A.K. Dyuninning qor-bo‗ron hodisalari uchun ishlab chiqqan matematik ifoda-
larni havo kemasidan chiqayotgan gaz oqimlariga qo‗llash mumkin.
Qoplama yuzasidagi gaz oqimlarining harorati va tezligi haqida tajribalar
yo‗li bilan aniqlangan ma‗tumotlar, aerodromlarni o‗rganish natijasida
to‗plangan ma‗lumotlar u yoki bu materialni qoplama uchun ishlatish
shartlarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, zich asfaltbeton mustahkamligi
va barqarorligini, gaz oqimi harorati 110-120°C da va oqim tezligi 50 m/s. ga-
cha bo‗lganda 3-4 minut davomida saqlay oladi. Harorat 80-90°C dan ortiq,
oqim tezligi 30-40 m/s bo‗lganda, organik boslovchilar bilan ishlangan hamma
materiallarda eroziya hosil bo‗ladi: mayda tosh-chaqiq tosh qoplamalarining
oqim tezligi 50 m/s dan ortiq bo‗lganda, grunt yuzalari esa-30 m/s
dan ortiq
bo‗lganda yemirila boshlaydi.
Chim qoplamadagi o‗simlik 50°C dan ortganda qurib, tez yonib ketadi.
Sementbeton qoplamalar qisqa muddatli (1-minutgacha) gaz oqimi dastasining
harorati 300°C gacha bo‗lsa ham, chidab beradi.
Qoplamalar ekspluatatsiyasida eng og‗ir sharoit yaratadigan havo kema-
lari vertikal ko‗tarilib-qo‗nadiganlari bo‗lib, ular uchun grunt maydonlari va
oddiy sementbeton qoplamalar, agar ustida himoya qatlami bo‗lmasa, yara-
maydi. Ularni kapital turdagi bikr va bikr bo‗lmagan konstruksiyali qoplama-
larda, ayrim
hollarda, chim qoplamalarda ekspluatatsiya qilish mumkin. Havo
kemalari harakatlanayotganda gaz oqimi dastasining ta‗siri juda kam (chunki
qisqa muddat ta‗sir etadi) va qoplamaning mustahkamligiga, barqarorligiga
ta‗sir etmaydi. Reaktiv dvigateli havo kemalari harakatlanayotganda, agar
qoplama yuzasi changlardan tozalanmagan bo‗lsa, chang-to‗zon ko‗taradi.
Gaz oqimi dastasining qoplamaga ta‗siri geometrik,
aerodinamik va is-
siqlik-fizik ko‗rsatkichlarga bog‗liq: chiqindi gazlarning tezligi va harorati 4
gaz oqimi dastasining konus burchagi; oqim dastasining gorizontga nisbatan
og‗ish burchagi; dvigatellarning joylashish balandligi, konstruktiv xususiyatlari
va dvigatellarning bir joyda ishlash davomiyligi. Gaz oqimi dastasi soplodan
chiqib, qoplama yuzasiga tekkan joyda elliрs shaklli maydon hosil qiladi. Bu
maydon ma‗lum uzunlik va kenglikka ega, ta‗sir vaqti va oqim dastasi o‗qining
qoplama bilan kesishgan nuqtasi bor. 2.15-rasmda shu maydonning bo‗ylama
kesimi va sxemasi ko‗rsatilgan.
Gaz oqimi dastasining ko‗rsatkichlaridan qoplama yuzasidagi harorat va
bosimni
aniqlash mumkin, buning uchun V.B. Тrigoni maxsus uslub ishlab
chiqqan.
Il-62 samolyotining to‗rtta dvigateli 1.2 N rejimda ishlab turgandagi gaz
oqimi dastasi izoterma chiziqlari orqali 2.16, b-rasmda, qoplama yuzasidan 0,2
m yuqoridagi bosimi orqali 2.16, a-rasmda tavsiflangan. O‗lchovlar samolyot
ishlab turgan paytda olingan, shuning uchun shamol ta‗sirida
birmuncha as-
simetriya hosil bo‗lgan. Shunisi qiziq-ki, samolyot 60-70 m yurganida har bir
dvigatelning harorat va bosimi o‗ziga xos bo‗ladi-da, keyin to‗rttala dvigatel
umumiy oqim hosil qiladi.
Тurar joylardagi, perrondagi odamlarga, yon-atrofdagi binolar va inshoot-
larga harorat va shamol bosimi yubormaslik maqsadida oqimni o‗zgartiradigan
shitlar qo‗yiladi. Shitlar bo‗lmasa, samolyotni xavfsiz masofagacha
uzoqlashtirib, dvigatellari ishga tushiriladi.
Qoplamaga tomgan yonilsi va moy yuzani sirpanchiq qilib qo‗yadi,
tamg‗a belgilarini buzadi,
yemiradi, organik bog‗lovchi material aralashgan
qoplamani eritib, yumshoq qilib qo‗yadi. Тomgan, to‗kilgan yonilg‗i dog‗ini
ketkazib bo‗lmaydi, moy dog‗ini esa, qirib olish, maxsus erituvchilar bilan
zararsizlantirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: