Pasayish manevrlari, qo‗nishga kirish va aerodrom ustida uchish sxe-
malarini tuzish uchun chap va o‗ng to‗g‗ri burchakli yo‗nalishlar va qoidaga
ko‗ra, chapga burilishlar asos bo‗lib xizmat qiladi.
Kichik to‗g‗riburchakli yo‗nalish-aerodromga kichik balandlik bilan ya-
qinlashganda qo‗nishga kirish uchun asosiy manevr bo‗ladi. Aerodromga ya-
qinlashish turli yo‗nalishlar bilan bo‗lganda manevr
uchastkalaridan turlicha
foydalaniladi, xususan; I-aerodromga hisobiy kursga yaqin kurs bilan yaqin-
lashganda, havo kemasi qo‗nish chizig‗iga to‗rtinchi burilish rayonida chiqari-
ladi va to‗g‗ri chiziq bo‗yicha qo‗ndiriladi; II-aerodromga yaqinlashish qo‗nish
kursiga teskari kurs bilan bo‗lsa, havo kemasi MURS traverzasida manevrga
chiqariladi, keyin uchinchi va to‗rtinchi burilishga va qo‗nishga chiqadi; III-
aerodromga SUQM ga tik burchak bilan yaqinlashganda, havo kemasi III yoki
III1 yaqinlashishning yo‗nalishiga qarab, uchinchi burilishga urinma yoki
MURS orqali manevr qilinadi. MURS traverzasida manevrga kirilganda, agar
manevr 1500 m dan pastroqda, birinchi
burilish rayonida bajarilsa, havo ke-
masining qo‗nishi ta‗minlanadi.
Qo‗nish aerodromiga yaqinlashish, odatda, kichik va o‗rta balandliklarda
amalga oshiriladi, havo kemasini eshelondan pasaytirish trassaning oxirgi
uchastkalarida bajariladi. Biroq, amalda shunday holatlar bo‗ladiki, havo yoki
yer usti vaziyati, masalan, pastki eshelonlarning balandligi yoki baland
to‗siqlar
mavjudligi, havo kemasini aerodrom yaqinida pasaytirish mumkin
bo‗lmaydi. Shuning uchun havo kemasini qo‗nish aerodromi ustida manevr bi-
lan pasaytirishga to‗g‗ri keladi. Bunda katta to‗g‗ri burchakli yo‗nalish asosiy
manevr bo‗ladi. Uni bajarishda havo kemasi aerodromga 3900-4100 metr
balandlikdagi qo‗nish kursi bilan yaqinlashadi.
Manevrning dastlabki nuqtasi (MURS) dan uchib o‗tilgach, havo kemasi
kursni o‗zgartirmasdan 2800 m gacha pasayib boradi. Bunday to‗g‗ri chiziq
bo‗yicha pasayib uchish uzunligi taxminan 20 km ga boradi. 2800 m baland-
likdan 1800 ga qo‗shaloq so‗l burilish (birinchi va ikkinchisi to‗g‗ri qismsiz)
bajariladi va qo‗nish kursiga teskari kursga chiqib, 1200 m gacha pasaytiriladi.
Burilish radiusi og‗ish burchagiga qarab, 7,5-8 km (og‗ish 200 da) va 10,5 km
(og‗ish 150 da) bo‗lishi mumkin. Ikkinchi burilishdan chiqib olgan havo ke-
masi teskari yo‗nalishda uchishda davom eta turib, doira bo‗yicha uchish bal-
anligigacha pasayadi. MURS traverzasidan uchib o‗tish ichida balandlik 400-
600 m; tezlik 350-400 km/soat bo‗ladi. MURS dan keyingi manevr
to‗g‗riburchakli kichik yo‗nalishdagi manevrga o‗xshaydi. To‗g‗riburchakli
katta yo‗nalishdagi manevrning umumiy uzunligi taxminan 40-42 km, eni esa
16-20 km bo‗ladi.
Ayrim aerodromlarda, relyef sharoitlari va havo
bo‗shlig‗ining balandligiga qarab, faqat chap yoki o‗ng to‗g‗riburchakli katta
yo‗nalishlar qo‗shni aerodrom vazifasini bajarishi mumkin. To‗g‗riburchakli
yo‗nalish SUQM o‗qiga 90° burchak ostida bo‗lishi ham mumkin, bu,
qo‗shaloq chap burilishga imkon bermaydi.
Havo kemalari harakatini, havo trassalarda va birinchi kategoriyali MHY
da HHB ning rayon markazi (HHBRM) dispetcheri, havo bo‗shlisining bel-
gilangan sektorlarida, qo‗shni RM, VPU, DPP
va ZSHHB ning dispetcherlari,
shuningdek, uchishlarni boshqarish punktlarining mansabdor shaxslar bilan
kelishgan holda boshqaradi. 5000 km. dan uzoqqa, qo‗nmasdan uchayotgan
havo kemasi harakatlarini boshqarishda, borilayotgan aerodromda murakkab
meteorologik sharoit bo‗lganda HHB, RM dispetcherlari havo kemasi manzil-
dan 1500-2000 km berida paytida manzildagi
meteorologik holat va SUQM
ning ahvolini, zaxira aerodromlar holatini bilishi kerak va agarda sharoit
yomonlashsa, bu haqda ekiрajga xabar berishi kerak. Manzil aeroportdagi RM
dispetcherlari ham shunday ma‗lumotlarni trassadagi RM ga uzatishi lozim.
Mahalliy havo yo‗llari (MHY) da havo kemalari harakatini boshqaradilar: bi-
rinchi kategoriyali MHYda RM va MDP dispetcherlari, belgilangan eshelon-
larda; ikkinchi kategoriyali MHY da - quyi eshelon balandliklarida MDP;
MHY aerodromi
atrofida - SDP yoki MHY, KDP; harakat xizmati mutax-
assislari bo‗lmagan aerodromlarda, havo kemalari ekiрajlari ko‗tarilish va
qo‗nish uchun qaror qabul qilishlariga zaruriy ma‗lumotlarni berish aeroport
boshlig‗i, operator-dispetcherlari va informator-dispetcherlar zimmasiga
yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: