Aeroradio nivelirlash samolyotlarga o‘rnatilgan radio balandlik o'lchagich va statoskop yordamida bajariladi. Bu asboblar yordamida yer yuziga nisbatan samolyotning balandligi va uning uchish vaqtidagi balandligining o’zgarishi aniqlanadi. Olingan qiymatlar yordamida yer yuzidagi nuqtalar orasidagi nisbiy balandliklar hisoblanadi.

Stereofotogrammelrik nivelirlash bitta joyning ikkita nuqtadan olingan surati (stereojufti)ni kuzatganda hosil bo'ladigan joyning stereomodeIini o ‘lchash orqali bajariladi.
Avtomatik nivelirlash joy profili avtomatik ravishda chiziladigan asbob yordamida bajariladi. Yuqorida qayd qilib o ’tilgan nivelirlash turlari ichida geometrik nivelirlash eng aniq natijalar beradi va shu boisdan ushbu usul injenerlik ishlarida ko'proq qo'llaniladi.
Bo'ylama nivelirlash bir necha yuz metr yoki kilometr masofada quriladigan yo'l, kanal kabi uzunasiga ketgan inshootning o'q chizig'i deb yuritiluvchi joyning o 'rta chizig'i bo'yicha olib boriladi. Ushbu o'q chiziq o'tadigan bo'ylama joy trassu deb ataladi.
Ko'ndalang nivelirlashda trassa o'q chizig'ining ikki yon tomonlaridagi relefning xarakterli nuqtalarining o'rinlari o‘q chiziqqa nisbatan belgilanib, balandliklari bo'ylama nivelirlash vaqtida aniqlanadi.

Yuzani nivelirlashda qishloq xo'jalik ekinlari ekiladigan yerlar, stadion, aeroport kabi inshootlar quriladigan maydon yuzasi nivelirlanadi, joy relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi.
Bo'ylama va ko'ndalang nivelirlash natijalari bo'yicha bo'ylama va ko'ndalang profil chiziladi. Trassa o'mini belgilash bilan bog'liq dala ishlari trassalash deyiladi. Trassa 100 m.Ii kesmalarga bo'linadi, bu tadbir piketlash deb yuritiladi. ular qoziqlar qoqib mahkamlanadi.