Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


§1.14 Uchishlarni bajarish



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

§1.14 Uchishlarni bajarish
Uchishni bajarishda-havo kemasini shataklashdan boshlab, balandlikka 
(eshelonga) chiqquncha va pasaya boshlagandan tortib, to tushirish joyiga kel-
gunga qadar kabinada, o‗z o‗rinlarida o‗tirgan ekiрaj a‗zolari, xizmat 
ko‗rsatuvchi xodimlar, yo‗lovchilar o‗z o‗rinlariga kamar (tasma) bilan 
bog‗lanib olishlari kerak. Havo kemasining aerodromdagi harakatini dis-
petcher, HHB dispetcheri bo‗lmaydigan aerodrom va maydonlarda-havo ke-
masining komandiri boshqarib turadi; bu harakat havo kemasining o‗z yurishi 
ostida rul vositasida yoki maxsus shataklovchi mashina yordamida bajarilishi 
mumkin. Shataklashga, ishga tushirish tayyorgarligi, ishga tushirish, dvigatelni 
qizdirish uchish ekspluatatsiyasi qo‗llanmasi (UEQ) ning talablariga muvofiq 
bajariladi. Ishga tushirish, turgan joydan rul vositasida boshqarish, shuningdek 
turish joyiga olib kirish injener-aviatsiya xizmati (IAS) mas‘ul xodimining sig-
nallari asosida bajariladi. 
Havo kemasini rul vositasida komandir yoki ikkinchi pilot, tegishli tamg‗a 
belgilari chizig‗i bo‗yicha boshqaradi. Rulni burish tezligini komandir, RD yu-
zasining holatiga, to‗siqlar va ko‗rinish sharoitlariga qarab tanlaydi. Hamma 
holatda bu tezlik RLE da belgilangan qiymatdan oshib ketmasligi kerak. Тunda 
yoki tamg‗a belgilari ko‗rinmaydigan kunduz kunlari, shuningdek ekiрajning 
talabiga ko‗ra 1-va 2-klass havo kemalarini rul bilan boshqarish radiostansiya 
va avtosignal qurilmalari bilan jihozlangan maxsus mashina kuzatuvida bajari-
ladi. Havo kemalarini rul bilan boshqarishda qarama-qarshi kelib qolishsa, 
komandirlar tezlikni eng kam miqdorga tushirib, o‗ng tomonga o‗tib, 
ro‗paradan kelayotganni chap tomondan o‗tkazib yuborishlari kerak. Kesishib 
o‗tadigan kurslarga yaqinlashganda boshqa havo kemasini o‗ng tomondan 
ko‗rib qolgan komandir to‗xtab turishi va narigi havo kemasini o‗tkazib yubor-


ishi kerak. Rul bilan boshqarishda (shataklashda) SUQM ni dispetcherning 
ruxsatisiz kesib o‗tishi va boshqa havo kemasini kesib o‗tishi man qilinadi. 
Perronga yaqinlashish, turish aerodrom navbatchisining signallari asosida, 
kerak bo‗lganda qo‗qqisdan to‗xtatish imkonini beradigan tezliklarda bajari-
ladi. Havo kemasining yerdagi harakatlarini boshqarib turadigan signallarni 
signalchi komandirga yoki komandir-signalchiga yorqin rangdagi qo‗lqop ki-
ygan qo‗li, bayroqcha, tayoqcha yoki elektr chiroqcha yordamida uzatadi. 
Havo kemasining komandiri osmonga ko‗tarilishga tayyorlik haqida doklad qi-
lingandan keyin dispetcher ko‗tarilishga ruxsat beradi. Ko‗tarilish SUQM ning 
boshidan shamolga qarshi yo‗nalishda amalga oshiriladi. SUQM ning uzunligi 
2500 m va undan ortiq bo‗lgan aeroportlarda ko‗tarilishni SUQM ning boshi-
dan emas, oladigan joydan boshlash mumkin, lekin bunda muayyan havo ke-
masi UEQ da ko‗rsatilgan uzunlik bo‗lishi shart.
Shamol yo‗nalishi bo‗ylab ko‗tarilish ham mumkin, bunda muayyan aero-
drom uchun ishlab chiqilgan qo‗llanmaga rioya qilish lozim; shamolning kema 
harakati bilan parallel tezligi belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
Kunduzi va tunda osmonga ko‗tarilgandan keyin «balandlik olish» to‗g‗ri 
chiziq bo‗yicha quyidagi balandlikkacha bo‗ladi: 50 m dan kam emas — havo 
kemasi xalq xo‗jaligida ishlayotganda; 100 m dan kam emas-doira bo‗ylab 
uchayotganda tezligi 300 km/soat gacha bo‗lgan havo kemalari uchun; 200 m 
dan kam emas-doira bo‗ylab uchish tezligi 300 km/soat va undan ortiq bo‗lgan 
havo kemalari uchun. Burilishlar ham shu balandliklarda va UEQ da 
ko‗rsatilgan tezliklarda bajariladi. 200 m ga yoki berilgan balandlikka 
ko‗tarilgandan keyin komandir dispetcherlik punktiga ko‗tarilish bajarilgani 
haqida doklad qiladi. 
Yo‗nalishda uchish berilgan eshelonda, trassa va havo yo‗lagining beril-
gan kengligida amalga oshiriladi. Uchish sharoitlari qanday bo‗lishidan qat‘i 
nazar ekiрaj havo kemasi qayerda uchib ketayotganini bilishi kerak. Xavfsiz 
balandlikdan pastda uchish va berilgan yo‗nalishni o‗z bilganicha to‗g‗rilash 
taqiqlanadi. 
Agar havo kemasi bortidagi yonilg‗i miqdori va trassadagi zaxira aero-
dromdagi muayyan meteorologik va navigatsiya holati qaror qabul qilish 
balandligi (QB) gacha uchish imkonini bermasa, komandir quyidagicha hara-
katlar qilishi mumkin: oraliq aerodromga qo‗nish (yonilg‗i olish yoki asosiy 
aerodromda meteorologik sharoit yaxshilanishini kutish uchun); uchib chi-
qilgan aerodromga qaytish; zaxira aerodromni tanlash. 
Meteorologik sharoitlardan qat‘i nazar, qo‗nish aerodromiga tegishli ray-
on dispetcherlik punktiga yaqinlashganda komandir dispetcherga o‗zi tanlagan 
zaxira aerodromni aytadi, manzil aerodromda murakkab meteorologik sharoit 
bo‗lsa, o‗zining minimumi va yonilg‗i qoldig‗ini ham bildiradi. 
Aerodromga yaqinlashish va qo‗nish havo kemasi uchishini yakunlovchi 
eng murakkab bosqichlar hisoblanadi. Qo‗nish tizimi uskunalari (QТU) bor 
bo‗lsa-yu, lekin qo‗nish radiolokatorining nazoratisiz havo kemasi eshelondan 
pasayib, qo‗nishga kirishi, faqat sharoit xavfsiz bo‗lganida va bulutlarning 
pastki chegarasi QB da ko‗rsatilganidan kam bo‗lmaganda mumkin. Zudlik bi-


lan qo‗ndirishga muhtoj bo‗lgan havo kemasi qo‗nishga navbatsiz kiritiladi. Bir 
turdagi havo kemalari bir vaqtning o‗zida qo‗nishga kirsa, oldinda, chapda va 
pastda uchib ketayotgani birinchi bo‗lib qo‗nish huquqiga ega. Yengil havo 
kemasi og‗ir kemalarni oldinga o‗tkazib yuborishi kerak. 
Ekiрaj MURS dan uchib o‗tgunicha, qo‗nishga tayyorligini dispetcherga 
aytib, markerli yaqin radiostansiya (MYaRS) dan uchib o‗tgunicha (1000 m) 
qo‗nishga ruxsat olishi kerak. Havo kemasi MURS dan boshlab qo‗nguniga 
qadar dispetcher bortga uzatayotgan buyruqlar va xabarlarni ekiрaj shun-
dog‗icha, tasdig‗ini kutmay, qabul qilaveradi. 
Havo kemasini, odatda, shamolga qarshi yo‗nalishda qo‗ndiriladi, biroq 
ko‗tarilishda bo‗lgani kabi, havo yo‗nalishida ham mumkin. Maxsus uchish-
larning maxsus cheklovlari bo‗ladi. 
Bunday uchishlarga sinov, tadqiqot va nazorat uchishlar kiradi. Hammasi 
aniq dastur asosida, shunga tayyorlangan ekiрaj tomonidan bajariladi. Dasturga 
qarab, ekiрajga ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlari ham qo‗shilishi 
mumkin. Havo kemasini ta‗mirga olib borish yoki ta‗mirdan olib kelish hamda 
bazasini o‗zgartirish kunduzi ham, tunda ham bajarilishi mumkin. Тexnik hola-
ti talablarga javob bermaydigan 1-va 2-klass kemalari faqat kunduzi haydab 
boriladi. 
O‗ziga xos sharoitlarda (muzlagan zonalar, momaqaldiroq, kuchli silkin-
ish, chang bo‗roni, tog‗li va kam o‗rganilgan joy, sahro va suv havzasi, 
Shimoliy va Janubiy yarimsharning qutb doirasi) uchishning o‗ziga xos qoida-
lari bor. Muzlaydigan zonalarga kirgan havo kemasi muzlashga qarshi 
uskunasini avvaldan ishga tushiradi. 
Chang bo‗ronga duch kelgan havo kemasi uni aylanib o‗tishi yoki ustidan 
o‗tib ketishi kerak. Chang bo‗ron, buning ustiga kuchli silkinish bo‗lsa, 
qo‗nishga kirish mumkin emas. 
Тog‗li joylarda uchish uchun quyidagilarga sinchkovlik bilan tayyorlanish 
kerak: joy relyefini o‗rganib, uchish xaritasiga uning profilini chizish; kislorod 
zaxirasini va kislorod uskunalarining ishga yaroqliligini ta‗minlash; meteor-
ologik sharoitlarni, ayniqsa, havoning ko‗tariladigan va pasayadigan oqimlarini 
bulutlar, momaqaldiroq, tog‗ daralari va sayxonliklarini o‗rganish va sh.k. 
Тog‗li joylarda eshelon tanlash bo‗yicha va faqat berilgan chegaragacha xa-
vfsiz eshelonlarni tanlash mumkin bo‗lgandagina ruxsat etiladi. Boshqa hola-
tlarda balandlik olish belgilangan sxema bo‗yicha bajariladi. 
Kam o‗rganilgan joylar va sahrolar ustidan uchishdan oldin ularga tayyor-
lanish kerak: karta bo‗yicha mo‗ljal olish (karvon yo‗llari, daryo o‗zani, ko‗l, 
quduq va h.k.), shu yo‗nalishda uchgan ekiрajlardan so‗rash, oziq-ovqat, suv 
samlash, avariyaviy radiostansiya va signal vositalarini olish. 
Suv havzalari ustidan uchishda quyidagilarga ruxsat beriladi: ikki va un-
dan ortiq dvigatelli havo kemalari va suvga qo‗na oladigan hamma kemalar; 
bitta dvigatelli quruqlik ustidan uchishga mo‗ljallangan havo kemalari 
(qirg‗oqdan uzoqqa ketmasa va bortida ekiрaj va yo‗lovchilar uchun qutqaruv 
jiletlari bo‗lishi kerak). Gazturbina dvigatelli havo kemalari 30 minutdan ortiq 


uchmaganda, porshenli dvigatellar bilan-qirg‗oqqacha 10 minutlik masofada 
uchganda, bortida qutqaruv jiletlardan tashqari avariyaviy radiostansiya, guruh-
guruh bo‗lib suzish vositalari (sol, qayiq) ham zarur (bular bortdagi odamlar 
soniga qarab olinadi). 
Qutb doirasi rayonlarida (60-paralleldan yuqori) uchish kunduzi VUQ 
bo‗yicha, AQUQ bo‗yicha esa ham kunduzi, ham tunda bajariladi. Arktika va 
Antarktida hududlarida ishlashga mo‗ljallangan havo kemalari maxsus rangga 
bo‗yaladi va maxsus uskunalar bilan jihozlanadi. Bu jihozlar avtonom baza 
sharoitida ishlash imkoniyati yaratishi kerak. Qutb doirasining ichki rayonlari-
ga uchayotgan havo kemalari oziq-ovqat va suvning boshqa payt qo‗l tek-
kizmaydigan zaxirasi, bortdagi hamma odam uchun qutqaruv va zaruriy 
ro‗zg‗or buyumlari, chang‗ilar va qurollar bo‗lishi kerak. 
Тovushdan tez uchadigan transport samolyotlar (ТТS) ining uchishini 
tashkil etishda va harakatini boshqarishda uning o‗ziga xos xususiyatlari 
hisobga olinadi: uchish tezliklarining keng miqyosi; ko‗tarilish va pasayishda 
katta vertikal tezliklar; uchish parametrlarining tashqi harakatga bog‗liqligi; 
«shift bo‗ylab» kreyserli uchish zaruriyati; stratosferada uchish sharoitlari. 
Bunday samolyotlar havo trassalarida uchishi uchun 12000 m va undan yuqor-
idagi havo bo‗shlig‗ining bor qismi ajratiladi. 
ТТS lar uchishi uchun, odatda, to‗g‗ri chiziqqa keltirilgan havo trassalari 
ajratiladi; ularning yo‗nalishi ortodromiya (yer yuzasidagi A-B nuqtalar 
orasidagi eng qisqa masofa yoki katta doira yoyining bir qismi) ga yaqin; krey-
serli rejimda uchishi «shift bo‗ylab» ro‗paradan yoki parallel trassalarda hara-
kat bo‗lmagandagina bajariladi, aks holda vertikal eshelonlashga rioya qilgan 
holda pog‗onali profil bilan uchiladi. 
ТТS larning tovushdan kam tezlikda va aerodrom atrofida uchishi tegishli 
marshrutlar, yo‗laklar va sxemalar bo‗ylab, eshelonlarda bajariladi. Bu sa-
molyotlardagi yonilg‗ining aeronavigatsiyali zaxirasi manzil aerodromdan 
zaxira aerodromgacha, yana qo‗nish uchun qayta kirish uchun yetishi kerak. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish