Temir –beton konstruksiyalari haqida umumiy ma’lumotlar
Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib boʻlmaydi.
Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi.
Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.
Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi.
Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi.
Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar k. larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi.
Rivojlanishning uchinchi davrida (1955-yildan) yangi usul — chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hozirgi kunda ham qoʻllaniladi va davr talabiga moye ravishda yil sayin takomillashib boradi. Zamonaviy qurilish texnologiyasining muhim vazifalaridan biri temirbeton, shu jumladan, yengil Temirbeton konstruksiyalar k. yaratish va amalda joriy etishdan iborat.
Tosh va yog'och ibtidoiy odamning dastlabki qurilish materiali hisoblangan. Keyinchalik inson xom g‘isht, pishiq g‘isht va beton tayyorlashni o ‘rgandi. Beton siqilishga yaxshi, cho'zilishga sust qarshilik ko'rsatadigan sun'iy materialdir. Betonning cho'zilishga bo'lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10—15 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Anizotrop materiallar — turli xil yo'nalish bo'yicha xossalari har xil bo'lgan materiallardir. Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda jiddiy qiyinchiliklarni tug'diradi. Beton cho'zilishga sust qarshilik ko'rsatganligi sababli armaturasiz balka ko'p yuk ko'tara olmaydi. Sababi, beton to‘sinining cho‘zilish zonasida betonning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi hisobiga , siqilgan zonaning mustahkamligidan to‘liq foydalana olmaymiz, natijada beton balkaning mustahkamligi kam bo'ladi. Agar balkaning cho‘zilish zonasiga armatura qo‘yilsa, balkaning yuk ko‘tarish qobiliyati (taxminan 20 marotaba) ortadi . Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlari ham po‘lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga ham, cho‘zilishga ham yaxshi qarshilik ko'rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini ancha oshiradi. Po’lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Temirbetondan ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi. Quyidagi sabablar beton bilan po’lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi:
1. Beton qotish jarayonida po‘lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi).
2. Zich beton po‘lat armaturani zanglashdan va yong‘indan asraydi.
Po’lat bilan og’ir betonning temperatura ta'sirida chiziqli kengayish koeffisiyentlari bir-biriga juda yaqin (beton uchun = (l÷l,5)⋅ ; armatura uchun esa = l ,2⋅ ).
Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lindi. Ammo temirbetonning afzalligi va nuqsonlari ham bor.
Temirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishi uchun imkon yaratdi: mustahkamligi; ko'pga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berish imkoniyati.
Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: vaznining og’irligi; issiqlik va tovushni oson o‘tkazishi; mustahkamlash va ta'mirlashning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo.
Betonda yoriq paydo boMishining oldini olish uchun uning cho‘zilgan armatura yordamida siqiladi. Bunday konstruksiyalar oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari deb ataladi.
Armatura uchun beton nimaga kerak? Beton armaturaga qaraganda, uzoq muddatga chidamli material, u korroziyaga chidamliroqdir. Undan tashqari po‘latga qaraganda beton olovbardoshligi yuqori, ya’ni yuqori temperaturalar ta’sirida yuk ko‘tarish qobiliyatini uzoqroq saqlaydi. Bu esa yong‘in paytida evakuatsiya qilish uchun zarur. Shuning uchun betonning tanasiga o‘rnatilgan armatura korroziyadan 6 va yuqori temperaturadan himoyalanadi. Loyihalash me’yorlarida beton himoya qatlamining minimal qiymatlari belgilangan, ular bo‘ylama armatura diametridan kam bo‘lmasligi (ayrim hollarda diametrining ikki barobaridan kam bo‘lmasligi) hamda konstruksiyaning turi va ekspluatatsiya sharoitiga qarab, 10–70 mm dan kam bo‘lmasligi belgilangan. Ta’kidlash kerakki betonning himoya qatlamisiz beton bilan armaturaning ishonchli tishlashishini ta’minlash mumkin emas, shuningdek ularning birgalikda deformatsiyalanishini ham ta’minlash lozim. Nima uchun temir-beton konstruksiyalarni mustahkamlikka hisoblaganda siqilgan betonning mustahkamlik chegarasidan foydalaniladi lekin cho‘ziluvchi armaturaning mustahkamlik chegarasidan foydalanilmaydi? Agar armaturaning ham mustahkamlik chegarasidan (uzilishga vaqtinchalik qarshiligi σsu foydalanilsa, uning uzayishi shunday katta bo‘ladiki, konstruksiyada yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan katta darzlar va ko‘chishlar hosil bo‘ladi, eng asosiysi – egiluvchi elementlarda chetki siqilgan tolalar ancha erta siqiluvchi chegaraviy deformatsiyaga yetib boradi εb, natijada armatura siqilishga mustahkamlik chegarasiga yetib bormasdan oldin betonning siqiluvchi zonasida buzilish boshlanadi. Shuning uchun hisoblashlarda jismoniy σpl yoki shartli σ02 oquvchanlik chegarasidan foydalaniladi.
Oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton nima? Bunday temir-betonga tashqi kuch ta’sir qilguncha, tashqi kuch ta’sir qiladigan paytdagi kuchga ishora bo‘yicha teskari kuchlanish hosil qilinadi, ya’ni betonda siqiluvchi va armaturada cho‘zuvchi kuchlanishlar hosil qilinadi. 38. Oldindan zo‘riqish qanday hosil qilinadi? Ishchi armaturani oldindan zo‘riqtirish ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda konstruksiyani oldindan betonlanadi va unda kanal qoldirib keyin undan armatura o‘tkaziladi. Beton tegishli mustahkamlikka erishgandan keyin armatura tortilib, uning uchlari konstruksiyaning chetki qismlariga mahkamlanadi. Armatura tortilish jarayonida beton siqiladi. Tortilgandagi zo‘riqish P betonga uzatiladi va mazkur usulni betonga tortish deyiladi. Ikkinchi usulda armaturaning bir tomonini qisqichlarga mahkamlab, ikkinchi tomonidan domkrat yordamida tortiladi. Beton kerakli mustahkamlikni olgandan keyin qisqichlardan bo‘shatiladi. Armatura qisqarish davomida tishlashish kuchi hisobiga atrofidagi betonni siqadi. Oldindan zo‘riqtirishni kengayuvchi sement yordamida ham amalga oshirish mumkin. Beton qotish jarayonida hajmi ortadi 26 va natijada armaturaning uzayishiga sabab bo‘ladi. Ushbu usul nisbatan kam qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |