O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
Matematika yonalishi 20.01 guruh talabasi
Otaxonov Asrorbek Anvarjon o’g’lining
Algebra va sonlar nazariyasi fanidan
“Natural sonning berilgan asosdagi sistematik ifodasi haqidagi teorema” mavzusidagi
KURS ISHI
| QABUL QILDI: Madraximov A.
Farg’ona – 2021.
Reja:
Kirish.
1. Natural sonlar va ularning tasnifi.
2. Sanoq sistemalari haqida tushuncha.
3. Turli sanoq sistemalari va ularning ishlash asoslari.
4. Sanoq sistemalarida arifmetik amallar.
5. Bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga o’tish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Aql tarozisida tortib
Ko’rilmagan har qanday bilim
asossizdir. Shu bois mantiq
ilmini o’rganmoq juda muhim.
Abu Ali Ibn Sino
Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bagishlangan tantanali marosimidagi nutqida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb ta’kidlagan edi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan umumta’lim muassasalari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan mutaxassislari malakasining raqobatbardosh bo’lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitutsiyada e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirishgan ezgu maqsadlarni ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rganish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini hasil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan bog’liqdir. Zero yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish mustaqil O’zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2001-yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va OTMlariga jadallik bilan olib kirish g‘oyasi ilgari surilgan edi. Prezident I.Karimov tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydadagi 230-sonli «2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. 2002-yil 30-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi «2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi. Bulardan ko‘rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish asosiy masalaga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |