OLDINDAN ZO‘RIQTIRILGAN TEMIR-BETON
Temir-betonni oldindan zo‘riqtirishning nima foydasi bor? Darzbardoshlik va bikrlik ortadi. Oddiy S va oldindan zo‘riqtirilgan Sr armaturali balkani solishtiramiz .Birinchi balkada (a) F yuk ortishi bilan solqilik f noldan boshlanadi. Ikkinchi balkada (b) esa F yuk qo‘yilgunga qadar qisuvchi kuchning (R) natijasida solqilikka teskari ishorali botiqlik fcp hosil bo‘ladi. Shu tufayli oldindan zo‘riqtirilgan balkada solqilik kamroq bo‘ladi. Undan tashqari oldindan zo‘riqtirish yuqori mustahkamlikdagi beton va yuqori mustahkamlikdagi armaturalar qo‘llanilishiga imkon beradi. Bu esa materiallar sarfi hamda konstruksiyaning xususiy og‘irligi kamayishiga olib keladi. Oldindan zo‘riqtirish konstruksiyalarning mustahkamligiga ta’sir qiladimi? Bevosita ta’sir qilmaydi. 15-rasmdan ko‘rinib turibdiki, darz hosil bo‘lgandan keyin cho‘zuvchi kuch N ni faqat armatura qabul qiladi. Uning yuk ko‘tarish qobiliyati Nsu=Rs As , zo‘riqtirilgan yoki zo‘riqtirilmaganligidan qat’i nazar mustahkamligini bildiradi. 27 41. Nima uchun zo‘riqtirilgan armatura sifatida «yumshoq» po‘lat qo‘llanilmaydi? U «yumshoq»ligi uchun emas, uning mustahkamligi kamligi sababli qo‘llanilmaydi. Agar uni hatto oquvchanlik chegarasigacha tortilsa ham, kirishish, tobtashlash deformatsiyalari sababli vaqt o‘tishi bilan oldindan zo‘riqtirish butunlay yo‘qoladi, armatura boshlang‘ich kuchlanishni to‘la yo‘qotadi. Shunday bo‘lsada, A-III klass «yumshoq» po‘latni oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiya sifatida ishlatish mumkin. Buning uchun uni oldindan 450...500 MPa gacha (oquvchanlik chegarasidan yuqori kuchlanishgacha) tortib, keyin qo‘yib yuboriladi. Shuning natijasida oldingi oquvchanlik maydoni yo‘qoladi, yangi hosil bo‘lgan oquvchanlik maydoni avvalgisining 1/3 ulushicha yuqori bo‘ladi. Bunday po‘lat tortish natijasida mustahkamlangan po‘lat deb ataladi va uni A-IIIB qilib belgilanadi
Betonning uzatish mustahkamligi nima? Bu siqilish paytidagi betonning kub mustahkamligi Rbp. Odatda u loyihaviy mustahkamlik B dan kichik bo‘ladi. Zavod sharoitida beton 100% loyihaviy mustahkamlikka erishishini kutish noto‘g‘ri hisoblanadi. Shuning uchun Rbp ning shunday minimal qiymati belgilanadiki, betonni zo‘riqtirish natijasida siqilganda uni ko‘tarish va tashish paytida uning mustahkamligi va darzbardoshligi ta’minlansin. Ekspluatatsion yuk qo‘yilgunga qadar beton loyihaviy mustahkamlikka erishadi. Har qanday holatda ham Rbp beton klassining 50% idan va 11 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak (arqonsimon va sim armaturalar hamda A-VI va undan yuqori klass armaturalar uchun 15,5 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak). Ta’kidlash kerakki, Rbr qancha kichik bo‘lsa, tobtashlash natijasidagi yo‘qotish shuncha katta, siqilish kuchi esa shuncha kichik bo‘ladi, Rbr qancha yuqori bo‘lsa, issiqlik bilan ishlov berish vaqti ko‘p va natijada konstruksiyaning narxi ko‘proq bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, uzatish mustahkamligining optimal qiymati Rbp = 0,7B ga teng. Afsuski, loyihalash me’yorlarida prizmatik uzatish mustahkamligi keltirilmagan, hisoblashlarda esa uni aniqlash kerak 32 bo‘ladi. Loyihachilar ushbu qiymatni o‘zlari aniqlashlari kerak bo‘ladi. 50. Nima maqsadda kuchlanishlar yo‘qotilishi birinchi va ikkinchi yo‘qotishlarga bo‘linadi? Birinchi yo‘qotishlar tayyorlash jarayonida va beton siqilishi tugaguncha namoyon bo‘ladi. Ikkinchi yo‘qotishlar temir-beton tayyorlangandan keyin uning ekspluatatsiyasi boshlanguncha ro‘y beradi. Ularning bo‘linishiga sabab shundaki, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiya turli davrda turlicha yuklarni qabul qiladi, uning ta’siriga konstruksiyani mustahkamlik va darzbardoshlikka tekshirish kerak. Buyum tayyorlab bo‘linishi bilan siquvchi kuch, uni ko‘tarish yoki tashishdagi xususiy og‘irligiga ta’sir qiladi.
1. Asqarov B.A. Qurilish konstruksiyalari. – Toshkent: «O‘zbekiston», 1995. 2. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R., Xabilov B.A. Temir-beton va tosh-g‘isht konstruksiyalari. – Toshkent: «O‘zbekiston», 1997. 3. А.Б.Ашрабов. Просность сейсмостойкость железобетонных конструкций зданий. – Ташкент: издательство «Узбекистан», 1973. 4. А.А.Ашрабов, Ю.В.Зайцев. Железобетонные и каменные конструкции. – Т.: Укитувчи, 1992. 5. Байков В. Н., Цигалов Э.Е. Железобетонные конструкции. Общий курс. Изд. 5-ое. – Москва: «Стройиздат», 1991. 6. В.В. Габрусенко. Основы расчета железобетона. Учебное пособие. – Новосибирск, 2001 г. 7. Т.М. Пецольд, В.В. Тур. Железобетонные конструкции. Основы теории, расчета и конструирования. – 2003 г. 8. В.Ф. Фомина. Архитектурно-конструктивное проектирование общественных зданий. – Ульяновск, 2007 г. 9. Christopher Arnold, Robert Reitherman. Building configuration and seismic design. – New York. John Wiley&Sons, Inc., 1982. 10. Y.Bozorgnia, V.Bertero. Earthquake Engineering from Engineering Seismology to Performance-Based Engineering, 2006. 11. Mirzaaxmedov A.T. va b. Temir-beton konstruksiyalarini hisoblashga doir masala va misollar. – Farg‘ona, 2009-y
Adabiyotlar ro‘yhati
Do'stlaringiz bilan baham: |