§ 1.3. Ta'mir ishlari va ta'mirlash materiallari
Choklardagi to'ldirgichlar yemirilgan bo'lsa, ularni olib tashlab, yangisi
qo'yiladi: rezina bitumli yopishtiruvchi (RBYo-25 IV va V yo'l-iqhm /onasida;
RBYo-35 III va IV zonada; RBYo-50 I va II zonalarda); «Izol» mastikasi, zi-
chlovchilar (tiokolli, poliefirli); polimerbitumli mastika BMVG-I.
Yuzalarda yupqa (0,8-1,2 sm) qatlam hosil qilish, termoizolyatsiya qatlam
uchun rezorsinformaldegid asosli polimerbeton ishlatish maqsadga muvofiq.
Ta'mirlovchi materiallar turli sifatlarga ega bo'lgan yopishtiruvchi va
to'ldiruvchilardan tashkil topadi.
Yuqori mustahkam mayda donali (qumli) sementbetonda oddiy se-
mentbetonga qaraganda yirik to'ldiruvchisi (chaqiq tosh) bo'lmaydi. To'ldiru-
vchi sifatida yiriklik moduli 2 dan yuqori bo'Igan tabiiy kvarsli qum ishlatiladi.
Yopishtiruvchi o'rnida mayda kvars qum aralashgan mayda portlandsement
ishlatiladi. Portlandsementning markasi 500 dan kam bo'lmasligi kerak.
Aralashmani yotqizish qulay bo'lishi uchun sement massasidan 0,1-1% mi-
qdorda sulfatli achitqi qo'shiladi. Aralashma titratma uskunalarda (VLS-1) 5-7
minut davomida tayyorlanadi, uni tashish uchun ruxsat etilgan vaqt
quyidagicha: havo harorati 15°C da ko'pi bilan 60 min; j5_25°C da-45 min;
25°C dan yuqori bo'lganda-30 min. Mayda donali setnentbetonning mus-
tahkamligi, darzga bardoshliligi, sovuqqa chidamliligi, yeyilishga qarshiligi
oddiy sementbetonga qaraganda yuqori.
Yuqori mustahkam sementbetonni titratma uskunalarda, yuqori aktiv va
cho'kish bermaydigan portlandsementdan (500, 600, 700 markali), yuqori mus-
tahkam chaqiq toshdan, yiriklik moduli 2 dan kam bo'lmagan va tos qumini
maydalab hosil qilingan kvarsli qumdan va suvdan tayyorlanadi. Sement va
qum nisbati 1:0,8 dan 1:1,2 gacha bo'ladi; Chaqiq tosh 3 mm-10, 20, 40 mm.,
suv va sement nisbati 0,35-0,4 bo'ladi.
Tez qotadigan yuqori mustahkam sementbeton-tez qotadigan sement
(TQS), kengayadigan portlandsement (KPS) yoki kengayadigan sement (KS),
yuqori mustahkam chaqiq tosh, kvars qum. suv va kalsiy xlor aralashmasidan
hosil bo'ladi. Tez qotadigan sement sarfi 1 m
3
aralashma uchun 400 kg, KPS
yoki KS sarfi-180 kg, kalsiy xlor sarfi 5-10 kg. Aralashmani tayyorlash va yot-
qizish vaqti 1-1,5 so at dan oshmasligi kerak.
Tez qotadigan sementbetonni, shuningdek 400 yoki 500 markali tuproqli
sementdan ham tayyorlash mumkin. Uning sarfi 1 m
3
aralashmaga 700-800 kg,
chaqiq tosh (2.10 mm)-900 kg, qum-500 kg, suv 200-250 1, tayyorlash va yot-
qizish vaqti 2 soatdan oshmasligi kerak.
Sementbeton kolloid yelim - bir jinsli sementbeton-qum pastda bo'lib,
markasi 500 dan past bo'lmagan maydalangan portlandsement va kvars qumli
titratma uskunada aralashtirib, olinadi.
Quruq aralashmada sement va qum massalarining nisbati 70:30 yoki
60:40 bo'ladi. Suv - sement nisbati 0,3-0,45. Aralashmadagi plastifikator (sul-
fidli achitqi) miqdori sement miqdoridan 0,1-1%, qotishni tezlatgich (kalqsiy
xlor) niki 2% bo'lishi kerak. Sementli kolloid elirnni ishlatish vaqti 3-4 soat.
Undan ta'mirlovchi materiallarni yotqizishda va darzlarni ta'mirlashda foydala-
niladi.
Suyuq, sanoat shishasi asosida tayyorlangan mayda zarrali tez qotadigan
beton natriyli suyuq shisha, kvars qum, ikki kalsiyli silikati bor materialdan
(nefelinli shlak, fenmromli shlak, maydalangan domna shlagi) tayyorlanadi.
Awal shlam (yoki shlak) va qumdan quruq aralashma tayyorlab olib, ta'mirlash
joyida ko'chma aralashtiruvchi uskuna yordamida suyuq shisha aralashtiriladi.
Epoksid-toshko'rnirli polimerbeton polimerli biriktiruvchida (ED-20 ni-
sumli smola, ED-15), organik biriktiruvchidan, plastifikatordan (tosh-ko'mirli
smola), erituvchidan (toluol), qotiruvchidan (polietilen poliamin), 5 mm dan
maydaroq kvars qumdan va 1.25-5 mm kattalikdagi granit chaqiq toshdan
tashkil topadi. Bunday polimerbetonni ta'mirlanadigan yuzaga surilgan grunt
ustidan o'tqiziladi. Grunt smola (epoksidli 33% va toshko'mirli 41%) dan
tayyorlanadi.
Epoksid-toshko'mirli polimerbeton bir sutka qotgandan keyin quyidagi
mustahkamlikka ega bo'ladi: siqishda 58, 86-98,1 MPa, bukishdagi cho'zilish-
19,62-24,52 MPa, cho'zilish 6,85-10,8 MPa. Yotqizishga tayyorlangan po-
limerbeton, havo harorati 25°C bo'lganda 50-40 min. ichida to'shalishi mum-
kin. Epoksid-bitumli va epoksid-qatronli polimerbetonlar quyidagilardan
tayyorlanadi: epoksid smola (ED-20, EPS-1), polietilen poliamin, dibutilflalat
(uning o'rniga PN-1 yoki MTF-9 poliefir ishlatish mumkin) yoki tiokal (NVG),
suyuq bitum (MG 70/130) yoki toshko'-rnirli qatron (D-3, D-4, D-5). Bunday
pohmerbetonning mustahkamlik chegaralari (bir sutkadan keyin): siqishda
29,43-44,10 MPa, cho'zishda 3,92-4,85 MPa. Tayyorlangan aralashma 40-50
minut ichida yotqizilisbi mumkin.
Epoksidli yelim epoksidli smoladan (ED-20, ED-17), dibutilftalatdan,
aminofenol smola (Af-2) dan tayyorlanadi. Adgeziyali mustahkamlini oshirish
uchun (1.5-2 marta) sirt-tarang aktiv moddalar qo'shiladi: S17-S20 fraksiyali
xlorid dimetilalkil benzil ammoniy-DABA yoki S10-S16 fraksiyali xlorid-alkil
benzil dimetil-ammoniy-ABDA qo'shiladi. Epoksid yelimga to'ldiruvchi
aralashtirilsa (sement, qum yoki 5-15 mm fraksiyali chaqiq tosh), yuqori mus-
tahkam epoksid polimerbeton hosil bo'ladi. Bu materiallardan xo'l yuzalarni
ta'mirlashda, harorat minus (-20°C gacha) bo'lganda foydalanish mumkin.
Rezorsinformaldegidli smola asosida tayyorlangan polimerbeton mineral
to'ldiruvchi (qum yoki granit elanma) va polimer biriktiruvchi: rezonsin-
formalqdegid smola (FR-12), formalinning 40% li eritmasidan tayyorlanadi.
Plastifikator sifatida toshko'mirli yoki poliefitii smola ishlatiladi. Aralashmani
bevosita ish joyida aralashtirgichlarda tayyorlash kerak, kichik hajmdagi
ta'mirlarda esa kichikroq idishlarda mexanizatsiya yordamida yoki qo'l bilan
tayyorlanadi.
«lzol» mastikasi sovuq va issiq holda qo'llash uchun chiqariladi. Issiq
mastika bir jinsli massa bo'lib, rezinabitum biriktiruvchi aralashgan. Unga BN-
111, BN-IVbitumi, kumaron smola, rezina kukuni (ushoqlari), asbob kukuni va
kanifol qo'shiladi. Sovuq mastika issiq mastikaning benzindagi 30-50% li erit-
masidir.
Rezina-bitumli yopishtiruvchi (biriktiruvchi) -RBYo ni zavod sharoit-
larida BN-1V bitumi, rezina ushog'i, indenkumarin smola, AK-15 moyi va P-
200 pohizobutilen aralashmasidan tayyorlanadi. RBYo minus 50°C gacha ha-
roratda ham elastikhgini saqlaydi, RBYo-25, RBYo-35, RBYo-50 rusumlari
bor. Raqamlar elastikhgini saqlab qoladigan chegaraviy haro-ratni bildiradi.
RBYo ni ishlatishdan oldin bitum qozonda 180-200°C gacha, 4 soatdan ortiq
bo'lmagan vaqt qizdiriladi.
Mustahkamligi yuqori, issiqbardosh bitumh mastika-BMTV-1 quyida-
gilardan tayyorlanadi: neftli yopishqoq bitum (BND 90/130), divinilstirolli
termoelastoplast (DST), erituvchi kondensat «Vukthl» va to'ldiruvchi (Ns
7-520 asbest uni va M-400 portlandsement). Mastika manfiy va musbat haro-
ratlarda ham issiqbardoshligi va clastikligini yo'qotmaydi, 70°C da yumshay
boshlaydi, minus 18'C da mo'rtlasha boshlaydi.
RBYo asosida tayyorlangan asfaltbeton aralashma oddiy asfaltbet on dan
shunisi bilan farq qiladiki, uni tayyorlashda biriktiruvchi sifatida bitum emas,
rezina-bitumli biriktiruvchi ishlatiladi. Uning sarfi bor - yo'g'i 1-3% ga ko'pa-
yadi. Shuning uchun bu aralashma yuqori musbat haroratlarda ham siqishga
yaxshigina qarshilik qiladi (20°C da 30-40%, 50"C da-1,5-2 marta ko'p-oddiy
asfaltbetonga nisbatan), manfiy haroratlarda csa elastikligini saqlab qoladi.
Qoplamalarni ta'miriash uchun mayda zarrali RBYo asfaltbeton aralashma ish-
latish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |