§ 1.2. Aerodrom inshootlarini ta'mir ishlarining turlari
Aerodrom inshootlarining ta'miri ikki xil: joriy va kapital bo'ladi.
Joriy ta'mir - inshootlar bevaqt yeyilib ketishiiiing oldini olish uchun te-
zkorlik bilan mayda shikastlarni bartaraf etishga qaratilgan ta'mir ishlaridan
iborat. Bunday ta'mir qoplamaning yuk ko'tarish qobiliyatini va mustah-
kamligini oshirmaydi, lekin ekspluatatsiyada ishonchlilikni, xavfsiz uchish-ni
ta'minlaydi. Joriy ta'mir, qoidaga ko'ra, uchishlar orasida yil davomida, asosan
iliq va ob-havo qulay paytlarda bajariladi.
Joriy ta'mir rejali va kutilmagan bo'lishi mumkin. Rejali ta'mir inshoot-
ning ekspluatatsiya
ishini tashxis qilish, koncona rahbarini tasdig'idan o'tgan
grafik asosida bajariladi. Kutilmagan ta'mir shunday zarurat tusilganda bajari-
ladi. Bunday ta'mirlar stixiyali falokatlar, avariyalarda yuzaga keladi, buning
uchun yetarli darajada materiallar zaxirasini, texnika vositalarini ushlab turish
lozim.
Kapital ta'mir inshootlarni tuzatish, yeyilgan va deforrnatsiyalangan gle-
mentlarni almashtirish hajmi katta (25% gacha) bo'lgandagi ta'mirdir.
Joriy
ta'mirdan farqi shuki, bu ta'mir bir necha yilda bir marta, zarurat tug'ilganda,
uchishlami to'xtatib bajariladi. Ba'zi holatlarda, masalan, asfaltbeton qoplab,
mustahkamlashda uchishlar to'xtatilmasligi mumkin.
Kapital ta'mir kompleks va tanlama bo'lishi mumkin. Birinchisida in-
shootning hamma elementlari, ikkinchisida ayrim elementlar ta'mirlanadi.
Kompleks ta'mir uchishlar jadalligiga ta'sir etsa yoki ayrim konstruksiyalar va
uchastkalar falokatli vaziyatda bo'lsa, tanlama kapital ta'mir qilinadi. Inshoot
juda eskirib, yeyilib ketgan va qayta qurish lozim bo'lsa,
kompleks kapital
ta'mir iqtisodiyjihatdan ma'qul bo'lishi mumkin. Bikr qoplamalarni ta'mirlashda
qator usullar bor. Ta'mir usullari ta'mirlash materiallarining nuqsonli yuza bilan
mustahkam biriktirishga qaratiladi. Nuqsonli yuzalarga dastlabki ishlov beri-
ladi, notekis joylarni, sementbetonning bo'shashib qolgan joylarini qirqib
oladigan maxsus mashinalar ishlab chiqilgan, samarali yopishtiruvchi moddalar
(lateks, etinol loki, epoksidli va kolloid-sementli yelim va boshqalar) topilgan.
Polimersementli aralashmalar ishlatiladi. Ular epoksid-toshko'mirli, epoksid-
bitumli yopishtiruvchi moddalar asosida yaratilgan. Optimal tarkibli po-
limersementli betonlar oddiy sementbetonlarga qaraganda cho'zish,
bukish va
siqishda mustahkamroq (2-3 marta), yaxshi ilashadi, suv o'tkazmaydi, sovuqqa
chidamli. Polimerbe-tonlarning yopishuvchanligi ancha yuqori. Biroq po-
limersementli aralashmalar yetarli darajada mustahkamlikka erishishi
uchun
12-15 sutka qotirish kerak. Bu uchish ishlarini to'xtatib qo'yishni talab qiladi.
Bitumlarga sintetik qatron aralashtirib atmosfera va harorat ta'siriga chidam-
liligini oshirish bo'yicha qator natijalarga erishiladi, issiqqa, sovuqqa chidamli,
ko'proq zarbali va titratma yuklamalarga bardosh beradigan plastasfaltbetonlar
hosil qilinadi. Bular poliizobutilen , polixlorproilenli kauchuk (Angliyada), bu-
tadpekstirolli lateks (Germaniyada), neopren (AQSh da).
Eng yaxshi ta'mirlash materiallariga quyidagilar kiradi: mayda zarrali,
yuqori mustahkam sementbeton; cho'kish bermaydigan sementdan olingan
yuqori mustahkam sementbeton; kengayadigan
va tez qotadigan sement-
betondan, tuproqli sementdan hosil qilingan sementbeton; kolloidli sementli
yelim; suyuq shisha aralashgan tezqotar beton; epoksidli-toshko'mirli polimer-
beton; epoksid-bitumli bog'lovchi modda; sirtaktiv qo'shilmalar DABA va
ABDA qo'shilgan epoksid yelim va polimerbeton; rezorsinfor-malqdegidli qa-
tron asosidagi polimerbeton, «Izol» mastikasi; rezina-bitumli yopishtiruvchi
(RBYo); issiqbardosh mustahkam bitum mastikasi-polimerbitumli (BMTV-1);
RBYo asosdagi asfaltbeton aralashmasi.
Yuzadagi yemirilishlarni (sho'ralash, uvalanish), plitalar chetining sin-
ishini, chuqurligi 5 sm gacha bo'lgan g'ovaklar va o'yiqlarni ta'mirlash uchun
tekislovchi himoya qatlamlar (yamoq) yotqiziladi; SUQM (sun‘iy qoplamali
uchish-qo‘nish yo‘lagi) va perronlarni ta'mirlashda tez qotadigan sement, BY
(burilish yo‘lagi)ni ta'mirlashda organik yopishqoq materiallar ishlatiladi.
Yuqori mustahkamlikka ega sementbeton, polimer aralashmalar ham ishlati-
lishi mumkin. BY ga yotqiziladigan yamoq bitum yoki rezinka bitum
yopishtiruvchidan, RBYoda esa asfaltbetondan bo'lishi mumkin.
Plitalar chetining sinisini, g'ovaklar va chuqurligi 5 sm dan ko'p bo'lgan
o'yiqlarni ta'mirlash uchun yuqori mustahkamlikka
ega mayda donali se-
mentbeton, cho'kmaydigan sementli sementbeton, tez qotadigan sementbeton
qo'llanadi, tezkor ta'mirda esa polimerbeton va suyuq shisha aralashgan mayda
zarrali sementbeton ishlatiladi.
Yuzadagi mayda darzlarni ta'mirlash uchun bitum, «Izol» mastikasiz
epoksidli yehm, parron darzlariga esa sementli aralashma, kengayadigan se-
ment qo'shilgan kolloid-sementli yelim, rezina-bitoni bog'lovchi, qum-
epoksidli aralashma va «Izol» mastikasi (darz eni 6 mm dan ko'p bo'lsa, issiq
holda, 6 mm gacha bo'lsa sovuq holda) ishlatiladi.
Plitalar
qiyshayib, cho'kib hosil bo'Igan notekisliklarni, yuzadagi botiqli-
klarni to'g'rilash uchun ikki usul qo'llanadi: 1) turtib chiqqan joylarni ran-
dalash; 2) pasayib qolgan joylarni tepa joylarga moslab tekislash. Vaqtinchalik
asfaltbeton aralashma qo'llanishi mumkin. Plitalar 10 sm dan ortiq cho'kkan
bo'lsa, sementbetondan yangi qatlam yotqizib, plitani kerakli balandlikka
ko'tarib, agar parchalanib ketgan bo'lsa, olib tashlab, yangisini qo'yib tekisla-
nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: