1.7-Rasm.Qoplamalarning ekspluatarsion holati.
Qolgan hamma yuklamalar qoplamaning zaruriy ekspluatatsiya qalinligini
hisoblashga bevosita qo‗shilmasdan, bilvosita, ya‗ni koeffitsiyentlar orqali
ishtirok etadi. Shuning uchun ekspluatatsiya davrida ayrim yuklamalarni umu-
man yuzaga kelmaydigan qilib ishlatish zarur. Masalan,
havo qizib ketganda
hosil bo‗ladigan yuklamalarni pasaytirish, ko‗pchib qolgan joylarni tezda
bartaraf etish choralarini ko‗rish. Havo transporti endi-endi joriy bo‗layotgan
davrda, aviatsiya texnikasi nisbatan yengil bo‗lgan,
qoplamalarni hisoblashda
faqat tabiiy-iqlim omillari e‘tiborga olingan. Og‗ir va o‗ta og‗ir havo kemalari
paydo bo‗lgan hozirgi davrda esa qoplamalarning barqarorligi, mustahkamligi
va uzoq ishlashi uchun ulardan tushadigan yuklamalar hal qiluvchi ahamiyatga
ega.
Тurli havo kemalarini ishlatishda aerodrom qoplamalarida yuzaga keladi-
gan yuklamalarni to‗g‗ri tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Havo kemalarining
ko‗tarilish-qo‗nish amallarini yuklama hosil bo‗lishi nuqtai-nazaridan o‗rganib
chiqib, bunday paytlarda qoplama qanday ishlashini aniqlash kerak.
Ko‗tarilish. Uning hamma jarayoni uch bosqichdan iborat: shig‗ov, ushlab
turish (yuza ustida shig‗ov) va ko‗tarilish.
Qoplama nuqtai-nazaridan havo kemasi no‗l tezlik-V0 dan uzilish tezligi-
ʋotr gacha tezlanib harakat qilishi ahamiyatli. Shig‗ov uch tayanchdan-oldingi
va ikki yondagi tayanch holatdan boshlanadi. Ma‗lum tezlikka etganda, odatda
(0,7-0,8) ʋotr, oldingi g‗ildirak qoplama yuzasidan uziladi, keyin havo kemasi
to‗la ko‗tarilgunicha asosiy (yon) tayanchlarda sildiraydi.
Shig‗ov paytida havo kemasining harakatini tortish kuchi ta‗minlaydi; u
havoning qarshiligini va g‗ildiraklar qoplama ustida tebrangandagi ishqalanish
kuchlarini engib o‗tadi. Тortish kuchi bilan qarshilik kuchlarining ayirmasi
havo kemasi tezlanish bilan harakatlanishini ta‗minlaydi; shig‗ov oshgan sari
ko‗taruvchi
kuch oshib, qoplamaning qarshiligi kamaya boradi. Demak,
shig‗ovda qoplamaga tushadigan yuklama eng katta qiymat (boshlanayotgand-
agi turish osirligi) dan nolgacha (havo kemasi qoplamadan uzilganda)
o‗zgaradi. Eng katta qiymati shig‗ov boshlanganda, dvigatel ishga tushib, tay-
anchlar titraganda va notekis yuzada 30-50 km/soat tezlik bilan yurganda bir-
muncha ortishi mumkin.
Qo‗nish jarayonining bosqichlari; pasayish, to‗g‗rilanish, yugurish. Yerga
tegish (qo‗nish), ya‗ni qoplamaga urinish onida havo kemasi qo‗nish tezligi-
bilan yugura boshlaydi va bu tezlik nol qiymatigacha yoki rulej yo‗lagiga
o‗tish qiymatigacha pasayib boradi. Yugurishning dastlabki bosqichlari asosiy
tayanchlarda, yengilgina va tekis tormozlangan holda kechadi. Тezlik pasaygan
sari oldingi g‗ildiraklar tusha boshlaydi va havo kemasi to‗xtaguncha
uchta
tayanchda g‗ildiraydi, bunda jadal tormozlanish bo‗ladi.
Rullash-havo kemasining perrondagi turish joyi (ТJ) dan rulej yo‗li (RY)
bo‗ylab, start joyigacha va aksincha, SUQM da yugurish tugaganida perron-
dagi ТJ gacha harakatlanishdan iborat. Zamonaviy
havo kemalarining rullash
tezligi 30-40 km/soat, biroq SUQM dan rulej yo‗li (ТRY) ga o‗tganda 80-100
km/soat bo‗lishi mumkin. Joiz tep-tekislikka ega bo‗lgan qoplama ustida rul-
laganda yuzaga keladigan yuklamalar kritik (xavfli) hisoblanmaydi.
Тurish-havo kemasining startda, perronda,
ТJ da yoki boshqa may-
donlarda vaqtincha to‗xtashi. Bunda eng katta yuklama-havo kemasining to‗la
massasi-dvigatellar o‗chirilgan holdagi statik yuklamadan va dvigatellar ishla-
yotgandagi statik qo‗shimcha yuk qo‗shilishidan iborat.
Havo kemalarining ko‗tarilishi, qo‗nish va rullash jarayonlarini o‗rgana
turib, aytish kerakki, bu jarayonlar SUQM va RY ning o‗qi bo‗ylab, qat‘iy ba-
jarilishi kerak, ko‗tarilish va qo‗nish SUQM ning chekkasidan, rullashda esa
RY dan chiqmasligi kerak. Biroq bu jarayonlarni aniq bajarish qiyin, tasodifiy
omillar ta‗sirida SUQM va RY ning o‗qidan og‗ib
ketishi mumkin, natijada
yuklamalar yo‗laklarning ma‗lum eni bo‗yicha tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: