ya‗ni jismoniy yeyilish yuz beradi. Uning shakllari har xil: mexanik yeyilish,
korroziya, materialning charchashi, deformatsiya va yemirilish. Jismoniy yey-
ilish qancha katta bo‗lsa, xizmat muddati shuncha kichkina va qoldiq narx ham
kichkina. Jismoniy yeyilishni kamaytirish uchun o‗z vaqtida ta‗mir qilib, ek-
spluatatsiya holatini to‗liq yoki qisman tiklash zarur.
Jismoniy yeyilishdan boshqa ma‗naviy yeyilish (eskirish) bor. Bunda in-
shoot o‗zining dastabki qiymatini yo‗qotadi. Unga sabab texnik taraqqiyot tu-
fayli paydo bo‗lgan yangi konstruksiyaning ta‗siri arzonroq tushadi (1-tur
ma‗naviy eskirish) yoki kam mehnat talab qiladigan
yangi konstruksiyalar
paydo bo‗ladi (2-tur ma‗naviy eskirish).
Aerodrom inshootlaridan qayta qurilmaydiganlari (binolar) ma‗naviy
eskiradi. Qoplamalar esa vaqti-vaqti bilan qayta qurilishi va kapital ta‗mir qi-
linishi tufayli ma‗naviy eskirmaydi, ular faqat jismoniy eskirishi (eyilishi)
mumkin.
Inshootlar yeyilishining 4 bosqichi bor: ozgina (0-21%) yeyilish; bunda
inshoot yaxshi ishlayveradi, faqat joriy ta‗mir qilinadi; 21-40% oraliqdagi ey-
ilishni
bildiradigan shikastlanishlar; bunda kapital ta‗mir zarur; to‗liq eyilish
(60% dan ortiq); bunda inshoot avariyaviy holatda turadi, uni almashtirish yoki
qayta qurish kerak.
Aerodrom inshootlarini tabiatning to‗lqinli jarayonlari sharoitida dinamik
sistema sifatida qarab turib (1.6-
rasm
), ularning yeyilishi va yemirilishi 2-5
oraliqda bo‗lib, uch bosqichdan iborat ekanligini ko‗rish mumkin: 2-3, 3-4, 4-
5.
2-3 davr ekspluatatsiyaning boshlanishi bo‗lib, bunda davr oxiriga kelib,
ishlab moslashish ro‗y beradi va buzilishlar jadalligi qisqaradi va ularning
taqsimlanishi Veybull qonuniga bo‗ysunadi.
Aerodromning bikr qoplamalari ishining
ishonchliligi va eksplua-
tatsiyaviy bahosi ustida V.L. Sadov qiziq tadqiqotlar o‗tkazgan. Sementbeton
va armobeton qoplamalarning ishonchliligi asosiga qoplamaning mustah-
kamligi bilan ekspluatatsiya holati o‗rtasida bog‗liqlik bor, degan faraz kiri-
tgan. Qoplamaning chegaraviy holatini aks ettirish uchun ishonchlilik darajasi
70% olingan, shuningdek havo kemalaridan tushadigan
yuklama va harorat
o‗zgarishlari natijasida sementbetonda toliqish ro‗y berib, yig‗ilib boraveradi,
ular chegaraviy nuqtaga yetgach yemirilish (darz) ro‗y beradi.
Inshootlarning ishlash qobiliyatini ularni ekspluatatsiya qilish davrida
kapital ta‗mirgacha yuklamalar qo‗yish soni bilan ifodalash mumkin. Uni in-
shoot materialining toliqish tavsiflari orqali aniqlanadi.
Yo‗lsozlar amaliyotida qoplamalarning xizmat
muddatining bir nechta
usuli bor: ishlash qobiliyati bilan (A.K. Birulya); qoplamalarning mus-
tahkamligi va yeyilishi bilan (Soyuzdor NII); yillik o‗rtacha ma‗lumotlarning
ehtimoliy tahlili bilan (XADI) va boshq. E.N.Smirnov, G.A.Kozadayev kabi
mutaxassislarning tadqiqotlari bo‗yicha eng maqbul usul qoplamalarning dav-
riy ta‗miri haqidagi amaliy ma‗lumotlarni AASNO (yo‗l tashkilotlari xodimla-
rining Amerika assotsiatsiyasi) usuli bilan kompleks baholash hisoblanadi.
Asboblar yordamida o‗lchash qiyin yoki juda murakkab bo‗lgan paytlarda
texnikaviy masalalarni yechishda ekspert usuli qo‗llaniladi. Shunday usul
AASNO yo‗riqnomasiga ko‗ra, fuqaro aviatsiyasining 29 aeroportida bajarildi.
Ekspertlar sifatida o‗rganilayotgan qoplamalarni bevosita ekspluatatsiya qilish
bilan va ularni qurishda ishtirok etgan mansabdor kishilar taklif qilindi.
Qoplamaning yomon holatini bildiradigan 2,5 balldan boshlab, a‗lo holatni an-
glatadigan 5 balgacha baholar qo‗yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: