Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


-rasm. Transportningkompleks ishidagi ergonomic qismlarni o’zaro



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

1.4-rasm. Transportningkompleks ishidagi ergonomic qismlarni o’zaro 
ta’siri sxemasi. 
sxemada quyidagi raqamlar bilan belgilangan: havo kemasi-aerodrom 7 
(teskari aloqa-8) yoki aerodrom-havo kemasi 8 (7); havo kemasi - atrof-muhit 
9(10) yoki atrof- muhit - havo kemasi 10 (9); aerodrom-atrof muhit 11(12) yoki 
atrof-muhit-aerodrom 12(11). 
1-2, 3-4 va 5-6 qismlar (qism ostilar; odam-havo kemasi, aerodrom, atrof-
muhit) havo kemasining bosh masalasi yo‗lovchilar va yuklarni tashish, xizmat 
ko‗rsatish nuqtai nazaridan havo kemasi va aerodromni tayyorlashi kerak. Bu-
global masala. Xususiy masala esa, aerodromni tayyorlashga mas‘ul har bir 
xodim xavfsiz uchish, ko‗rish, manevr qilish talablarini aniq bilishi va ularga 
rioya qilishi kerak. Demak, aerodromlar va aviatsiya texnikasiga qo‗yiladigan 
ekspluatasion talablar aerodromlarning ekspluatatsiyaga tayyorlik me‘yorlarini 
ishlab chiqishda, aerodromlarni loyihalash nazariyasida, qurish va eksplu-
atatsiya qilishda asos bo‗ladi. 
Aerodromlarni uchish bo‗yicha ekspluatatsiya qilish ham, o‗z navbatida 
aerodrom inshootlarini loyihalash va qurish oldiga bir qator talablar qo‗yadi. 
Ekspluatatsiyaga shu mustaqil talablar - aerodrom qoplamalarini toza saqlash 
kabilar ham o‗z ta‗sirini o‗tkazadi. Bu masalalar 3-4 qism tomonidan, 12-11 
qismni e‘tiborga olgan holda hal qilinadi. 
7-8 qism (havo kemasi-aerodrom) havo kemasining aerodrom inshootlari 
bilan o‗zaro ta‗sirini ko‗rsatadi, ya‗ni qoplamalar va asoslarning zo‗riqqan va 
deformasiyalangan holati, deformasiyalar va yemirilishlar hosil bo‗lishi aero-
dromlarni ekspluatatsiya qilish nazariyasini hosil qiladi. Aynan shu qism (tizim 
osti) qoplama va asoslarda turli deformasiyalar va yemirilishlar hosil bo‗lish 
sabablarini o‗rganib, ekspluatatsiya qilishni to‗xtatish chegaralarini dalillar bi-
lan aniqlab turadi. Bu, o‗z navbatida, qoplamalarning ta‗mirlar aro xizmat 
muddatini, me‘yorlarni, kapital mablag‗lar sarflashni optimallashtirib beradi. 3-
4 qismning eng muhim masalasi qoplamalar holatini hamma ko‗rsatkichlar 
asosida sifat jihatdan baholash usullarini ishlab chiqishdir. Ko‗p aerodromlarn-
ing qator ko‗rsatkichlari bo‗yicha ekspluatatsion holati noma‗lum, buning usti-
ga ular oy sari, yil sari o‗zgarib turadi. Ehtimol, sifat ko‗rsatkichlarni asbob 
yordamida aniqlash usullari va asboblarini yaratish va sistemali tahlildan foy-
dalanish zarurdir. 


5-6, 9-10 va 11-12 qismlar tabiatni asrash va uning FA faoliyatiga ta‗sirini 
o‗rganadi. Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish uchun ta-
biatni asrash bo‗yicha tadqiqotlar o‗tkazib, me‘yorlar ishlab chiqish zarur, 
ayniqsa, aerodrom atrofidagi shovqin, u yerdan chiqayotgan oqava suvlarning 
ifloslanishi, atmosferaning chiqindi gazlar bilan ifloslanishi chuqur o‗rganishga 
muhtoj. Shu qismlarning teskari aloqalari: 6-5, 10-9 va 12-11 atrof- muhitning 
odamga, havo kemasiga va aerodromga aks ta‗sirini ko‗rsatadi. 
Atrof-muhitning odamga ta‗siri iqlimning o‗zgarishida bilinadi. 
3-4 qism (odam-aerodrom) aerodromning ekspluatatsiya holatini sistemali 
baholash masalasini hal qiladi. Bu baholashni yo‗lsozlar kabi, havo kemalarin-
ing xavfsiz va muntazam uchishni ta‗minlash darajasini aniqlaydigan koef-
fitsiyent yordamida bajarish kerak. 
Aerodromlarning ekspluatatsion holatini va sifatini koeffitsiyentlar bilan 
baholaydigan asosiy va hal qiluvchi ko‗rsatkichlar: qoplamaning mustah-
kamligi (ko‗tarish qobiliyati) Km, tep-tekislik Ktt; havo kemalarini RY bo‗ylab 
rullashga ruxsat etilgan tezlik Krul; sirpanchiqlik Ksr; shikastlanganlik (darz, 
yoriq, o‗yiq, cho‗kish va sh.k) Ksh; tamg‗alar borligi va ularning miqdori 
Kt.b.; aerodromda ob-havo minimumini ta‗minlay oladigan maxsus uskuna-
larning mavjudligi KMIN; havo kemalarining tijoriy yuk ko‗tarishidan foyda-
lanish KYuK; zaxira ko‗rsatkichlar KZ. 
Aerodrom qoplamalarining ekspluatatsiya holati va sifatini aks ettiruvchi 
ko‗rsatkichlar tizimini quyidagi funksiya bilan ifodalash mumkin:
U
B.R 
= f (K
M
, K
ТТ
, K
RUL
, K
SR
, K
Sh
, K
Т.b
, K
Т.b
, K
MIN
, K
YuK
, K
Z
) (1.1) 
Shuni ta‗kidlash lozimki, yo‗llarning ekspluatatsiya sifatini, 60-yillarda 
A.K. Birulya 3 ta koeffitsiyent bilan, V.K. Nekrasov (1970 y)-6 ta, V.M. 
Sidenko va S.M. Mixovich (1976 y)-10 ta, V.F. Babkov (1976)-xavfsizlik 
koeffitsiyenti KXV, avariyaviylik koeffitsiyenti KSV bilan baholashgan. 
Keltirilgan koeffitsiyentning o‗ziga xos asosi bor. Qoplamaning mus-
tahkamligi uning ishlashini hisoblash yo‗li bilan aniqlanadigan asosiy 
ko‗rsatkichdir. Qoplama cho‗zilishda, bukilishda, surilish va shu kabi xara-
katlarda ishtirok etadi. Qoplama mustahkamligini bog‗lovchi koeffitsiyent 
amaldagi mustahkamligi (Pa) ning talab etilgan (loyihaviy) mustahkamlik (Pl) 
ga nisbati bilan hisoblanadi, ya‗ni KM = Pa:Pl. Bundagi Pa maxsus usul va as-
boblar bilan aniqlanadi.
Qoplamaning tep-tekisligi-KТТ aerodrom qurilish ishlarining integral 
(yig‗ma) ko‗rsatkichi bo‗lib, havo kemalarining qoplama ustida yurish sha-
roitini, qoplamaga tushayotgan yuklamaning dinamikasini, rulej yo‗llaridagi 
harakat tezligini belgilaydi. Тep-tekislik uch metrli reyka yordamida, u bilan 
qoplamaning istalgan nuqtasi orasida ko‗ringan tirqish orqali aniqlanadi. 
Тirqishning ruxsat etilgan qiymati 3 mm. DS-100 majmuasidagi mashinalar bi-
lan yotqizilgan qoplamalarning tep-tekisligini o‗lchashda ma‗lum bo‗ldiki, 3 
mm gacha bo‗lgan tirqish ko‗p uchraydi (97-99,8%), 4-5 mm dan katta tirqish 


uchramaydi. 
Demak, 
bunday 
qoplamaning 
tep-tekislik 
koeffitsiyenti 
KТТ=0,97-0,99 ekan. 
Aerodromda rullash tezligini havo kemasining komandiri tanlaydi. Bunda, 
u ko‗rinishi sharoitiga va harakat jadaliga qaraydi, biroq hamma holatda ham 
60 km/soat dan oshmasligi kerak, uchish jadalligi yuqori bo‗lgan aerodromlar-
da esa-50 km/soat. Havo kemalarini uchishdagi ekspluatatsiyasi haqidagi 
qo‗llanma bu sozlikni 10% oshirishga ruxsat beradi, koeffitsiyenti 
KRUL=1:1,1=0,91 bo‗ladi. 
Qoplamaning sirpanchiqligi havo kemasini qo‗ndirishda, rullash va ma-
nevrlashda tormozlanishga katta ta‗sir etadi. Qoplama yuzasi ho‗l bo‗lsa, qor-
dan yaxshi tozalanmagan bo‗lsa, g‗ildiraklar yaxshi ishlamasdan, harakat xatar-
li bo‗lib qoladi. Qoplama bilan ishlash sifati ishlash koeffitsiyenti orqali tavsi-
flanadi. Agar u 0,5 bo‗lsa, tormozlanish sharoiti yaxshi hisoblanadi. Uchish 
ruxsat etilgan qoplamalar yuzasining holatiga qarab ishlashi koeffitsiyenti 0,3 
dan 0,8 gacha bo‗lishi mumkin (0,3 bo‗lgan sharoit qoniqarli hisoblanadi). 
Shunda KSR=Ka:Kl=(0,3:0,8):0,5=0,6:1,6 bo‗ladi. Demak, KSR>1 bo‗lsa, xa-
vfsizlik sharoitlari ortadi, KSR<1 da —yomonlashadi. 
Qoplamaning shikastlanganlik bo‗yicha holati (darz, yemirilish, uqal-
anish, o‗yiq, cho‗kish va h.k.) havo kemasining tezligiga ta‗sir etadi. Bu tezlik 
kam bo‗ladi, rullash bo‗lagining o‗tkazish qobiliyati kamayadi. Har qaysi 
SUQM uchun, uning holatidan qat‘i nazar, havo kemasining turiga qarab, 
o‗ziga yarasha ko‗tarilish va qo‗nish tezligi doimiy (o‗zgarmas) bo‗ladi. De-
mak, qoplamada shikast bo‗lsa, xavfsizlik kamayadi.
Havo kemalarining uchish-qo‗nishdagi xavfsizligi uchun tamg‗a belgi-
larining ahamiyati katta. Masalan, o‗q chizig‗i belgisi pilot uchun SUQM enini 
his etishda yordam beradi, kema chetga chiqib ketmaydi; qo‗nish zonasidagi 
juft to‗rtburchakli belgilar esa qo‗nish joyini aniq baholashda yordam beradi. 
Qoplama ishlayvergandan keyin belgilarning rangi ketib yoki g‗ildirak rezi-
nasidan chiqqan zarralar bilan berkilib, ko‗rinishi yomonlashadi. Yuqori mala-
kali ayrim sinovchi uchuvchilarning fikricha, SUQM yaxshi ko‗rinib tursa 
ham, tamg‗a bo‗lmasa yoki uning belgilari yaxshi ko‗rinmasa, uchish xa-
vfsizligi 20-25% kamayadi. Demak, tegishli koeffitsiyent-KK.B=0,80-0,75 
bo‗ladi. Bu koeffitsiyent qiymati maxsus uslub yordamida aniqlashtiriladi. 
Ma‗lumki, havo kemalari uchishining muntazamligi va xavfsizligini 
ta‗minlash maqsadida, ularning uchish tavsiflarini bortdagi va yerdagi uskuna-
larni, uchish-qo‗nish maydoni o‗lchamlarini, joy relyefi va uchish-qo‗nish 
yo‗lidagi to‗siqlarni hisobga olgan holda, ob-havo minimumi belgilanadi. Bu 
minimumlarga qat‘iy amal qilish zarur. Biroq, amalda shunday holat bo‗ladiki, 
bu minimumlardan yomon tomonga chekinishga to‗g‗ri keladi. Bu og‗ish 
amalda 10-15% gacha bo‗lib turadi. Shuni hisobga olganda ob-havo minimumi 
bo‗yicha xavfsizlik koeffitsiyenti: KMIN = 0,90-0,85 bo‗ladi. 
Uchish-qo‗nish maydonlarining, yon va oxirgi xavfsizlik yo‗laklari va 
havodan kelish yo‗laklarining maxsus uslub bilan hisoblangan o‗lchamlari 


havo kemasiga to‗la tijoriy yuklama berilganda, xavfsiz uchish va qo‗nish 
uchun kerak. Bu o‗lchamlar hisoblab topilgan qiymatlarga to‗g‗ri kelmasa, 
havo kemasi uchishga qo‗yilmaydi. Uchish juda zarur bo‗lsa, tijoriy yuklama 
kamaytiriladi. Lekin, bunda yuklama koeffitsiyenti RYu pasayadi. Iqtisodiy 
manfaatlardan kelib chiqib uni 0,65-0,70 dan kamaytirish maqsadga muvofiq 
emas. Тijoriy yuklama kam bo‗lganda ham uchishga to‗g‗ri keladigan holatlar, 
qishning ayrim kunlarida yo‗lovchilar umuman kam bo‗lganda uchraydi. 
Shunda samolyotdagi joylar 75-75% band bo‗ladi, demak KYu=0,75-0,78 
bo‗ladi.
Aerodromlarning ekspluatatsiya holatini tizimli baholashda qatnashadigan 
boshqa ko‗rsatkichlar ham bo‗lishi mumkin. Ularning hammasi zaxira koef-
fitsiyent KZAX ichiga kirib ketadi. 
Yuqorida keltirilgan koeffitsiyentlar aerodromlarning ekspluatatsiya ho-
latini jamlama tarzda baholaydi. Ular vaqt mobaynida doimiy emas, yil bo‗yi, 
katta inshootlarning kapital ta‗mirlari va yuklanishlar orasida ham o‗zgaradi. 
Shunday qilib, uchishlarning xavfsizligi va muntazamligini texnika 
yordamida ta‗minlash aerodrom elementlarining holati va mustahkamligi 
evaziga bo‗ladi. Bunda qoplama yuzasining hal qiluvchi sifat ko‗rsatkichi 
ilashish koeffitsiyenti-M va mustahkamligini ko‗rastuvchi yuk ko‗tarish 
qobiliyati P bo‗ladi. Bu ko‗rsatkichlar talab etiladigan miqdordan pasayganda, 
shunga tegishli nosozlikni tezda bartaraf etish kerak. Unga sarflanadigan vaqt 
havo kemalarining uchish-qo‗nish jadvalidagi vaqt oralig‗idan ortiq 
bo‗lmasligi kerak. Bularning bari havo transportining iqtisodiy samaradorligiga 
ta‗sir etadi. Iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichi Q ga kiradi: aeroportning yillik 
ekspluatatsiya harajatlari-S, aerodrom ishga tayyor emasligi sababli reyslarni 
kechiktirish yoki bekor qilishdan ko‗riladigan tijoriy yo‗qotishlar-R. Agar 
Q=(C+R)→min ta‗minlansa, aeroportning iqtisodiy samaradorligi optimal 
bo‗ladi. Ekspluatasiya ishlarining bari o‗z vaqtida bajarilsa, R=O bo‗ladi va 
Q=S→min ta‗minlanadi.
Aerodromni ekspluatatsiyada tutish va ta‗mirlash (AEТТ) tizimining 
ishini aniqlaydigan ko‗rsatkichlar majmuida doimiy va o‗zgaruvchan kattal-
iklar bor. Doimiylari Xd avvaldan beriladi va ekspluatatsiya natijalari ularga 
bog‗liq. Bularga aerodromning fizik tavsiflari (maydon, qoplama turi va b.) 
iqlim sharoitlarining berilgan o‗rtacha qiymatlari (havo harorati, qorning ko‗p-
kamligi, muzlash) kiradi.
O‗zgaruvchan ko‗rsatkichlar XO‗Z ning qiymatini ma‗lum oraliqda tan-
lash, ya‗ni «boshqarish» mumkin. Masalan, qishki qarovlar va ta‗mirlarning 
optimal usuli yoki texnologiyasini tanlash, mexanizatsiya vositalarining turli 
tarkibi bilan ishlash va h.k. 
AEТТ ning ishi tasodifiy holatlar yuzaga kelganda buzilishi mumkin. 
Тasodifiy omillar havo kemalarining uchish, qo‗nish vaqtidagi og‗ishlar, 
yog‗in-sochin miqdoriga, muzlash darajasi va shu kabilarga bog‗liq. Demak, 
omillarning noaniqlik darajasini aniqlab, ishonchlilik nazariyasi yordamida 
AEТТ ishini hisoblash zarur bo‗ladi. 


Yuqorida aytilganlarga qarab, maqsad funksiyasini quyidagi ko‗rinishda 
yozish mumkin: 
C (µ, P, t, Q) → (Xd, Xo‗z, ŋ) (1.2) 
AEТТ ning tarkibiy tuzilmasining, L.P. Volkova taklif qilganiga o‗xshash 
ko‗rinishi 5-rasmda berilgan. 
Aerodromlarni ekspluatatsiya qilish tuzilmasini va holatini baholash 
ko‗rsatkichlari, tegishli matematik modelni yaratish imkonini beradi. Bu juda 
murakkab masala. Hozirgi paytda, masala ustida turli mamlakatlarda tadqiqot 
olib borilmoqda.
2.2-rasm

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish