Mustaqil ish Injenerlik geodeziyasi Mavzu: Nivelirlash va uning usullari Guruh: 104-20 Bajardi: Tursunov Samandar Tekshirdi: Saidov Baxtiyor Reja: - Reja:
- 1. Nivelirlash mohiyati va usullari.
- 2. Geometrik nivelirlash usullari.
- 3. Ketma-ket geometrik nivelirlash usullari.
- 4. Geometrik nivelirlashga yer egriligi va refreksiyaga ta’siri.
- 5. Nivelirlash turlari.
Nivelirlash turlari Nivelirlash turlari Yer yuzasidagi nuqtalarning joylashgan balandliklarini aniqlashda bajariladigan ishlar majmuasiga vertikal syomka deyiladi. Joy relefini o’rganib, uni plan yoki xaritada tasvirlash xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xo'jaligida alohida ahamiyat kasb etadi. Joy relefini sinchiklab o'rganib, uni to'g'ri tasvirlagandagina shirkat, fermer va o'rmon xo'jaliklari yerlaridan to 'g 'ri foydalanish, yo'llar, aholi yashaydigan punktlar, sug'orish va kollektor - zovur tarmoqlari va boshqa meliorativ inshootlarni to’g'ri loyihalashtirish imkoniyati tug’iladi. Relefni qog'ozda tasvirlash uchun joyning xarakterli nuqtalari dengiz yuzasiga nisbatan aniqlansa, u mutlaq (absolyut) balandlik deyiladi. Nuqtalarning balandliklarini aniqlash uchun dastlab ular orasidagi nisbiy balandliklar aniqlanadi. Ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlashga nivelirlash deyiladi.Nisbiy balandlikni aniqlash usuliga ko’ra , trigonometrik. fizikaviy, barometrik, stereofotogrammelrik va avtomatik nivelirlashlar farqlanadi. Nivelirlash — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniqlanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan (qarang Mutlaq balandlik). Nivelirlashni bajarish uslubiga qarab geometrik Nivelirlash, trigonometrik Nivelirlash, fizik (gidrostatik, barometrik va aero) Nivelirlash va stereofotogrammetrik Nivelirlash turlariga boʻlinadi. - Nivelirlash — geodezik oʻlchashning bir turi; yer nuqtalari balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniqlanib, ular orqali ushbu nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt-Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan (qarang Mutlaq balandlik). Nivelirlashni bajarish uslubiga qarab geometrik Nivelirlash, trigonometrik Nivelirlash, fizik (gidrostatik, barometrik va aero) Nivelirlash va stereofotogrammetrik Nivelirlash turlariga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |