Havo kemasini rullashda, shig‗ov boshlanishida va yugurishning oxirlari-
da ko‗taruvchi kuch katta bo‗lmaydi, shunda havo kemasi titrab harakat qiladi,
natijada qoplamaga inersiyali yuklama tushadi. Bu yuklamalar kemaning mas-
sasiga, qoplama holatiga, tezlanishga bog‗liq.
Havo kemasi harakatlanganda qoplama ichida tebranishlar o‗chog‗i paydo
bo‗ladi,
ularning tarqalish zonasi, manba uzoqlashishi bilan so‗nib boradi.
Bunday tebranishlar xarakteri turli-tuman va u qoplamaning xususiy tebranish-
lariga va havo kemasidan keladigan tebranma impulslarga bog‗liq. Prof. A.K.
Birulya aniqlashicha, chaqiq toshli va asfalqtbetonli qoplamalarning xususiy
tebranishi sekundiga 50-125 taga teng, sementbetonniki-500. Havo kemalari
to‗xtash joyida dvigatellarini ishlatib qo‗ysa yoki harakatlanganda ham shular-
ga yaqin tebranishlar hosil bo‗ladi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, eng
yomon tebranish holatlari-rezonans hodisasi yuzaga kelishi mumkin, ya‗ni
qoplamalarning xususiy tebranishi bilan havo kemalaridan tushayotgan tebran-
ishlar qo‗shilib, kuchayib ketadi. Qoplamaning titrashi natijasida unda qilyori-
qlar hosil bo‗lib, keyinchalik ular suv o‗tqazadigan darzlarga aylanadi, suv
o‗tib, asos o‗ta namlanadi, plitalar cho‗kadi. Bikr bo‗lmagan qoplamalarda te-
branishlar qoplama materiali zarralari orasidagi bog‗lanishni bo‗shashtiradi,
natijada qoplamaning zichligi va mustahkamligi pasayadi. Prof. M.M. Gerse-
vanov ta‗kidlashicha, tebranishlar qoplama ostidagi o‗ta namlangan gruntlarda
kavaklar hosil qiladi, keyin unda suv to‗planadi, asosning ko‗tarish
qobiliyati
keskin kamayadi. Dinamik yuklamalar juda qisqa vaqt sodir bo‗ladi, shuning
uchun ular ta‗siridagi deformatsiyalar va zo‗riqishlar ko‗zga darrov tash-
lanmaydi.
Havo kemasi qoplama ustida harakat qilganda tushadigan yuklamaning
surilish masalasini ko‗ra turib, qoplama yuzasida notekisliklar, jumladan, te-
branishlarni yuzaga keltiruvchi mikronotekisliklar ham bo‗lishini e‘tiborga
olish kerak. Olimlardan V.N Vtorushin, V.M. Romashkov, R.U. Mzareulash-
vili tadqiqodlariga ko‗ra bu notekisliklar tasodifiy
xususiyatga ega, vaqt o‗tishi
bilan aerodromni jadal ekspluatatsiya qilish natijasida o‗z qiymati va
taqsimotini o‗zgartiradi. Shuning uchun notekis qoplamalar ustida havo
kemasi harakat qilishidan ortiqcha yuklamalar bilan bog‗liq masalani nazariy
jihatdan hal qilish o‗ta qiyin. Bu masala prof. G.I.Glushkov, F.P. Sharov, V.V.
Gorshkov tomonidan tajriba tariqasida o‗rganilgan. Olimlar havo kemasi
qoplama yuzasidagi 20 mm gacha bo‗lgan notekisliklar ustidan o‗tganda hosil
bo‗ladigan dinamik yuklamalarni o‗lchadilar. Natijalar 2.11-rasmda berilgan.
Ko‗rinadiki, havo kemasining tezligi 30-50 km/soat bo‗lganda eng katta
dinamik yuklamalar 25 % ga oshar ekan (dinamik koeffitsiyenti 1.25):
tezlik
60-70km/soat bo‗lganda esa 8-10% ga oshadi (koeffitsiyent 1,08-1,10). Shi-
nalardan bosim 0,5 MPa gacha oshirilganda dinamiklik koeffitsiyenti 5% ga
o‗sadi. Asosiy tajribalar shina ichidagi bosim 0,85 MPa bo‗lganda o‗tkazilgan.
Havo kemalari yuzasida 20 mm gacha notekisliklari bo‗lgan qoplamada
30-50 km/soat tezlik bilan harakatlanganda eng katta dinamik yuklamalarni
aniqlashning ma‗nosi shundaki, tezlik kamroq bo‗lganda siqiladi, 50
km/soatdan yuqori bo‗lganda-sirpanadi. Ikkala holat ham kuchli dinamika hosil
qilmaydi. 30-50 km/soatda g‗ildirak notekislik ustidan dumalab o‗tganda zar-
balar hosil bo‗ladi va havo kemasining dinamik ta‗siri ortadi.
Asfaltbeton
qoplamalarda baland notekisliklar uchramaydi, biroq 10-15 mm balandlikka
ega to‗lqinlar bo‗lishi mumkin, ular yuklamani 5% ga ko‗tarishi (koeffitsiyent
1,05) mumkin.
Havo kemalari ishlayotgan dvigatellari bilan bir joyda turib qolganda,
garchi qoplama bir muncha titrasa-da, ortiqcha yuklama tushmaydi. Agar asos
yaxshi shibbalangan bo‗lmasa, o‗ta namlanib qolsa, cho‗kish, plitalar tutashgan
joylarda notekisliklar hosil bo‗ladi.
Shinalar bilan qoplama orasida «vakuum-effekt» deb atalgan hodisa ham
ro‗y beradi. Havo kemasi bir joyda ko‗p turib qolib, keyin qo‗zsalayotganda
shunday
hodisa kuzatiladi, ayniqsa, shina ichidagi bosim katta (q > 1,5 MPa)
bo‗lsa. Shina qoplama yuzasiga so‗rilib, yopishib qoladi va qo‗zsalganda
qoplama yuzasidan bir parchani ko‗chirib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: