng katta harorat
vaqt bo‗yicha bir-biriga mos tushmaydi. Sutka davomida chuqurlik bo‗yicha,
asosning materiallari turlicha bo‗lsa ham (qum, tuproq va b.), harorat
o‗zgarishi birday bo‗ladi. Asos materiallarining issiqlik o‗tkazuvchanligi
deyarli bir xil bo‗lgani uchun ularning tutash joylarida harorat «sakrashi»
bo‗lmaydi.
Sementbetondagi, qumdagi va tuproqdagi harorat maydoni o‗zgarishi sil-
liq kechayotgani ko‗rinib turibdi; chuqurligi 105 sm dan ko‗proq
va shartli
chiziq musbat haroratning o‗siq tomoniga qiyalangan; shartli chiziq atrofida
sutkalik harorat o‗zgarishi ro‗y beradi.
Qoplamalar ishini yilning turli mavsumlarida va turli yo‗l-iqlim zona-
larida tahlil qilish shuni ko‗rsatadiki, yozda qoplamalar ko‗proq zo‗riqqan ho-
latda bo‗ladi. Yozda qoplama plitalarining qiyshayishi ro‗y bersa, qishda bun-
day bo‗lmaydi. Aerodrom qoplamalaridagi harorat maydonlarining qonu-
niyatlarini bilish va ekspluatatsiya davomida hosil bo‗ladigan zo‗riqishlarni
aniqlay bilish, ehtimoliy deformatsiyalar
oldini olib, ta‗mirlash choralarini
ko‗rish uchun kerak. Zo‗riqishlarni ekspluatatsiya choralari bilan kamaytirish
mumkin, masalan, sovuq suv sepish, havo kemalarini kun qizigan paytda emas,
salqin paytda uchirish yo qo‗ndirish, tijoriy yukni kamaytirish kabilar. Bu
choralar qoplamalarning ishlash qobiliyatini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: