Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


§1.22 Aerodrom qoplamalariga tushadigan dinamik



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

§1.22 Aerodrom qoplamalariga tushadigan dinamik
yuklamalar
Havo kemalari massasi aerodrom qoplamalariga dinamik tarzda ta‗sir et-
ishi 3 holatda kechadi: qo‗pol qo‗nganda, g‗ildiraklar qoplamaga tekkan onda 
(zarbali yuklama); qoplama bo‗ylab yugurishda, shig‗ovda, rullashda (in-
ersiyali yuklama); qoplama yuzasidagi notekisliklar ustidan o‗tganda (kuch 
yuklama). Havo kemalari qo‗nayotgandagi dinamik yuklamalar uch tarkibiy 
qismdan iborat: vertikal, ikkita gorizontal-bo‗ylama va ko‗ndalang.
Zamonaviy havo kemalarini qo‗ndirish texnikasi asosan, qoplamaga bi-
rinchi bor tegishdagi zarbani kamaytirishga qaratilgan. Buning uchun havo 
kemasi pasayayotgandagi vertikal tezlik juda kam (nolga yaqin) bo‗lishi kerak. 
Havo kemasi qo‗nayotgan onda g‗ildiraklarning dinamik zarbasi katta 
qo‗nish tezligi va ko‗taruvchi kuch ta‗sirida so‗nib qolishi mumkin. Ilgarilama 
harakat tezligi kamaygan sari qo‗nish yuklamasi havo kemasi massasigacha 
oshadi. Vertikal yuklamasining bu o‗zgarishi ravon egri chiziq bo‗yicha 
kechadi; bu chiziqda, agar havo kemasi qoplamadagi notekisliklarga duch 
kelsa, 30-50 km/soat tezlik bilan yuriladigan uchastkalarda yuklamalar ortib 
ketishi mumkin.
Qoplamalarga bo‗ylama va ko‗ndalang gorizontal yuklamalar ham 
tushadi. G‗ildiraklar qoplamaga tekkan onda tinch turadi va yuza bilan ilash-
gach, birmuncha vaqt sirpanadi. Shunda ishqalanish kuchi paydo bo‗lib, 
g‗ildirakni aylantirib yuboradi va bu g‗ildirakning aylanma tezligi havo kemas-
ining ilgarilama tezligiga tenglashguncha davom etadi.
Ishqalanish-sirpanish, keyin ishqalanish-tebranish kuchlari g‗ildirakning 
pastki siqilgan joyiga, havo kemasining harakatiga teskari yo‗nalishda tushadi. 
Unga teskari kuch-reaksiya yuqorida aytilgan bo‗ylama gorizontal yuklama 
bo‗ladi. Bu yuklama qoplamaning yuza qatlamini ediradi, sementbeton qopla-
ma plitalarini suradi, bikr bo‗lmagan qoplamalarning yuqori qatlamlarini siljit-
adi. 


Ko‗ndalang gorizontal yuklamalar havo kemasining harakati chiziqdan 
og‗ganda, ayniqsa, keskin burilishda yuzaga keladi va burilishdan teskari 
tomonga yo‗naladi. Bu yuklamalar bo‗ylama gorizontal yuklamalardan bir-
muncha kichik, biroq ikkovi birlashib, umumiy tashkil etuvchi hosil qilganda, 
qoplamaning o‗sha qismlarida yedirilish va siljish katta bo‗ladi.
V.Ya.Kiyashkoning tadqiqotlariga ko‗ra, Il-18 samolyotining g‗ildirak-
larini aylantirgan paytda (0,1-0,2 davom etadi) quruq asfaltbeton qoplamaga 
tushadigan eng katta vertikal yuklama havo kemasi massasining taxminan 50 
foiziga teng keladi. 
Qoplama uchun eng yaxshi (maqbul) yuklama, vertikal va gorizontal 
yuklamalarning teng ta‗sir etuvchisi qoplamaga 45° dan kichikroq burchak bi-
lan tushganda bo‗ladi. Bu yuklamalar qoplama yuqori qatlamidagi bo‗sh joy-
larni yemirib, yedirib, ko‗zga ko‗rsatib qo‗yadi. Qoplama yedirilaverganidan 
havo changlanadi, qoplama yuzasi ifloslanadi, namgarchilikda loy hosil 
bo‗ladi. Qoplama yuzasidan ko‗tarilayotgan chang-to‗zon reaktiv dvigatel 
ichiga tushib, uni ishdan chiqarib boradi.



Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish