muddati uchun topshiriq yoziladi. Unda uchish hududi, uchish aerodromlari,
ob-havo minimumi, uchish maqsadlari ko‗rsatiladi.
Aviatsiya-kimiyo ishlar (AKI) ni bajarish
muddati uchun FA korxona-
larida dispetcherlik punkti, ekiрajlarga rahbarlik qilish uchun tayanch bazalar
tashkil etiladi. Bazaviy aeroportdan birinchi marta uchib chiqadigan havo ke-
masi to‗liq massa va qishloq xo‗jalik asboblari bilan nazorat uchishni bajaradi.
Bu uchish VUQ asosida kechadi. AKI dagi ob-havo minimumida bulutlarning
pastki chegarasi 150 m, ko‗rinish 3 km qilib belgilangan.
Dala (o‗rmon) ga borishdan oldin havo
kemasi komandiri yerdan va
havodan turib, to‗siqlar va ko‗zga tashlanadigan mo‗ljallarni aniqlab oladi.
Bevosita ishlov berishdan oldin signallar, to‗siqlar va mo‗ljallarning joylashu-
vini aniqlab olish uchun 50 m dan kam bo‗lmagan balandlikda to‗g‗ri burchakli
marshrut bo‗yicha uchib o‗tiladi. Ishlov berishda uchish quyidagi balandliklar-
da kechadi: tekislik va bog‗lar ustidan uchayotganda ulardan kema bilan 5 m
balandda; o‗rmon daraxtlari ustidan uchayotganda ulardan kami bilan 10 m
balandda. Uchishlar quyosh chiqishidan 30 minut oldin boshlanishi mumkin,
tugatish — kun botishidan oldinroq. Ishlov beriladigan uchastkalarga borish va
qaytish uchishlari eng qisqa xavfsiz marshrutlarda, joy yoki elektr tarmoqlari
tayanchlari ustidan kamida 50 m. balandlikda bajariladi. Havo aloqa va elektr
uzatish tarmoqlari o‗tgan uchastka ustidan uchish quyidagi hollarda ruxsat eti-
ladi: simlar bo‗ylab, shamol esayotgan tomonda, uning tezligi 5 m/s bo‗lganda,
simlardan kamida 50 m uzoqda va shamol tezligi 5-8 m/s bo‗lganda-kamida
100
m uzoqda; shamolga teskari tomonda, uning tezligi 8 m/s oshmaganda,
kamida 50 m narida. Тog‗ yonbasirlarida havo kemalarining kirish marshrutlari
gorizontallar bo‗yicha, burilishlari esa joyning pasaygan tomoniga qarab ba-
jariladi.
Havo syomkalari (aerofotosyomka, qidiruv-syomka, aerogeografizik, aer-
ogeologik, aerosyomka, aerovizual) ni bajarish bo‗yicha uchishlar muassasalar
bilan kelishilgan va tasdiqlangan marshrutlarda, joy xaritasi asosida bajariladi.
Bir vaqtning o‗zida bir uchastka ustida ikkita havo kemasi uchishiga ruxsat eti-
ladi, faqat, bunda parallel marshrutlar orasidagi masofa 20
km dan kam
bo‗lmasligi kerak.
Havo syomkalarini boshlashdan oldin VUQ bo‗yicha uchish uchun xa-
vfsiz bo‗lgan balandlikda tanishuv uchishi bajariladi.
Obyektlarni o‗rganib chiqish va joy holatini kuzatish maqsadidagi aerovi-
zual uchishlar kunduzi VUQ bo‗yicha, to‗siqlar ustidan 50 m balandlikda ba-
jariladi. Baliqchilik sanoatiga xizmat ko‗rsatuvchi uchishlar kamida 100 m
balandlikda, xat-xabarlarni tashishda dengiz (muzlik) sathi, kema machtasi yo-
ki boshqa suzuvchi vositalar sathidan kami bilan 25 m balandlikda bajariladi.
Muzlikni razvedka qilish ikki va undan ortiq motorli havo kemalarida,
haqiqiy uchish balandligi kamida 100 m da bajariladi. Тezkor muz razvedkasi-
ni o‗tkazish uchun dengiz kemalaridan vertolyot uchirishga ruxsat beriladi.
Bunda vertolyot ikki tomonlama radio aloqa va radiolokator yordamida nazorat
qilish imkonini beradigan uzoqlikkacha uchishi mumkin. Sog‗liqni saqlash
muassasalariga xizmat ko‗rsatadigan uchishlarning
tezkorligi bilan tibbiy
yordam ko‗rsatadigan turi, tibbiy xodimlarini reja asosida tashish, tibbiy
yuklarni tashish turlari bo‗ladi. Bunday uchishlar sog‗liqni saqlash tash-
kilotlarining buyurtmalari asosida bo‗ladi.
O‗rmon xo‗jaligini
yonsindan saqlash, o‗rmonni o‗rganish va hisobga
olish, tashish-aloqa ishlarida xizmat qiladigan uchishlar VUQ bo‗yicha,
yonilg‗ini eng ko‗p miqdorda olgan holda bajariladi.
Qurilish-montaj ishlariga xizmat qiladigan uchishlar maxsus ishlab chi-
qilgan yo‗riqnomalar asosida bajariladi. Ishni boshlashdan oldin nazorat uchi-
shi bajarilib, qurilish-montaj maydoniga qulay yaqinlashish yo‗llari, sharoitlari
o‗rganiladi. Ekiрaj quruvchilar-montajchilar brigadasi bilan radioaloqa va vi-
zual signalizasiya o‗rnatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: