Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


§1.11 Uchish ishlarini tashkil etish va uchish qoidalari



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

§1.11 Uchish ishlarini tashkil etish va uchish qoidalari
Uchish ishlarini tashkil etish fuqaro aviatsiyasi korxonalarini, uchish 
bo‗linmalari va havo kemalari ekiрajlarini boshqarish bo‗yicha tadbirlar 
majmuasi bo‗lib, quyidagilardan iborat: ekiрajlarni tayyorlash, ularning mala-
kaviy darajasini oshirish, ularni shakllantirish va uchishga qo‗yish; uchishlarni 
tashkil etish va rejalashtirish uchish tarkibini tekshirish, uchishlar bajarilishini 
nazorat etish, muhokamalar o‗tkazish, uchishga va shtabga tegishli hujjatlarni 
yuritish. 
Uchishlarni sutkalik rejalashtirish uchish bo‗linmalarining shtabi tomoni-
dan bajarilib, markaziy va mahalliy jadvallar, aviatsiyaning xalq xo‗jaligida 
qo‗llash topshiriqlari, mashq va boshqa tur uchishlar hisobga olinadi. Uchishga 
buyurtmalar, reja-naryadlar uchish vaqti me‘yorlari (sutkalik, oylik, yillik), 
ekiрajning ish va dam olish vaqtini hisobga olgan holda tuziladi. Korxona 
(bo‗lim) komandiri (boshlig‗i) tomonidan tasdiqlangan naryad belgilangan 
vaqtda aerodromning dispetcher punkti (ADP) ga uzatiladi. U yerda jamlanma 
sutkalik reja ishlab chiqiladi. 
Har bir uchishga ekiрaj puxta tayyorlanadi, uning uchishga tayyorlik hola-
ti tekshiriladi. Uchish ishlarini uzluksiz takomillashtirish, uchish sifatini va 
tejamliligini har kuni nazorat etish, holatlar va kamchiliklarni bartaraf etish, 
eng yaxshi ekiрajlar va xizmatlar tajribasini umumlashtirish maqsadida uchish-
lar muhokama qilib turiladi. 
Fuqaro aviatsiyasi (FA) korxonalarida quyidagi muhokamalar o‗tkaziladi: 
ekiрaj orasida uchish oxirida - har bir uchish va xalq xo‗jaligidagi ishda har 
kuni; transport uchishlarini bajaruvchi ekiрajlar, eskadrilqyada - oyda bir mar-
ta; uchish otryadlarida komandir-instruktorlar bilan va uchish otryadlarida - 
ekiрaj bilan; harakatlar xizmati xodimlari, AТB va boshqa xizmatlarda - oyda 
bir marta; korxonaning komandir va raxbarlari bilan - hafta sari. 
Uchishlar muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Maqsad - pilotlash 
texnikasidagi, havo kemalarini va ularning uskunalarini uchish-texnik eksplu-
atatsiyasidagi xatolar va og‗ishlar oldini olish aviatsiya texnikasining ishlamay 
qolish sabablarini aniqlashdan iborat. Nazorat uchun uchish haqidagi 


ma‗lumotlarni yozib qo‗yadigan bort vositalari, uchish parametrlarini qayd 
etadigan yerusti vositalari qo‗llanadi. 
Havo kemalari xavfsiz uchishini ta‗minlash uchun hamma havo trassa-
larida, MHY da va trassadan tashqari yo‗nalishlarda bajarilishi shart bo‗lgan 
quyidagi qoidalar o‗rnatilgan. 
Xavfsiz uchish balandligini tutish qoidalari havo kemasining yer (suv) yu-
zasiga yoki undagi to‗siqlarga urilib ketmasligini kafolatlaydigan eng kam 
balandlikni tayinlashni taqozo etadi. Uchish balandligi ma‗lum sathdan boshlab 
havo kemasigacha tik yo‗nalishdagi masofa bilan o‗lchanadi. Sanoq boshining 
sathiga qarab, quyidagicha balandliklar mavjud: haqiqiy - bevosita havo ke-
masining ostidagi nuqta sathidan boshlab; nisbiy - aerodromning SUQM da 
tanlangan boshlansich nuqtaning sathidan, relyefning eng yuqori nuqtasidan 
boshlab; mutlaq - dengiz sathidan boshlab, VUQ, maxsus VUQ va AQUQ 
bo‗yicha uchishlarning haqiqiy xavfsiz balandligi relyef balandligi va undagi 
sun'iy to‗siqlarning balandligiga qarab belgilanadi. Bunda havo kemasining 
balandligi, pilotlash va samolyotni boshqarishdagi joiz og‗ishlar, balandlikni 
ko‗rsatuvchi asboblarning xatosi, turbulent atmosferada uchish yo‗nalishidan 
vertikal bo‗yicha og‗ish ehtimolligi ornitologik ahvol hisobga olinadi. Haqiqiy 
xavfsiz balandliklar 1.1-jadvalda keltirilgan. 
1.1-jadval.
 
1.1-
 
jadval (aerodromlar ekspluatatsiyasi kitobidan)


Uchishdagi xavfsiz barometrik balandlik (760 mm sim. ust. bosimi 
bo‗yicha) 
Hxsz. 760 = Hjdv. + Hrel — DHt + (760—Rkelt. min). 
Bu yerda Njdv — uchishdagi haqiqiy xavfsiz balandlik (1.1. jadvaldan 
olinadi); Nrel. — uchish yo‗lagi (polosasi) ning belgilangan kengligi che-
garasida joy relyefidagi eng baland nuqtaning absolyut balandligi (sun'iy 
to‗siqlar hisobga olinadi); DHt — navigatsiya chizig‗i bo‗yicha aniqlanadigan 
haroratning uslubiy tuzatishi; Rkelt. min. — uchish yo‗nalishi (uchastkasi) 
bo‗yicha minimal absolyut bosim (dengiz sathiga keltirilgan), mm sim. ust.
Vizual uchish qoidalari (VUQ) havo kemalari orasida belgilangan oraliq 
tutishni ko‗zda tutadi. Bunda ekiрajlar boshqa havo kemalarini ko‗z bilan ku-
zatgan holda berilgan balandlikni (eshelonni) o‗zgartirmaydilar, eshelondan 
past uchishlarda esa, bundan tashqari, ko‗z bilan oldindagi joyni kuzatgan 
holda va to‗siqlarni aylanib o‗tgan holda, haqiqiy absolyut balandlikka rioya 
qilinadi. 
VUQ ni quyi havo bo‗shlig‗ida balandlik (6100 m gacha) kunduz kuni, 
qutb rayonlarida uchishda (60-parelleldan yuqori) sira-shirada, talabga javob 
beradigan meteorologik sharoitlarda, haqiqiy tezlik 550 km/soat dan ortiq 
bo‗lmaganda qo‗llanadi. 
Asboblarga qarab uchish qoidalari (AQUQ) uchishni pilot-navigatsiya as-
boblariga qarab va albatta, harakat xizmati dispetcherining doimiy nazorati os-
tida bajarishni ko‗zda tutadi. Bu qoidalarning qo‗llanishi: tunda - hamma 
eshelonlarda, jumladan pastki havo bo‗shlig‗i chegaralarida VUQ ni ham 
qo‗llagan holda; kunduzi - pastki havo bo‗shlig‗ida (VUQ qo‗llanmagan hol-
larda) va yuqori havo bo‗shliqlarida (balandlik 6100 m va undan yuqori); dara-
jalarni qo‗llab uchishda, AQUQ bo‗yicha uchishlar belgilangan eshelonlarda 
belgilangan oraliqlarga rioya qilingan holda bajariladi. Havo kemalari bir 
yo‗nalishda yoki kesib o‗tadigan yo‗nalishlarda, bir xil balandlikda ketayotgan 
bo‗lsa, ularni eshelonlash bo‗ylama va yonlama eshelonlash qoidalariga binoan 
bajariladi. 
Havo kemalari bir-biri bilan yoki yer usti to‗siqlari bilan urilib ketmasligi 
uchun eshelonlash qoidalari o‗rnatilgan. Ularga ko‗ra, havo bo‗shlig‗ida keta-
yotgan kemalarni uch o‗lcham bo‗yicha (vertikal, bo‗ylama va yonlama) bir-
biridan uzoqlashtiriladi. 
Vertikal eshelonlashda havo kemalari turli balandlikka chiqariladi. 
Balandlik barometr yordamida o‗lchanadi. 
Vertikal eshelonlashning eng kam oraliqlari quyidagicha: pastki eshelon-
dan 6000 m gacha - har 300 m oraliqda; 6000 m dan 12000 m gacha - har 600 
m oraliqda; 12000 m va undan ortiq eshelonda - har 1000 m oraliqda. 


Pastki eshelondan ham pastda uchishda pastki eshelon va uchish balandli-
gi orasidagi masofa 300 m dan kam bo‗lmasligi kerak. Pastki eshelondan 
quyida uchishda 300 km/soatdan ortiq bo‗lmagan tezlikda ketayotgan havo 
kemalari har 150 m da vizual eshelonlanadi; tezlik 300 km/soatdan ortiq 
bo‗lganda esa - hamma holatlarda 300 m oraliqda. Doira bo‗lib aylanish 
balandligi bilan kutish mintaqasining pastki esheloni orasidagi, shuningdek, 
aerodrom atrofidagi havo kemalari orasidagi vertikal masofa 300 m dan kam 
bo‗lmasligi kerak. 
Rossiya havo trassalari, mahalliy havo yo‗llari va trassadan tashqari 
yo‗nalishlar uchun vertikal eshelonlashning yarim doira tizimi joriy qilingan 
bo‗lib, quyidagi haqiqiy yo‗l burchaklari berilgan: 
0° dan 1790 gacha (1790 ham kiradi)-900; 1500; 2100; 2700; 3300; 3900; 
4500; 5100; 5700; 6600; 7800; 9000; 10200; 11400;13000; 15000 m. va u yo-
siga har 2000 m. dan keyin; 1800 dan 3590 (3590 ham kiradi)-1200; 1800; 
2400; 3000; 3600; 4200; 4800; 5400; 6000; 7200; 8400; 9600; 10800; 12000; 
14000; m. va u yog‗iga har 2000 m dan keyin. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish